Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muhim yo`nalishlarida
olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko`rilgan kompleks chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko`plab, struktura jihatidan murakkab
axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun
sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko`plab
mablag`larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o`z navbatida insonlarni axborot
resurslaridan ratsional foydalanish yo`llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda
yangi axborot oqimi qanchalik tez ko`paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham
tezlashmoqda, bu o`z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib
chiqarmoqda.
Har bir injener, xizmatchi, rahbar o`z faoliyati davomida ko`plab qog`ozlarga bitilgan
axborotni tahlil qilishiga to`g`ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun ko`plab vaqt sarflashga
to`g`ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta'sir qiladi. Bunday muammolarni
samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko`ndalang qilib qo`ymoqda.
Jamiyatni axborotlashtrish– yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo`lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot
tizimlaridan foydalangan holda sharoit ratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
jarayonidir
1
.
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini talab etadi:
1. Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish.
2. Jamiyat a'zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o`rgatish.
3. Jamiyat a'zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to`la va
samarali foydalanishlarini ta'minlash.