102
Hozirgi vaqtda personalni rivojlantirishda ikkita tendensiya
ko‘zga tashlanmoqda.
1.
Bilimlarni ularning aniq shakliga — hujjatlar,
yo‘riqnomalar, ma’lumotlar
bazasi va hokazolarga
muvofiqlashtirish. Mutaxassislar buni «G‘arb tendensiyasi»,
deb ham atashmoqsa. Chunki, Yevropa va Amerika Qo‘shma
shtatlarida personalni rivojlantirish dasturlarida xuddi shunga
urg‘u berilmoqda.
2. Bilimlar faqat ayrim mutaxassis
va menejerlar guruhi
tomonidan emas, balki butun personal tomonidan muntazam
ravishda egallab borilishini ta’minlash «Sharq tendensiyasi»,
deb ta’riflanib, bu ko‘proq Yaponiyaga xosligi ko‘zga tashlanadi.
Ishchilarni uzluksiz o‘qitish:
1)
yangi ishchilar tayyorlash;
2) malakali ishchilarni qayta tayyorlash;
3) ishchilarni ikkinchi (turdosh) kasbga o‘qitish;
4) ishchilar malakasi oshiriladi.
Personalni
rivojlantirish inson salohiyatini shakllantirish
va uni muttasil oshirib borishga da’vat etadi. Bu jarayon
shunday
tashkil etilishi kerakki, inson butun mehnat faoliyati
davomida kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash orqali o‘z bilimlari
va ko‘nikmalarini takomillashtirib borishga intilishi kerak.
Inson salohiyatining sifati uning
mansab lavozimlari har
bir bosqichida o‘qish, o‘zini — o‘zi o‘qitish, kasbiy tajribani
umumlashtirish bosqichlarida ushbu
salohiyat tegishli tarkibiy
qismlari sifat jihatidan qanday shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Keyingi yillarda bozor munosabatlari va axborot
texnologiyalari o‘ta jadal sur’atda rivojlanayotganligi tufayli
personal rivojlanishini hamda uning
raqobat kurashidagi rolini
qabul qilish sezilarli darajada o‘zgardi. Endilikda bu masalaga
kompaniya intellektual kapitalini o‘stirishga qaratilgan
Dostları ilə paylaş: