Mavzu personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish
Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi Oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini
o‘taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish
va umumlashtirishdan iboratdir. Axborot oqimlari hajmining
kattaligi, turli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ular bilan
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘p hollarda bir-birini
takrorlovchi, operatsiyalarni bajarish personalni boshqarish
xizmatida eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning
ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi personalni boshqarish
xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning
huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish
to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Axborot texnologiyalari
davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zo‘zini boshqarish
organlari, jamoatchilik birlashmalarining axborotga bo‘lgan
extiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni
yaratishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
22-noyabrdagi 256-sonli «Axborotlashtirish sohasida normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida davlat
axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot
tizimlarini tashkil etish, axborotlarni hujjatlashtirish tartibi
belgilab qo‘yilgan.
Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari
Personalni boshqarish tizimi xodimlari oqilona qaror qabul
qilishlari, o‘zlarining boshqa xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun batafsil va ishonarli ma’lumotlarga ega bo‘libgina
qolmasdan, shuningdek, bu ma’lumotlar bilan tezkor ishlash,
236
Ushbu qarorga asosan hujjatlashtirilgan axborot, mulk hu- qu qi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda
axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar
shaklida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida bo‘ladi.