107
shaxs bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Va nihoyat, to‘rtinchidan,
yangiliklar jamoaga batafsil tushuntirilishi darkor. Tushuntirish
sodda, ommabop bo‘lsa, savollar ham kam bo‘ladi.
Kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirishga
qulay muhitni yaratish uchun
korporativ g‘oyani
joriy etish
muhimdir. Bu g‘oyalar
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Eng yaxshi ta’lim-tajriba. Nazariy mashg‘ulotlar,
bilimlarni o‘rganish, ish ko‘nikmalari hosil qilish uchun juda
foydali. Lekin, amaliy bilimlar tajriba orqaligina egallanadi.
Tajriba nafaqat bevosita kasb ko‘nikmalariga amaliyotni
o‘rgatish jarayonida, balki o‘qitishning dasturiy usullari
qo‘llanilganda ham egallanishini yodda tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: