T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 borganlarimiz q
o‘rqdilar, do‘st deb o‘ylaganlarimiz sotdilar. Bizning yagona
maqsadimiz yurtdan kofirni haydab chiqarmoq edi. Shu qadar sodda
b
o‘ldikki, kofir o‘zimiz chiqib ketamiz, bizni o‘ldirmanglar desa, oson
aldandik. Mujohid birodarlarimiz bilan oramizga fitna solsa, aldandik. Bir
–
birimizga ishonish
o‘rniga kofirga ishondik. Bizga bir zot bo‘lmadiki,
urushimizning mohiyatini anglatsa! Dastavval, yurtni kofirdan tozalaymiz
deya maydonda edik. Qurollarimiz eski, o
‘q topolmaymiz. Xoinlar poda –
poda b
o‘lib, kofirga taslimiyat keltirdi. Jon saqlash qiyinlashdi. Oqibat, jon
saqlash uchun
o‘q otdik, keyin jon saqlash uchun o‘q otish shart emas deb
o‘yladik. Ming afsus, ming afsus, ming afsus! U kunlarni eslasam, yuragim
qonga t
o‘ladi. Qanday, chora qo‘llashni bilmasdik. Qochishdan, baʼzilarimiz
qurolini topshirishdan b
o‘lak chora topmadik. O‘z do‘stlarimiz bizni
bosmachi deb, qonimizni t
o‘kdi. Birodar, nega men bosmachi bo‘lay? Аxir,
men
o‘z yurtimdaman. Otam, bobom yashagan tuproqdaman. Bu tuproqda
bosmachi
o‘ris emasmi? Kofir emasmi? Shunday, bosmachi kim, himoyachi
kim
– farqlay olmas holga tushdik. Biz ko‘p narsani anglamaganmiz.
Qarshimizdagi
g‘animni tanimasdik. G‘animni tanimasak -da, mayli, biz
o‘zimizni tanimasdik, jigarim. Bundan dahshatli ne bor jahonda? O‘zing
boq:
o‘risni haydab solsak, keyin nima qilishni bilmasdik! Yurtni idora qilish
ilmidan bexabar edik.
O‘zini millatparvar deb bilganlarning esa o‘zaro
nizolashmoqdan b
o‘lak ishlari yo‘q. Senga bir voqeani aytib beray.
Kofirga jihod boshlaganimizning ilk vaqtlarida olovdek yondik.
Kuchimiz,
g‘ayratimiz tanaga sig‘maydi. Kommunistlarni vodiydan haydab
chiqara boshladik. Ergash q
o‘rboshi rahbarimiz. Madaminbek va meni
o‘ziga eng yaqin yordamchi bilib, kofirdan ozod etganimiz yerlarni
q
o‘riqlashni, hujumni davom ettirmoqni amr etdi. Robbim nusrat berib, ikki
kunda
o‘n qishloqdan bolshovoylarni quvdim, qolganini o‘ldirdim. Qo‘limda
besh yuz yigitim bor.
O‘zim kofirlardan qutqargan qishloqlardan birida tunab
qoldim. Ertalab qarorgohim oldida olomon. Bir yigitning q
o‘lini bog‘lab yerga