O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

harakatlar deyiladi. Instinktiv reaksiyalar xatti-harakatlarning tug‘ma 
shakllarini ishga tushirishga olib keladigan oddiy omillar tufayli sodir 
bo‘ladi. 
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda, ayniqsa sut emizuvchilarda, 
xatti-harakatning yangi, ancha nafis shakllari birinchi darajali aha-
miyat kasb etmoqda. Soddaroq hayvonga qaraganda umurtqali hay-
vonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz ko‘p hosil bo‘ladi. Hayvon 
evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan sari hosil 
bo‘ladigan shartli bog‘lanishlar ham shuncha murakkabroq va yana 
ham nafisroq bo‘lishi mumkin. 
Jonli materiyani aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich 
xatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan 
nafis individual xatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini chi-
niqtirishdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda xatti-harakatning 
instinktiv shakllari bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan-individual shaklla-
ri, malakalar va intellektual xatti-harakatlar ham mavjud. 
Malakalar deyilganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlarga aso-
san bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti-harakati tu-
shuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‘xshab rivojlanishning 
nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi, lekin aniq ifoda etilgan mala-
kalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hayvonlardagina namoyon 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, malakalar bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi 
mumkin: bir xil holatda ular avtomatik takrorlanishiga ko‘ra instinkt-
larga yaqin tursa, boshqa bir holda intellektual xatti-harakatlarga 
yaqinlashib ketadi. Ayrim narsalar o‘rtasida murakkab munosabatlar-
ning aks ettirilishi intellektual xatti-harakatlar negizini tashkil etadi. 
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni 
payqash qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish, 
ya’ni o‘sha narsa agar u harakat qilayotgan bo‘lsa, qayerda paydo bo‘-
28


lishini hisobga olish qobiliyatiga egadir. Bunday xatti-harakatni aqliy 
xatti-harakat deb ayta olamiz. 
Hayvonlarning ayrim turlarida instinktlar ustun bo‘lsa, boshqalari-
da shaxsiy tajriba jarayonida orttirilgan bog‘lanishlar ustunroq bo‘ladi. 
Munosabat bildirishning ayrim usuli sifatida instinktlar va mala-
kalar hayvon organizmini ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi. Hayvon qa-
torasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda, keyincha-
lik masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya’ni intel-
lekt (aql-idrok) bilan ish ko‘rish usuliga murojaat qiladi. Biroq vujud-
ga kelgan vaziyat hayvonlar uchun kamdan-kam holda muammoga 
aylanadi va binobarin, ancha yuksak idrok ishlatiladigan darajada aks 
ettirish alohida zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Intellektual xatti-
harakat hayvonlarning ko‘pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib 
ketadi.
Hayvonlarning o‘zaro munosabatlari ba’zan juda ham murakkab-
lashib ketadi. Ganglioz asab tizimiga ega bo‘lgan va katta-katta to‘da-
larga birlashib hayot kechiradigan hayvonlardayoq faqat murakkab 
individual instinktiv xatti-harakatlarnigina emas, balki o‘sha to‘daning 
alohida bir vakili «tili»ga nisbatan instinktiv reaksiyalari ham rivojlan-
ganligini ko‘rish mumkin. 
Ganglioz asab tizimiga ega bo‘lgan hayvonlardagi «til» gavdasini 
ma’lum bir ko‘rinishda tutish bilan akustik signallar, kimyoviy (hid 
bilish) axborotlar, turli suykalishlar orqali ifoda etiladi. 
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning 
to‘dasida ham o‘zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. 
Hayvonlarning har qanday tarzda biron-bir to‘daga birlashuvi bilan 
aloqa qilishlari uchun zarur bo‘lgan «til»ning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. 
Hayvonlarda qiyofa, suykalish «til»idan tashqari, eshitiladigan 
signallar «til»i ham bor. Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda 
murakkab tovush signali borligi bayon qilib o‘tildi. Chiqariladigan 
tovush hayvonning emotsional holatini aks ettiradi. 
Bitta to‘dadagi hayvonlar bir-birining tovush reaksiyalariga qarab 
mo‘ljal olishadi. Tovush reaksiyalari to‘daning vakillariga o‘z sherik-
larining qanday holatdaligi haqida qo‘shimcha axborot yetkazadi va 
shu yo‘sinda to‘daning ichida xatti-harakatni yo‘naltirib turadi. 
29


Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi –hayvonlar-
ning «tili» odamlarning tilidan farqli o‘laroq, tajribani ifoda etish 
vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham biron-bir 
alohida buyuk jonzod vakili o‘zining individual tajribasida anchagina 
oson ovqat topishning bir qator usullarini topadi deb taxmin qilgani-
mizda ham, u o‘z tajribasini hayvonlar ixtiyoridagi «tilda» mavjud 
bo‘lgan vositalar bilan ifodalashga qodir emas. 
Odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi 
o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Masalan, hayvonlarning «tili» 
bilan odamning tilini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z 
to‘dadoshlariga muayyan, bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar 
haqida faqat xabar berishigina mumkin bo‘lgan bir paytda kishi til 
vositasida boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi payt va kelajak haqida 
axborot berishi, ularga ijtimoiy tajribani yetkazishi mumkin. 
Insoniyat tarixida til tufayli aks ettirish imkoniyatlarining qayta 
qurilishi yuz berdi: borliq kishi miyasida yanada ravshan aks etadi. 
Hayvonlarning «tili» bilan odamlarning tili o‘rtasidagi farq 
tafakkurdagi tafovutni ham belgilaydi.
Shunday qilib, hayvonlarning aniq, amaliy tafakkuri ularni muay-
yan vaziyatdan bevosita ta’sirga bo‘ysundiradi, odamning mavhum-
lashgan tarzda tafakkur yuritishiga bo‘lgan qobiliyati uning ushbu 
muayyan vaziyatga bevosita bog‘liqligini bartaraf etadi. Kishi, xusu-
san, o‘zi anglagan zaruratga ko‘ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyati-
ga ega. Bu inson psixikasining hayvon psixikasidan eng birinchi mu-
him farqidir. 
Odamning hayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga 
va saqlashga layoqatli ekanligidir. Odam hayvondan farqli o‘laroq, ol-
dindan o‘ylangan rejaga binoan, qurol yaratadi, uni belgilangan maq-
sadda foydalanadi va saqlaydi. Inson psixik faoliyatining ajralib tura-
digan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribani biridan ikkinchisiga o‘tkazib 
turishidir. 
Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ular-
ning rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi. Agar hayvonot dunyosi-
ning rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolutsiya 
qonunlariga binoan ro‘y bergan bo‘lsa, inson psixikasining, kishi on-
gining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo‘ysunadi. 
30


Ongni bevosita hayvonlarning evolutsiyasidan keltirib chiqarish 
mumkin emas: inson ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. To‘daning ja-
miyatga aylanishiga ta’sir ko‘rsatgan omil mehnat faoliyati, ya’ni 
qurollarni birgalikda yaratish va qo‘llash jarayonida odamlar amalga 
oshiradigan faoliyat bo‘ldi. 
Shuni xulosa qilish mumkinki, faqat odamgina ijtimoiy tajribani 
o‘zlashtiradi. Kishi psixikasini u egallab oladigan ijtimoiy tajriba 
rivojlantiradi. Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim 
farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi.

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin