olamga tanilgan (O.).
Sifatdoshning deyarli barcha shakllari tuslanish xususiyatiga (-yotgan shaklidan
tashqari) ega. –r (-ar) bilan yasalgan sifatdosh shakli esa hozirgi tilda ko`proq
tuslangan shaklda ishlatiladi: o`qirman, o`qirsan, o`qir; o`qirmiz, o`qirsiz,
o`qir(lar) kabi;
5) sifatdosh zamon ma’nosini ifodalaydi. Atributiv (sifatlovchi) holatida kelgan
sifatdoshning zamon ma’nosi nisbiy sanaladi, chunki sifatdoshning zamoni nutq
momentiga nisbatan emas, balki fe’l-kesimning zamoniga nisbatan
belgilanadi: Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi
ulug`likka etadi (YUsuf Xos Xojib) gapida tuslangan fe’l etadi hozirgi-kelasi
zamonni ifodalasa, ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan sifatdoshlari
o`tgan zamonni ifodalaydi.
Sifatdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: o`tgan zamon
sifatdoshi, hozirgi zamon sifatdoshi, kelasi zamon sifatdoshi. Sifatdoshlarni hosil
qiluvchi maxsus grammatik ko`rsatkichlar sifatdoshning nisbiy zamon ko`rsatkichi
ham sanaladi.
O`tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan ilgari bo`lgan
harakat belgisini anglatadi. –gan (-kan, -qan) grammatik ko`rsatkichlari bilan
yasalgan sifatdosh o`tgan zamon sifatdoshini hosil qiladi: Murabbiysi
bo`lmagan odamni hayot o`zi tarbiyalab qo`yadi («Otalar so`zi»).
Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlashib turgan vaqtida davom
etayotgan harakat belgisini anglatadi.
Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan, -vchi (-uvchi) affikslarini qo`shish bilan hosil
bo`ladi: Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo`lmog`i darkor
(I.A.Karimov). Elmurod bu erga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi
(P.Tursun).
Kelasi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan keyin
bajariladigan harakat tarzidagi belgisini anglatadi. Kelasi zamon sifatdoshi –r (-ar),
-digan, -ajak affikslari bilan yasaladi: Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt
(Maqol). Dehqon kelasi kuzda oladigan hosilining g`amini shu kuzdan ko`radi
27
(M.Ismoiliy).
Sifatdosh fe’l shaklining «sifatdosh» deb atalishi, uning sifat singari predmetning
belgisini bildirishiga ko`radir. Sifatlar predmetning rangi, hajmi, mazasi, xususiyati
kabilarni bildirsa, sifatdosh predmetning harakat va holat belgisini anglatadi.
Demak, sifatdosh sifatga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham egadir, ya’ni:
1) sifatdosh morfologik jihatdan o`zgarmaydi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini
olmaydi);
2) sifatdosh otga bog`lanib kelib, predmetning harakat belgisini bildiradi va gapda
sifatlovchi vazifasini bajaradi: Ko`klam quyoshidan ko`kargan qirlar, ko`m-ko`k
(H.Olimjon). Xadichabegim yurt uchun qayg`uradigan bir malika ekanini
ko`rsatishni sevardi (Oybek).
3) sifatdosh otlashish xususiyatiga ega, bunday holda sifatdosh bog`lanib kelgan ot
qo`llanmaydi va sifatdosh ot kabi so`z o`zgartiruvchi (egalik, kelishik, ko`plik
affikslarini) affikslarni oladi, ot singari sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi,
qaratuvchi) bajaradi: Yo`lni bilgan qoqilmaydi (Maqol). Qishloq xo`jaligida
bevosita ishlab chiqaruvchining o`zi xo`jayin bo`lishi shart (I.Karimov). Ko`p
yurgandan so`rama, ko`p ko`rgandan so`ra (Maqol). Dushmanga nafrati
bo`lmaganning Vatanga muhabbati bo`lmas (Maqol).
28
XULOSA
Ish-harakatning atamasi bo`lib, gapda otga xos vazifalarni bajarishga mos
bo`lgan fe’l shakli harakat nomi deyiladi: Ilm-fanga intilish insonning eng oliy
ma’naviy harakatlaridandir. CHavandoz bu gaplarni Ertoevga aytishini ham,
aytmaslikni ham bilmay turgandi (O.YOqubov). Mustaqilligimiz tufayli xalq va
Vatan tarixi, boy ilmiy va adabiy merosga xolisona yondashishning guvohi va
shohidi bo`lmoqdamiz (Rahim Vohidov) gaplaridagi intilish, aytishni, aytmaslikni,
yondashishning fe’l shakllari harakatning atamasi (nomi) bo`lib, gapda otga xos
ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi vazifalarini bajargan.
Harakat nomi quyidagi shakl yasovchi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l negiziga –sh (-ish) qo`shish bilan (unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –
ish): o`qish, yozish, ishlash, chiqish kabi;
Harakat nomining –sh (-ish) affiksi bilan yasalgan shakli otga yaqin turadi,
shuning uchun ham bu shaklda harakat nomi otga ko`chishga moyil bo`ladi.
2) fe’l negiziga –v (-uv) qo`shish bilan (unlidan so`ng –v, undoshdan so`ng –uv):
ishlov, bag`ishlov, boruv, keluv kabi;
Bu affiks bilan yasalgan harakat nomi hozirgi o`zbek tilida kam ishlatiladi;
3) fe’l negiziga -moq qo`shish bilan: o`smoq, ulg`aymoq, o`rganmoq kabi.
Harakat nomining -moq affiksi bilan yasalgan shakli fe’lga juda yaqin turadi,
chunki har qanday fe’lning bosh shakli yo buyruq-istak mayli shaklida esla, shosh
kabi; yoki eslamoq, shoshmoq kabi harakat nomi shaklida olinadi.
Harakat nomi leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. SHu
29
jihatdan harakat nomi fe’lga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`rganish, ko`rmoq - o`timli harakat
nomi; yugurish, ishonmoq - o`timsiz harakat nomi;
2) nisbat ma’nosiga ega: yutmoq - aniq nisbat, yasanmoq - o`zlik nisbat,
baholanmoq - majhullik nisbati, qiziqtirmoq - orttirma nisbat;
3) harakat nomining bo`lishsiz shakli faqat –maslik affiksi bilan yasaladi: aytish –
bo`lishli harakat nomi, aytmaslik – bo`lishsiz harakat nomi.
4) harakat nomi zamon ma’nosiga ega emas. Lekin ma’lum bir qulay sharoitda
unda hozirgi-kelasi zamon ma’nosi aks etadi: Oilada farzand tarbiyasiga har
tomonlama e’tibor bermoq lozim
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси.
Морфология ва синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973.
2.Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Тошкент: Ўқитувчи,
1982.
3. Абузалова М.Қ. Ҳозирги ўзбек тили. Морфология. Ўзбек филологияси
бакалавриат йўналиши учун ўқув-методик қўлланма. Бухоро, 2005.
4. Ҳозирги замон ўзбек адабий тили. Ф.Камол таҳрири остида. –Тошкент:
Фан, 1957.
Dostları ilə paylaş: |