«Tabel hisobi» moduli yordamida maxsus ajratilgan xodim
yoki ish haqi bo‘yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har
kungi hisobi olib boriladi yoki muayyan davr uchun tabel (ishda
bo‘lmaslik–ta’tillar, kasallik, xizmat safarlari va hokazolar)
shakllantiriladi. Bu tabel bo‘limlar bo‘yicha ham, umuman,
korxona (tashkilot) bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin.
Oy davomida ishlangan vaqt har bir xodim bo‘yicha hamda
ishlangan vaqtning har bir turi bo‘yicha jamlanib, ish haqini
hisoblab chiqishda qo‘llash uchun «Ish haqi hisobi» moduliga
uzatiladi.
«Ish haqi hisobi» moduli korxona (tashkilot) xodimlari ish
haqini hisoblab chiqishni tezlik bilan amalga oshirish hamda
ushbu hisobga asoslanib, turli hujjatlarni tayyorlashga mo‘ljal-
lan gan.
4. Personalni tashkil etish va boshqarishda xorij tajribasi
Mehnat haqiga xarajatlarni kamaytirish katta boshqarish qiziqishini uyg‘otdi.
Bu personalni boshqarishda “og‘ir” masalaning vujudga kelishiga turtki bo‘ldi.
Insonlarni boshqarishda ish haqidan boshqa yanada samarali usullar mavjudmi?
Shuni ta’kidlash zarurki, G‘arbda tor huquqiy va tashkiliy doiralar sababli ish
beruvchilarning manyovr imkoniyatlari cheklangan. Xodimlarni ishdan
bo‘shatish yuqori huquqiy va moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin.
Xodimlarni yo‘qotish mehnatni intensiflashtirishdan texnologiyani
identiflashtirish o‘tishning natijasiga aylandi. Parallel ravishda Angliya hukumati
qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, kasaba uyushmalarning ish beruvchilarga
qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.
Hukumat shuningdek bozorni yagona tartiblashtiruvchi sifatida qabul qildi, ayotning
ko‘p sohalariga davlatning aralashuvini minimumgacha qisqartirdi.
Hozirgi davr adabiyotida xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha IRBga mos keluvchi eng
qiziqarli model mavjud. Bu Atkinson ishlab chiqqan (1984) “egiluvchan
personalni boshqarishda Model-1”dir.
Unga ko‘ra har bir korxonada xodimlarni ikki guruhga: “yadro” va “periferiya”ga
bo‘lish orqali egiluvchanlikning uchta shakli (funktsional, miqdoriy va
moliyaviy) kuchaytiriladi. Yadro kompaniyaga xos professional xususiyatlarga
ega yoki ishchi kuchi bozoridan topish qiyin bo‘lgan xodimlardan tarkib topadi.
Bularga uzoq muddatli ish taklif qilinadi, biroq bozor sharoitlari o‘zgargan holda
ular qayta o‘qib chiqishlari zarur. Periferiya xodimlariga taklif qilinadigan ish uning
saqlanishi uchun maxsus kafolatlarga ega emas. Ularga qisqa muddatli yoki
shartnoma asosidagi qisman bandlik taklif qilinib, bu bozor sharoiti
yomonlashganda xodimlar sonini qiyinchiliksiz kamaytirishga imkon beradi.
Bunday kishilar odatda past darajadagi professional sifatlarga ega va ularni tashqi
ishchi kuchi bozoridan topish oson.
Bu model chuqur tanqid qilinganligiga qaramay, faqat ish haqini o‘zgartirish
masalasiga qiziquvchi tashkilotlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.
2. Xodimlarni - maksimallashtirish zarur bo‘lgan resurs.
Ko‘p fIRBalarda, ayniqsa, bozorda yetakchilik uchun kurashishga majbur
bo‘lgan firmalarda xodimlar va bozorni anglash o‘zgardi. Ular raqobat sharoitida
bozorda ustunlik qilish kam darajada ishlab chiqarish xarajatlariga, ko‘p darajada
mahsulotni differentsiatsiyalashga, yangilik kiritish va bozordagi o‘zgarishlarga
reaktsiya tezligiga bog‘liqligini tushundi.
Mahsulot tannarxi hisobiga asoslangan raqobat bozor o‘zgarishlariga tez
moslashish qobiliyatiga asoslangan raqobatga yon bosa boshladi. Shunday fikrga
kelindiki, agar kompaniya kimningdir boshqarish tizimidan nusxa ko‘chirib
ustunliklarga erishgan bo‘lsa, demak, boshqa fIRBalar ham undan nusxa olishlari
mumkin va ustunlik bunda yo‘qoladi. Shuningdek, beqaror iqtisodiy sharoitlarda
bozorda uzoq muddatli ustunlikning yagona manbai o‘z xodimlarining
qobiliyatlarini bilish hisoblanadi.
Amerikada ayrim elektronikaga ixtisoslashgan (Hewlett Packart, IBM) etakchi
kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish amaliyotiga katta e’tibor qaratildi.
Bu erda ishchilar mehnat birligi sifatida emas, balki kompaniya salohiyati va
innovatsiyalar manbai sifatida qaraladi. Bunday kompaniyalarda boshqarish
uslubi va personalga munosabat sinchiklab o‘rganildi. Ular ommaviy bozor va
ommaviy ishlab chiqarish bilan bog‘langan xodimlarning yuqori “chetlatilganlik”
darajasidan bIRBuncha farq qiladi. Bu ommaviy ishlab chiqarish o‘rnini tez
o‘zgarayotgan bozorda raqobat qilishga imkon beruvchi egiluvchan shakllar
bosishi kerakligi haqidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi.
Personalga aktivlarga kabi bo‘lgan munosabat, ya’ni ularni iloji boricha
o‘stirishni ko‘zlaydigan munosabat personalni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
“yumshoq” masalani keltirib chiqardi. Korxonalarda 50 yillik ijtimoiy va ilmiy
izlanishlar xodimlarning ixtirochilik qobiliyatlari va sodiqligini maksimallashti-
rishga qanday ko‘mak beradi? Motivlashtirish nazariyalari, liderlik uslublari,
ish joyini jihozlash, guruhning ishi, sanoat korxonalarida mehnat
munosabatlariga bag‘ishlangan adabiyotlar asosan amerikada chiqarilgan. Mehnat
munosabatlarini o‘rganuvchi maktab ishini qayta o‘rganish personalni
boshqarishda ikkinchi yo‘nalish bo‘lib qoldi.
3. Strategik integratsiya.Inson resurslarini boshqarish muammolari bo‘yicha eng
muhimi personalni boshqarish strategiyasining korxona strategiyasi bilan
chambarchas bog‘liqligidir.
Bu yondashuvda 2000-yillarda strategik fikrlashda sodir bo‘lgan chuqur
o‘zgarishlar aks etgan.
Bu davrgacha strategiyani markazlashtirish muvaffaqiyat garovi degan
dunyoqarash ko‘pchilikka xos edi va bunday yondashuv ikkita g‘oyaga asoslanar
edi. Birinchisi, korxonalarda yagona markaz bo‘lishi va u butun korxona
strategiyasini qadamba-qadam ishlab chiqishga mas’ul bo‘lishi zarur. Ikkinchisi:
risk (tavakkalchilik xavfi) manbalarini fIRBaga birlashgan holda engish mumkin, va
bu xavf qanchalik katta bo‘lsa, uning boshqarilishi shunchalik markazlashgan
bo‘lishi kerak. Bunday markaz sharoitida markaz va periferiya o‘rtasida nazorat
qiluvchi xarakterdagi uzviy aloqalar, strategik rejalashtirish va ishlab chiqarish
ustidan nazorat o‘rtasida uzviy aloqalar talab qilinar edi. Bu ko‘p darajada
funktsional printsip bo‘yicha tashkil qilingan ko‘p sonli ierarxik tuzilmalarga ega
yirik korxonalarning ko‘payishiga olib keldi.
2000-yillarning boshida bu yondashuvdan voz kechildi. Porter (1985) yangi
nazariyani ilgari suruvchilardan biri bo‘ldi.
Bu nazariya korxonaning muvaffaqiyati bozor o‘zgarishlariga qanchalik tez
reaktsiya ko‘rsatishiga bog‘liq degan fikrlarga asoslangan edi. Biroq beqarorlik
sharoitida bozor o‘zgarishlariga javob harakatlarni rejalashtirish juda qiyin.
Markazlashgan holda i shlab chiqilgan strategiyalar egiluvchan emasligi sababli
detsentralizatsiya, dekonglomeratsiya zaruriyati haqidagi dunyoqarashlar vujudga
keldi. Dekonglomeratsiya yirik korxonalarning “strategik birliklar”ga bo‘linishidir.
“Strategik birliklar” o‘zlarining maxsus strategiyalarini va ularga mos personalni
boshqarish strategiyalarini ishlab chiqa boshladilar. “Strategik birliklar”
va markaz o‘rtasidagi bog‘lanish zaiflashdi, biroq markaz o‘zi mo‘ljallagan ishlab
chiqarish rejalari bajarilishini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. Fombraun
modeli (1984) strategiya, tarkib va kadrlarni boshqarish o‘rtasidagi bog‘lanishlarni
yaxshi tasvirlab beradi.
Bu modeldan kelib chiqadigan asosiy masala - personalni boshqarish
strategiyasini korxonaning umumiy strategiyasiga qanday ulab yuborish ma’qul?
Tashqi muhitga eng qulay kirishib ketishni (iqtisodiy holatga tez reaktsiya
ko‘r-satish va h.k.) va shu bilan birga korxonaning barcha darajalarida kadrlar
salo
-hiyatini
maksimallashtirishni ta’minlovchi sharoitlarni yaratishga
qaratilganlikdir.
4. Tashkiliy madaniyat.
Peters va Uoterman (1982) birinchi bo‘lib ichki madaniyat ayrim eng “omadli”
Amerika kompaniyalariga raqobatli kurashda muhim ustunlikka ega bo‘lishini
ta’minlaganligini isbotladilar. Bu kompaniyalarni “omadli” qilgan narsalar faqat
kishilar haqida g‘amxo‘rlik va personalni boshqarish bo‘yicha usullarning
rivojlanish darajasi emas, balki ular kuchli ichki madaniyatni - umumiy
qadriyatlar, jamoaviy anglangan maqsadlar, xarizmatik liderlar, ularning
sadoqatlikni, bozorga yuzlanganlikni ulug‘lashi bo‘ldi. Bundan tashqari ular
eng kam rasmiy nazoratdan foydalanib, yaxshi natijalarga erishishga qodir edilar.
Nazorat asosan ijtimoiy vositalar (ko‘pchilik qabul qilgan normalar, munosabatlar)
yordamida amalga oshirilar edi.
Ko‘p tashkilotlar Poters va Folebruk g‘oyalaridan nusxa ko‘chirdilar. Tez orada
kompaniyalarda yagona qiyinish uslubi va maxsus qabullarga katta ahamiyat berila
boshlandi. Ammo o‘tkazilgan empirik tadqiqotlar bunday nusxa ko‘chirishlar
samarali natijalarga olib kelmasligini ko‘rsatgan.
5. Personalni boshqarish usullari: “Yaponlashtirish”.
Agar “omadli” kompaniyalar IRB amaliyotining ishonchsiz tasdig‘i bo‘lsa,
ayrim yirik yapon kompaniyalarining omadi va muvaffaqiyati isbotlandi. Ular o‘z
amaliyotlarining ko‘p usullarida personalni boshqarish idealini - kam darajali
ierarxiya va nazoratning rasmiy shakllari; kuchli tashkiliy madaniyat; ishchilarning
sadoqati; mehnatni tashkil etishning egiluvchan formalari; kichik xarajatlar;
mahsulotning yuqori sifati; qat’iyan bozorga yuzlanganlikni aks ettirar edilar.
Bozordan yapon kompaniyalari tomonidan siqib chiqarilayotgan g‘arbiy
kompaniyalar ularning boshqarish va tashkillashtirish usullarini ko‘chirish orqali
o‘z yo‘qotishlarini qaytarishga urindi.
G‘arbiy kompaniyalar ishlab chiqarishga yapon texnologik yondashuvlarni
qo‘llaganida o‘sish samaradorligiga erishishi mumkin. Biroq ular boshqaruvga
ijtimoiy yondashuvlarni qo‘llaganida kam muvaffaqiyatga erishdi. Masalan, ishlab
chiqarishga “hamma narsa o‘z vaqtida” (Just-In-Time)-JIT degan yondashuv
mahsulot ishlab chiqarish jarayonida keraksiz xarajatlar shakllari va harakatsizlikni
yo‘qotishni yoqlab chiqdi. Bu, ehtimol, ishlab chiqarishning eng samarali
shaklidir, biroq u tebranishlar va cheklanishlar oldida zaif. Bu farqlanishlardan
himoya tadbirlari juda kam, shuning uchun u xodimlarning kompetentligi va
sidqidil ishlashiga ko‘p darajada bog‘liq. Aynan inson omili - ko‘chirish qiyin
bo‘lgan va raqobatda yapon kompaniyalariga ustunlik beruvchi element.
Xuddi shunday, sifatni har tomonlama boshqarish Total quality Management (TQM)
maqsadi ishlab chiqarishning har bir uchastkasida, boshlan g‘ich paytidan
iste’molchigacha yuqori sifat standartlarini o‘rnatish hisoblanadi. Biroq ayrim
texnik muammolar vujudga kelishiga qaramay, TQM tashkilotning barcha faoliyat
doirasiga sifat olib kiruvchi madaniyatga ko‘p jihatdan bog‘liq. TQMni joriy
qilgan g‘arbiy kompaniyalar kam hollarda tashkilotning barcha darajalarida yapon
darajasidagi sifatga erishadi.
IRB uchun muhim xulosa shuki, ko‘chirib o‘tkazilgan boshqaruv amaliyoti
oddiy, texnik ko‘rsatkichlar yig‘indisi sifatida emas, balki ijtimoiy-texnik
parametrlar majmui sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Ko‘p g‘arbiy kompaniyalar
(shuningdek, olimlar ham) yaponcha ish usullarini yuzaki o‘rganib, ularni boshqa
mamlakatlarda oson qo‘llash mumkin deb o‘ylaydi. Ular bu kompleksda kamrok
ko‘zga tashlanadigan ijtimoiy-madaniy asoslarni ko‘pincha inkor etadi.
6. Personalni boshqarish – strategik funktsiya.
Personalni boshqarishga qiziqishlarni aks ettiruvchi adabiyotlarning juda ko‘p qismi
personalni boshqarish mavzusiga bag‘ishlangan. Ko‘pchilik insonlar uchun
personalni boshqarish strategik masalalarga ko‘proq ahamiyat beruvchi kadrlarni
boshqarish amaliyotining boshqacha nomidir.
Ko‘p yillar mobaynida tashkilotlarda personalni boshqarish strategik vazifa
hisoblanmas edi. Bu vazifa asosan tashkilotning birlamchi darajasida ish kuchini
tartibga solish, ishlab chiqarish (mehnat) munosabatlarini boshqarish masalalarini
o‘z ichiga olar edi. Bu masalalar kam hollarda strategik ta’sir yoki hokimiyatga ega
bo‘ladi. Biroq, personalni boshqarishda yaponcha uslublarni, yetakchi amaliyotini
ko‘chirib o‘tkazishga, tashkiliy madaniyatni o‘zgartirishga, tashkiliy maqsadlarga
erishishda insonlar hissasini ko‘paytirishga harakat qila boshlashi bilan personalni
boshqarish amaliyoti yanada ko‘p ahamiyat kasb etadi.
Umuman, ishchilarni tanlash jarayoni nomzodlarni sinash uchun turli usullaridan
foydalanilmoqda. Yevropa va Amerika kompaniyalarning ko‘pi tanlash
jarayonining ayrim bosqichlarida psixologik testlardan foydalanmo qda. Testlar
faqat qobiliyatlarni aniqlash va ish sifatini taxmin etish uchungina emas, balki
kompaniya tashkiliy madaniyati xususiyatlariga nomzodning to‘g‘ri kelishini
aniqlash uchun ham ishlatiladi. Masalan, “Nissan” korporatsiyasi Shimoliy
Angliyada mashina yig‘uvchi yangi zavodga ishchilarni tanlash vaqtida ularning
texnik qobiliyatlariga kam ahamiyat bergandilar, chunki ularga zaruriy t a’lim
berishni mo‘ljallangan edi. Biroq barcha nomzodlar psixologik testlardan to‘la
o‘tkazilib, ularning qadriyatlari, hayotga munosabatlari va shaxsiy sifatlari
yaponcha boshqaruv uslubiga, va ayniqsa, “Nissan” korporatsiyasi madaniyatiga
mos kelishi aniqlangan. Buyuk Britaniyaning boshqa kompaniyalari sof ekologik
maydonlarda yangi sanoat zavodlarini joylashtirishda shu kabi personalni tanlash
jarayoniga amal qildi.
64
XULOSA
Bugungi kunda har bir sohada muvaffaqiyatning asosiy kalitlaridan biri bu –
shubhasiz inson omildir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda faoliyatda personalni
to‘g‘ri tashkil etish va oqilona boshqarish barcha korxona va tashkilotlarning,
xususan tijorat banklarining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni
shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada
hukumatimiz tomonidan bir qator me’yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan.
Shulardan, “Mehnat kodeksi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini
oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
O‘rganilgan mavzuning dolzarbligi nuqtai nazaridan quyidagi xulosalar
kelindi:
1. Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat qurollari
va predmetlaridan inson resurslari – personal ham muhim ahamiyatga ega. Aynan
personal ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga
oshiradi hamda samarali boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Personalning kasbiy
malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona va tashkilotning, xususan tijorat
banklarining iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik
yaxshi bo‘ladi.
2. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarish-
lar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish
bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining
hayotiga ma’lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni
boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish,
tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish
masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun
ham ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuv-
65
larni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
3. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish
personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’min-
lash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni
shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra tijorat banklarida personalini
boshqarish tizimi shakllantiriladi.
4. Tijorat banlarida personalni tashkil etish va uni samarali boshqarishda “X”,
“Y” va “Z” kabi motivatsion usullarini ko‘proq joriy etish orqali bank personalini
rivojlantirish hamda ijobiy natijalarga erishish imkoniyati oshadi.
Olingan xulosalar natijasida mamlakatimiz korxona va tashkilotlarida,
xususan tijorat banklarida va ATB “Qishloq qurilish bank”da personalni to‘g‘ri
tashkil etish va samarali boshqarishni yanada yaxshilash uchun quyidagi takliflarni
berishni lozim topdik:
- korxonalar va tashkilotlarda, xususan ATB “Qishloq qurilish bank”da o‘zaro
shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga
solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish
bo‘yicha maxsus bo‘limni tashkil qilish;
- kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlashni to‘g‘ri rejalashtirish
va yaxshilash;
- korxona va tashkilotlarda xususan ATB “Qishloq qurilish bank”da bandlik
masalasini to‘g‘ri boshqarishda mehnat birjalari hamda ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
- bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni baholash va xodimlarga bo‘lgan
ehtiyojlarni tahlil qilishda maxsus sifat komissiyasini tuzish;
- korxona va tashkilotlarda xususan ATB “Qishloq qurilish bank”da kadrlar
marketing faoliyatida xizmat martabasini rejalashtirish va ijtimoiy psixologik
moslashuvni (ko‘nikishi)ni ham alohida inobatga olish;
- korxonalardamehnat jarayonidagi sabablarni aniqlash va boshqarish orqali
mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari, mehnat psixofizologiyasi, ergonomikasi
va mehnat estetikasini yig‘ilishlarda, majlislarda mehnat jamoasi ongiga singdirish.
|