20
Masalan:
Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko`p
o`tkazganmiz (G`.G`.) gapida ikkita sub’ekt mavjud bo`lib, asosiy sub’ekt vositali
to`ldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali sub’ekt esa ega (Biz)
vazifasida qo`llangan bo`lib, o`tkazganmiz harakati sub’ektning sub’ektga ta’siri
natijasida bajarilgan.
SHuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir sub’ekt mavjud bo`ladi. Bunday
holda harakat ob’ektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan:
U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi;
b) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir
kabi;
v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish bilan:
shoshir, ichir, botir kabi;
g) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo`shish
bilan: chiqar, qaytar kabi;
d) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az, -kaz, -qiz, -kiz
affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;
e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish bilan:
tomiz, oqiz, boqiz kabi;
yo) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat
(faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi.
Dostları ilə paylaş: