Fe’lning vazifadosh shakllari
Fe’lning gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga mos bo`lgan
shakli uning funktsional
1
formasi deyiladi. Fe’lning funktsional formalari gapda
kesim, hol, aniqlovchi, ega va to`ldiruvchi vazifalarida keladi.
O`zbek tilida fe’lning funktsional formalariga 1) sof fe’l, 2) ravishdosh, 3)
sifatdosh, 4) harakat nomi kiradi.
Sof fe’l. Fe’lning tuslangan formada qo`llanib, kesim vazifasini bajarishga mos fe’l
21
shakliga sof fe’l deyiladi. Sof fe’l har uch zamon shaklida qo`llangan aniqlik,
buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe’llarni o`z ichiga oladi. Masalan: To`g`ri
so`z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat
nurlarini tarqatadi (U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o`rgatadi. (Tafakkur
gulshani). Aqlni beaqldan o`rgan (Maqol).
Ravishdosh. Harakatning belgisini (harakat tarzidagi belgi) anglatadigan, gapda
ko`pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe’l
shakli ravishdosh shakli deyiladi. Masalan: Ilmu hunarni Xitoydan bo`lsa
ham borib o`rganinglar (Pedagogika tarixi). CHoyga fotiha o`qilgach, hamma
o`rnidan turdi (S.Ahmad). Bu misollarning birinchisida borib ravishdoshi hol
vazifasini, ikkinchi misoldagi o`qilgach ravishdoshi ergash gapning kesimi
vazifasini bajargan.
Ravishdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –b, undoshdan so`ng –ib affiksini qo`shish
bilan: o`qib, borib;
2) fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –y, undashdan so`ng –a affiksini qo`shish
bilan: o`qiy-o`qiy, bora-bora.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda qo`llanadi;
-b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo`shma fe’l (sof fe’l) tarkibida
etakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o`qib chiqdi kabi.
3) –gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o`qigani, aytgani kabi;
4) –gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o`qigach, borgach kabi;
5) –guncha (-kuncha, -quncha) affikslari bilan: o`qiguncha, borguncha kabi.
Fe’l o`zak-negizi k yoki g undoshi bilan tugasa, -kani, -kach, -kuncha tarzida, q
yoki g` undoshi bilan tugasa, -qani, -qach, -quncha tarzida qo`shiladi: ekkani,
ekkach, ekkani, ekkuncha; chiqqani, chiqqach, chiqquncha kabi.
Fe’lning ravishdosh shakli fe’l singari harakat tushunchasini anglatib, fe’lga xos
quyidagi morfologik belgilarga ega, ya’ni:
a) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: eslab - o`timli, kulib - o`timsiz
ravishdosh;
22
b) bo`lishli-bo`lishsizlik ma’nosiga ega: ko`rib – bo`lishli, ko`rmay, ko`rmasdan –
bo`lishsiz ravishdosh; kelguncha – bo`lishli, kelmaguncha – bo`lishsiz ravishdosh;
o`tgach – bo`lishli, o`tmagach – bo`lishsiz ravishdosh.
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo`lishsizlik shakli yo`q
(-ma bo`lishsizlik qo`shimchasini olmaydi).
v) nisbat ma’nosini anglatadi: yasab - aniq nisbat, yasanib - o`zlik nisbat, yasalib -
majhullik nisbati, yasashib – birgalik nisbat, yasatib – orttirma nisbat;
g) ravishdoshlar tuslovchi qo`shimchalarni olish-olmaslik xususiyatiga ko`ra ikki
guruhga bo`linadi: tuslanadigan ravishdoshlar va tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlarga fe’l negiziga –b (-ib), -a, -y affikslarni qo`shish bilan
shakllangan ravishdoshlar kiradi.
Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslangan holda sof fe’lga aylanadi. Masalan:
Kechaning tili qorasida yulduzlar yorqin yonadi (O). Oyoq ostimizda munchoq-
munchoq oq, sariq gullar sochilib yotibdi (B.Jahongirov).
Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo`llana oladi.
Masalan: Vohid ho`l sochlarini taray-taray boqqa sho`ng`idi (O.YOqubov).
Dostları ilə paylaş: |