Reja: Kirish. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi


davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix01.06.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#121783
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Mavzu personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish

davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab qo‘yildi:
— 
O‘z-o‘zini ta’lim va tarbiyaning insonparvar, 
demokratik xarakterda ekanligi;
— 
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
— 
Personalni kasbiyumumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
— 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: 
akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning 
ixtiyoriyligi;
— 
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning 
hamma uchun ochiqligi;
— 
ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashgan 
yondashuv;
— 
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
— 
ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini 
uyg‘unlashtirish
2

— 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandan so‘ng 
yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratishga 
2
Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami “Sharq”, Toshkent, 2001. 4-bet.


109
kirishildi. Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va 
akkreditatsiyalash yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda, yangi turdagi 
ta’lim muassasalari tashkil etila boshlandi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashni markazlash-
tirishdan hududiy yo‘nalishga o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi. 
O‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi, universitet ta’limi rivojlanishi 
ta’minlandi. Yangi ixtisosliklar, bilimlarning yangi tarmoqlari 
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Umuman, 
maktab ko‘p tarmoqli tizimga o‘tkazildi. Abituriyentlar va 
talabalarning bilim darajasini test va reyting usulida baholashga 
o‘tildi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga 
qo‘yilayotgan talablar hisobga olingan holda, doktoranturada 
kadrlar tayyorlash tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, Oliy 
Attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
Iqtidorli bolalar va 
:
o‘quvchi yoshlarni har taraflama qo‘llab-
quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iste’dodli 
o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning 
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar 
tashkil etildi. Qobiliyatli talaba — yoshlarni Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk 
Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa taraqqiy etgan 
davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy markazlarida 
o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Ammo ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta 
o‘zaro hamkorlik va foydali integratsiyaning mavjud emasligi 
kadrlar tayyorlash tizimidagi eng jiddiy kamchiliklardan biri 
edi. Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1997-yildan 
boshlab, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va 
izchil amalga oshirishga kirishildi.
Milliy dasturga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
isloh qilishning muhim omillari etib quyidagilar belgilandi:


110
— 
respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli 
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
— 
mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning 
amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan, xomashyo 
yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish 
yo‘liga izchil o‘tilayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining 
kengayayotganligi;
— 
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim 
ustuvorligi qaror topganligi;
— O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, 
respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining 
mustahkamlanib borayotganligi.
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan 
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi etib 
belgilandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadini amalga oshirish 
uchun quyidagi vazifalarni hal etish belgilab qo‘yildi:
— «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va 
nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash 
sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini 
yagona o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil 
rivojlantirishni ta’minlash;
— 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga 
oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy 
davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
— 
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning 
zamomaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;


235
tahlil qilish, umumlashtirish, shu asosda tegishli xujjatlarni 
tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Olib 
borilgan tadqiqotlar boshqaruv xizmati mutaxassislari ish 
vaqtining 30 foizdan 80 foizgachasi ana shu ma’lumotlar bilan 
ishlashga sarflanishini ko‘rsatmoqda. Bu tabiiydir, chunki, 
axborot bilan ishlash samarali boshqaruvning hal qiluvchi omili 
hisoblanadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin