Firibgarlik – jinoiy javobgarlikka tortiluvchi qilmishdir.
O‘g‘rilik, bosqinchilik va firibgarlik o‘zgalar mulkini talon-taroj
qilishga qaratilgan jinoyatdir.
Demak, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qaratilgan barcha
jinoyatlar javobgarlikka tortiluvchi qilmishlardir.
Mazkur xulosa to‘liqsiz induksiya bo‘lib, sxemada quyidagicha
ifodalanadi:
S
1
– P belgiga ega.
S
2
– P belgiga ega.
S
3
– P belgiga ega.
………………………………………………….
S
n
– P belgiga ega
S
1
, S
2
, S
3
…………. S
n
lar K sinfiga mansub.
Demak, barcha K sinfdoshlar R belgiga ega.
To‘liqsiz induksiyaga ko‘ra olinadigan umumiy natijalar ehtimoliy
xarakter kasb etadi hamda ulardan fan va amaliyotda ilmiy nazariya yoxud
kashfiyotlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Lekin deduktiv xulosaga
nisbatan to‘liqsiz induksiyada noto‘g‘ri xulosalash ehtimoli ko‘proq
bo‘lishi mumkinligini nazarda tutishimiz lozim.
To‘liqsiz induksiya xulosaning asoslash uslubiga ko‘ra ommabop
(oddiy sanash orqali ) va ilmiy induksiyalarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: