Metodning afzalligi. Dars jarayonlarida The wheel of logical reasoning (Mantiqiy fikrlar
charxpalagi) metodini qoʻllash, talabalarni oʻrganilgan yangi mavzu asosida mantiqiy fikrlash, oʻtilgan
mavzularga bogʻlash, berilgan topshiriq yuzasidan mustaqil qarorlar qabul qilish, oʻz-oʻzini baholash
malakalarini shakllantirish, qisqa vaqt ichida nazoratchi oʻqituvchi tomonidan talabalar bilimini baholashga
erishishga imkoniyatlar yaratadi [3, 4, 5].
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
78
Oʻquv jarayonida talabaning oʻziga-oʻzi baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. Oʻquvchi uchun
dars qiziqarli oʻqitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. Oʻqish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr
yurita olishiga, izlanishiga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda oʻtilgan darslarda oʻquvchi faqat
ta’lim mazmunini oʻzlashtiribgina qolmay, balki oʻzining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi.
Bunday sharoitda oʻqituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar boʻyicha chuqur
mushohada yuritishga, muammolarni oʻz vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega boʻlishi kerak.
Xulosa shuki, texnologiya fani oʻqituvchisining ijodkorligi amaliy dars jarayonlarida namoyon
boʻladi. Amaliy dars jarayonlarini jadallashtirish uchun esa interfaol metodlardan foydalanish muhim
xususiyat kasb etadi. Interfaol metodlar oʻz mohiyatiga koʻra, ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirishda, ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlasada, biroq ularning har biri ta’lim va tarbiya
jarayonida samaradorlikni ta’minlashda turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli oʻqituvchilar darsda interfaol
metodlarni tanlashda oʻrganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim boʻlgan masalaga e’tibor
qaratishi lozim.
Adabiyotlar
1. Muxamedov Oʻ.X., Usmonboyeva M.H., Rustamov S.S. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy
interfaol metodlar: Oʻquv-uslubiy tavsiyalar. – T.: “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. – 45
b.
2. Tolipov Oʻ., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. -T.: “Fan”, 2006. -260
bet.
3. Rasulova Z.D. “Servis xizmati” fanidan elektron oʻquv qoʻllanma dasturi // Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasi. –
Toshkent, 2021. – DGU № 55276.
4. Расулова З.Д. Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления //
European science № 2 (51). Part II. Москва, 2020, – С. 65-68.
5. Rasulova Z.D. Technologies for the development of students creative сompetence in professional
activity. International conference science and education // uluslararasi konferans bilim ve eğitim. Turkey.
2021. – P. 69-71.
Dostları ilə paylaş: |