India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy


INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix13.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#129462
1   2   3   4   5   6   7   8
Maxammadiyeva Surayyo Normuradovna

INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
28 
bilan tartibga solinadi. Shartnoma o‟qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish 
jarayonida paydo bo‟ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‟z 
ichiga oladi. Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‟rtasidagi 
munosabatlar o‟zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy 
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. 
Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi 
ustivor mavqeini e‟tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy maktabgacha ta‟lim tashkilotri 
tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‟lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‟quvchilar 
o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarni yo‟lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik 
mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Bola vositasida oila bilan muloqot qilish – 
murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha oilalar o‟z 
bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan 
o‟qishlarini istaydilar. Shuning uchun oila a‟zolari uning yutuqlaridan xabardor bo‟lishni 
xohlaydilar. Pedagoglar ota-onalar bilan bola haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish va 
imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi 
holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug‟diradigan barcha jihatlarni 
mamnuniyat bilan muhokama qilishlari kerak. Maxoratli maktabgacha ta‟lim tashkiloti 
tarbiyachisi oilalar bilan aloqa qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qiladi: 
- Vaqt topadi, imkoniyat yaratadi hamda ota-onalarning o‟z fikrmulohazalari, 
quvonchlari, tashvishlari va niyatlarini gapirib berishlarini qo‟llab-quvvatlaydi. 
- Ko‟z-ko‟zga tushib suhbat qilish mumkin bo‟lgan joyni tanlaydi va ma‟lumotlarga 
hamisha maxfiy sir sifatida munosabatda bo‟ladi. 
- Oilalar tarbiyachilar bilan eng shaxsiy ma‟lumotlarni o‟rtoqlashadilar, binobarin
ularni sir saqlash muhim. Tarbiyachilar va bolalar o‟rtasida o‟zaro hurmat bo‟lishi kerak. 
Bolalar tashkilotida guruh deb ataluvchi uyushmada hurmat zarur tarkibiy element 
hisoblanadi. Tarbiyachilar ular bolalardan kutadigan o‟zaro bir-birini tushunish, hurmat 
qilish va bir-biriga g‟amxo‟rlik ko‟rsatishda namuna bo‟ladilar. Bolalar boshqa bolalar bilan 
ijodiy o‟zaro munosabatlarning mustahkam poydevorini qo‟yadi. Mahoratli pedagog 
tomonidan MTT hayotiga erkaklarni ham jalb qilish, har bir bola ularning ham ardog‟ida 
bo‟lishini ta‟minlash uchun butun kuch-g‟ayratni ishga solish lozim. Ba‟zan kun tartibi yoki 
birinchi uchrashuv onalar bilan bo‟lgani sabab erkaklar bu ishdan chetda qolib ketadilar. 
Otalarning maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi pedagogik jarayonlarga qay tarzda ishtirok 
etishlarini aniqlashtirish, ya‟ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar 
yoki san‟atdan mashg‟ulot o‟tkazish uchun xonani jihozlashga yordam berishlari mumkin. 
Bundan tashqari maktabgacha ta‟lim tashkilotida psixologik xizmat ham tashkil etilgan 
bo‟lib, psixologik xizmat maktabgacha ta‟lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxs 
(pedagog, bola, ota-ona) manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib 
chiqqan holda yondoshadi. Psixologik xizmat ko‟rsatish faoliyati maktabgacha ta‟lim 
tashkiloti xozirgi zamon psixologiya fani yutuqlari bilan ilmiy uslubiyat bo‟yicha 
ta‟minlashga, insonning shaxsiy va intellektual (aqliy) jixatidan rivojlanishini diagnostika 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin