O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Ayiruvchi qat’iy xulosa. Asoslaridan biri ayiruvchi, qolgan asos va 
xulosasi qat’iy hukmdan iborat bo‘lgan xulosalashga ayiruvchi qat’iy 
xulosalash deb aytiladi. Ayiruvchi hukmlarning tarkibidagi oddiy hukmlar 
«yoki» dizyunktivi orqali bog‘lanadi. Masalan, «Organizm bir hujayrali 
yoki ko‘p hujayrali bo‘ladi», degan hukmda ikkita oddiy hukm «yoki» 
dizyunktivi orqali bog‘langan. Bunda dizyunksiyaning bir a’zosi 
tasdiqlanib, ikkinchisi inkor qilinishi mumkin. Natijada, ayiruvchi-qat’iy 
xulosalashning qam ikki, ya’ni tasdiq-inkor va inkor-tasdiq moduslari 
farqlanadi. 
Tasdiq-inkor modusida (modus ponenda tollens) kichik asos qat’iy 
hukm dizyunksiyasining bir a’zosini tasdiqlaydi. Xulosa esa qat’iy hukm 
bo‘lib, dizyunksiyaning boshqa a’zosini inkor etadi. Masalan: 
Jinoyatlar ehtiyotsizlik tufayli yoki qasddan sodir etilishi mumkin.
Jinoyat ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan. 
Jinoyat qasddan sodir etilmagan. 
Tasdiq-inkor modusining sxemasi: 
a v v 
a
v emas 
Inkor
-tasdiq modusi (modus tollendo ponens)da kichik asos 
dizyunksiyaning bir a’zosini inkor etsa, xulosa ulardan birini tasdiqlaydi. 
Masalan:
Jinoyat ehtiyotsizlik yoki qasddan sodir etilishi mumkin. 
Jinoyat ehtiyotsizlik tufayli sodir etilmagan. 
Jinoyat qasddan sodir etilgan. 
Inkor
-tasdiq modusining sxemasi:
a v v 
a
v
Xulosalash 
to‘g‘ri bo‘lishi uchun ayiruvchi hukmlar to‘liq bo‘lishi lozim. 
Masalan:
Moddalar qattiq va suyuq holatda bo‘ladi. 
92


Modda 
suyuq holatda. 
«Modda qattiq holatda» deb xulosalash noto‘g‘ri chunki katta asos 
to‘liq emas, sababi modda gaz holatida ham bo‘lishi mumkin. 
Shartli ayiruvchi xulosa chiqarish. Asoslarning biri shartli, boshqasi 
ayiruvchi hukmlardan iborat xulosalashga shartli ayiruvchi xulosalash 
deyiladi. 
Ayiruvchi hukmlardan ikki yoki undan ko‘p muqobil (alternativ) 
yechimlarga ega masalalarni to‘g‘ri hal qilishda foydalaniladi. Shartli 
ayiruvchi xulosalash lemmatik (taxminiy) xulosa chiqarish deb ham 
yuritiladi. Chunki u dilemma (ikki alternativ), trilemma (uch alternativ) va 
hokazo turlarga bo‘linadi.
Shartli-ayiruvchi xulosalashning tarkibi va turlarini dilemma misolida 
ko‘rib chiqamiz. Dilemmaning konstruktiv (yaratuvchi) va destruktiv 
(buzg‘unchi) turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri oddiy va murakkab 
turlarga bo‘linadi. Yanada aniqroq aytsak, dilemmalarni to‘rt turga bo‘lish 
mumkin:
– oddiy konstuktiv dilemma; 
murakkab konstruktiv dilemma;
– oddiy destruktiv dilemma;
– murakkab destruktiv dilemma. 
Oddiy konstruktiv dilemmada dastlabki shartli asoslar bir xil natijani 
keltirib chiqaradi. Ayiruvchi hukmlardagi dastlabki shartli hukmlarning 
ikkala asosi ham tasdiqlanadi. Xulosa esa natijani tasdiqlaydi.
Oddiy konstruktiv dilemma sxemada quyidagicha ifodalanadi: 
a → s, v →s

٧ v 
s
Masalan, agar shaxs qonunga xilof ravishda O‘zbekiston 
Respublikasidan chet elga chiqish tartibini buzsa (a), O‘zbekiston 
Respublikasi JK ning 223-moddasiga binoan jazolanadi (s). 
Agar shaxs qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish 
tartibini buzsa (v), O‘zbekiston Respublikasi JK ning 223-moddasiga 
binoan jazolanadi (s). 
Shaxs qonunga xilof ravishda chet elga chiqish (a) yoki O‘zbekiston 
Respublikasiga kirish (v) qoidalarini buzdi. 
Demak, shaxs O‘zbekiston Respublikasi JK ning 223-moddasini 
buzgan hisoblanadi. 
Shartli hukm murakkab konstruktiv dilemmada ikki asos va ikki 
xulosadan iborat bo‘ladi. Ayiruvchi hukmdagi ikki asos ham tasdiqlanadi. 
93


Ushbu dilemmadagi muhokama asoslarning chinligidan natijaning 
chinligini tasdiqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab konstruktiv 
dilemma sxemada quyidagicha ifodalanadi: 
a → v, s →d
a ٧ s 
v ٧ d 
Masalan
, agar davlatdagi oliy hokimiyat yakka hokim, ya’ni davlat 
boshlig‘ining qo‘lida bo‘lsa (a), bunday boshqaruv shakli «monarxiya» 
deyiladi (v). 
Agar hokimiyatning oliy idoralari muayyan muddatga saylash orqali 
tuzilsa (s), unda davlatning bunday boshqaruv shakli respublika 
hisoblanadi (v). 
Oliy hokimiyat yakka hokim davlat boshlig‘i (a) yoki muayyan 
muddatga saylangan oliy idoralar tomonidan boshqarilishi mumkin (s). 
Demak, boshqaruv shakliga ko‘ra, davlat monarxiya yoki respublika 
bo‘lishi mumkin. 
Oddiy destruktiv dilemmada bitta shartli asosdan ikkita natija keltirib 
chiqariladi. Ayiruvchi asos ikki natijani inkor etsa, xulosa asosni inkor 
etadi. Masalan: 
Agar shaxsning qilmishi qasddan sodir etilgan jinoyat deb tavsiflansa 
(a), unda u o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglagan (v) va shunday 
qilmishni sodir etgan bo‘lishi kerak (s). 
Shaxs 
o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglamagan (v ) yoki 
shunday qilmishni sodir etishni istamagan (s ). 
Demak
, shaxsning harakatlari qasddan sodir etilgan jinoyat deb 
tavsiflanmaydi (a). 
Oddiy destruktiv dilemmaning sxemasi quyidagicha: 
a → (v Λ s) 

٧ s 
a
Murakkab 
destruktiv dilemmada shartli hukmlar ikki asos va ikki 
natijadan iborat bo‘ladi. Ayiruvchi hukm ikkala natijani ham inkor etsa, 
xulosa ikki asosni inkor etadi. Bu dilemmadagi mulohaza natijalarning 
chinligini inkor etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Murakkab destruktiv dilemma sxemada quyidagicha ifodalanadi:
a → v, s →d
v ٧ d 
a ٧ s 
94


Masalan
, agar shaxs pora olish bilan shug‘ullangan bo‘lsa (a), unda u 
O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasiga binoan javobgarlikka 
tortiladi (b). 
Agar shaxs pora berishda aybdor deb topilsa (s), unda u O‘zbekiston 
Respublikasi JKning 211-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi (d). 
Shaxsning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-
moddasi (v) yoki 211-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari yo‘q (d ). 
Demak, shaxs pora olish (a) yoki pora berish bilan shug‘ullanmagan 
(s). 
Muammoni hal qilishning bir necha usullari mavjudligi hamda 
ularning har biri turli natijalarni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlab 
berishda shartli ayiruvchi hukmlarning ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin