India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy


INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#129462
1   2   3   4   5   6   7   8
Maxammadiyeva Surayyo Normuradovna

INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
31 
hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta‟lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo'yicha 
tavsiyalar beradi. 
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, 
o„ziga xos xususiyatlari e‟tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va 
maslahatlari ishonarlibo„lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a‟zolari maktabgacha 
ta‟lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday 
bajarayotganini yoki sayrgaawal u qanday o„ynayotganini ko„radilar, bolalarning uquv va 
imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.Oilaga borishning maqsad va mazmuni 
tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har 
bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.Ota-onalar bilan olib boriladigan 
ishlarning mazmuni rangbarang bo„lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama 
qilinishi taqozo etiladi.Masalan: 
• Bolalarni tarbiyalashda oilaning roli,ota-onalarning vazifasi to„g„risidagi qonunlar
bolalarni maktabga tayyorlash haqida; 
• Maktabgacha tarbiya tashkilotining yillik ish rejasi to„g„risida; 
•Ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.Bu 
masalalarni jamoa bo„lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy 
majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish 
shakllariga kiradi. 
Ota-onalar majlisi 
Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta‟lim tashkilotidagi hamma guruh bolalarining 
ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif 
etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo„mitasining 
faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg„or tajribalar bilan tanishtiriladi. Majlisda direktor yoki 
metodist-tarbiyachi ma‟ruza qiladi, ota-onalar so„zga chiqishadi,bolalar gapirishadi. Bular 
ta‟lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va 
jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o„z bolasining tarbiyasi uchun 
javobgarligini oshiradi, ularda maktabgacha ta‟lim tashkilotga qiziqish uyg„onadi. 
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb 
bo„lgan masalalar muhokama qilinadi.Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy 
tarbiya berishda oilaning roli» bo„lsa, o„rta guruhda o„tkaziladigan majlisda bu mavzu 
murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnat sevarlikni tarbiyalashda MTTva oilaning 
birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va h.k. bo„lishi mumkin. 
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma‟ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko„rish 
bilan qo„shib olib borish mumkin.Bolalar hayoti, faoliyati to„g„risidagi misollardan 
foydalanganda ijobiy materiallar ko„proq bolishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda 
ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari 
ko„rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat 
orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish 
bo„yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.Yilning oxirida o„tkaziladigan guruh 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin