O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Ommabop induksiya. Muayyan tur yoki sinfga mansub narsa va 
hodisalarda ayrim belgining takrorlanishi va ularni oddiy sanab o‘tish 
asosida xulosalashga ommabop yoki oddiy sanash induksiyasi deb 
aytiladi. 
Ommabop induksiyada xulosalar kutilgan chin natijalarni bera 
olmaydi. Chunki oddiy sanashda ziddiyatli holatlar nazardan chetda 
qolishi va bu o‘z navbatida xato xulosalarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Masalan, tergovchi dastlabki tergovda oldidagi ko‘p sonli dalillarning 
orasidan jinoyatga aloqador eng muhimlarini tanlab olish muammosiga 
duch keladi va ko‘p hollarda faqat o‘zining versiyasini isbotlovchi 
dalillarni umumlashtirish bilan ovora bo‘lib, ularga zid keluvchi holatlarni 
nazardan qochiradi, natijada bir yoqlama noto‘g‘ri xulosaga kelib qoladi. 
Odamlar ommabop induksiya asosida tabiat va jamiyat hodisalarining 
ayrim belgilariga qarab, to‘g‘ri hamda foydali xulosalar chiqarishga ham 
qodirlar. Masalan, kuzda mevali daraxt gullasa, qishning sovuq bo‘lishi 
yoki qaldirg‘och past uchsa, yomg‘ir yog‘ishi haqidagi xulosalar 
isbotlanishi lozim bo‘lmagan haqiqatlar sifatida avloddan avlodga o‘tib 
kelmoqda. 
97


Ilmiy induksiya. Muayyan tur yoki sinfga mansub predmetlarning bir 
qismiga xos zarur belgi va aloqasini ilmiy asoslangan uslublar orqali 
o‘rganib, bu belgi yoki aloqaning butun tur yoki sinfga tegishliligi haqida 
ishonchli xulosa chiqarishga ilmiy induksiya, deb aytiladi. 
Ilmiy induksiyaning ikki turi mavjud:
a) tanlash uslubi orqali induksiya; 
b) inkor uslubi orqali induksiya. 
Tanlash induksiyasida ommabop induksiyadagi singari kuzatilgan 
hodisalar nafaqat oddiy sanash usuli bilan umumlashtiriladi, balki 
o‘rganilayotgan hodisaning turli shart-sharoitlarda qanday o‘zgarishi 
mumkinligi tahlil etilib, olingan natijalar orasidan eng muhimlari dalil 
sifatida tanlab olinadi. Masalan, jinoyatchilikka qarshi kurashning ma’lum 
bir hududdagi ahvolini o‘rganmoqchi bo‘lsak, nafaqat statistik 
ma’lumotlardagi mavjud raqamlarni oddiy sanash usuli orqali 
umumlashtiramiz, balki jamoatchilik fikrini bilish yoki shunga o‘xshash 
bir qancha omillarni ham tahlil qilish asosida, nisbatan obyektivliroq 
natijalarga erishishimiz mumkin.
Qadimda kumushning ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida dastlab 
ichimlik suvini tozalash, keyinchalik uning davolash xususiyatlari aynan 
mana shunday tanlash usuli orqali aniqlangan. Hozirga kelib, mazkur 
yo‘nalishda qilingan ilmiy tadqiqotlarning xulosalari kumushning 
haqiqatdan ham kislorodni faollashtirib, bakteriyalarni qirish xususiyatiga 
egaligini tasdiqlab bera oldi. 
Induksiyada istisno usuli orqali tadqiq etilayotgan hodisa sababini, 
uning oldingi hodisalar bilan aloqasini aniqlash va unga aloqasi yo‘q 
holatlarni inkor etish asosida xulosa qilinadi. Bu uslub hodisada sabab-
oqibat bog‘lanishlarini aniqlashga asoslangan. 
Sabab – boshqa hodisani keltirib chiqaradigan hodisa. Sabab-oqibat 
aloqadorligi aloqadagi umumiylik, vaqtdagi izchillik, ketma-ketlik
zaruriylik hamda sabab-oqibatning bir ma’noli bog‘lanishda bo‘lishi kabi 
muhim xususiyatlarga ega. Aynan shu belgilar ilmiy induksiya uslublari 
uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Hodisalarning o‘rtasidagi sababiy aloqadorlik induktiv uslublar, ya’ni 
o‘xshatish, tafovut, qoldiq, yo‘ldosh o‘zgarish uslublari yordamida 
farqlanadi
O‘xshatish uslubi orqali bir necha hodisalarda yuz berayotgan 
oqibatning umumiyligidan yagona sabab umumiyligi haqida xulosa 
chiqariladi va u sxemada quyidagicha ifodalanadi:
AVS – d 
98


ASD – d 
ADE 
– d
Ehtimol, A – d ning sababi. 
Demak, yuz bergan AVS, ASD va ADE hodisalarning natijasida «d» 
kelib chiqmoqda. Har bir voqeada A hodisasining boshqalarga nisbatan 
doimiy takrorlanishi kuzatilganligi uchun «d» oqibatning sababi A hodisa 
bo‘lsa kerak, deb xulosa qilamiz. 
Tafovut uslubida ikki hodisaning kelib chiqishini taqqoslash usulida 
sababiy aloqadorligi aniqlanadi, ya’ni ikki hodisa bir-biridan faqat bitta 
holat bilan farq qilib, birida u yo‘q, ikkinchisida bor bo‘lsa, aynan shu 
holat kuzatilayotgan hodisaning ehtimoliy xulosasi chiqariladi va u 
sxemada quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi 
AVSD – d ni keltirib chiqaradi. 
VSD – d ni keltirib chiqarmaydi. 
Ehtimol, A – d ning sababchisi. 
Masalan, inson oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim bir turini iste’mol 
qilganda, organizmda toshma yoki shunga o‘xshash alomatlar yuz bersa, 
vrach bu kasallikning sababi aynan o‘sha ayrim oziq-ovqat mahsulotlari 
ekanligi haqida xulosa qiladi. 
Qoldiqlar uslubi bir necha hodisalarni o‘zida qamrab oluvchi 
murakkab hodisalarni o‘rganishda qo‘llanilib, unda AVS hodisalar – a, b, 
c, d larni keltirib chiqarishi ma’lum bo‘lsa, ya’ni «a» ning sababi – A, «b» 
ning sababi – V, «c» ning sababi – S bo‘lib, «d» ning sababi noma’lum 
bo‘lsa, unda uning sababi D bo‘lishi mumkin degan ehtimoliy xulosa 
chiqariladi. Mazkur qoldiqlar uslubining sxemasi quyidagicha: 
AVS – a, b, c, d. 
A – a. 
V – b.
S – c.
Ehtimol D – d ning sababidir. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar uslubiga ko‘ra bir holatning o‘zgarishi 
hodisaning ham o‘zgarishiga olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa 
o‘zgarishining sababchisi bo‘lib chiqadi. Mazkur uslub sxemada 
quyidagicha ifodalanadi:  
A1VS – d
1
A2VS – d
2
…………………………………
AnVS – d
n
Ehtimol, A – d ning sababchisidir.
99


Ilmiy induksiyaning ushbu uslublaridan asosan o‘zaro bir-birini 
to‘ldirishda foydalaniladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin