94
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va
firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor
berilmoqda. Jumladan, AQSHning «Motogolla»
korporatsiyasi
mutaxassislar va menejerlar tayyorlash hamda malakasini
oshirish uchun o‘quv markazlari keng tarmog‘i bilan birgalikda
o‘z texnika universitetiga ham ega. So‘nggi o‘n
yil ichida
korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf xarajatlari 7
milliondan 120 million dollarga yetdi.
Germaniyada ishlab chiqarishda band bo‘lgan har
bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir marta turli
kurslarda o‘z malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy
tashkilotchilari korxonalardir. Ular xodimlar
malakasini oshirish
uchun xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z mablag‘lari
hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular o‘zlarining o‘quv
markazlaridan, shuningdek, boshqa kompaniya va firmalar bilan
birgalikda tashkil etilgan o‘quv markazlaridan foydalanadilar.
Germaniyaning «Siemens» elektrotexnika konserni 82 ming
nafar xodimni jalb etish qobiliyatiga ega bo‘lgan 8 mingta
malaka oshirish dasturlariga ega.
Fransiyada 1984-yildayoq, «Davlat va firmalar o‘zidagi
kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish
to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan.
Bu yerda personalni
tayyorlash strategiyasini ishlab chiqishda firmalarning ishlab
chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb etilgan.
AQSHda ham, 1982-yilda «Kadrlarni o‘qitish va qayta
tayyorlashni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlarining
korporatsiyalar bilan sherikligi to‘g‘risida»gi
qonuni qabul
qilingan.
Umuman, hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Globallashuv, jahon bozoridagi o‘ta
keskin raqobat personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini
95
talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega
ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55
foizini tashkil etmoqda.
Dostları ilə paylaş: