INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY
34
-Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari
va ota-onalar hamkorlikda
uzluksiz ta`limning bosh bug‟ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini
amalga oshiradi.
Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish
Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va
pedagogik masalalar bilan
tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar,
bolalarning
ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi kun tartibi,
ota-onalar uchun
eslatmalar,e‟lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqt-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab
o„zgartirib turiladi. Pedagogik bilimlarni targ„ib qilish tashkil etiladigan ko„rgazmalar
ko„pincha ota-onalar konferensiyalari,
majlislari,konsultatsiyalar oldidan tashkil
etiladi.Unda xalq ta‟limi to„g„risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta‟lim
muassasalari
tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o„sishini ko„rsatuvchi diagrammalar,
bolalar bilan olib boriladigan ta‟lim-tarbiya jarayonlari, bolalar
hayotini aks ettiruvchi
fotosuratlar, kitob va o„yinchoqlar , bolalarning ishlari o„rin oladi. Ota-onalar burchagi oila
bilan olib boriladigan ishning ko„rgazmali usuli, uningdid bilan bezatilishiga alohida e‟tibor
berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to„g„risidagi filmlar namoyish etiladi,
bular ko„pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi boladi.Ota-
onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta‟lim tashkilotlari ishida
muhim o„rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg„ulotlari, mehnat,
o„yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o„zlarini
qanday tutishlari va shunga
o„xshashlar ko„satiladi.
FOYDALANILGA ADABIYOTLAR RО‘YXATI:
1.Sh.M.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‟minlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining roli. ─ T.: O„zbekiston, 2017.
2. Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. ─ T.: O„zbekiston, 2016.
3. “Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi” S.Shodiqova T.: 2010
4. О„zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta‟lim va tarbiya to„g„risida qonun” T.:
2019.
5.О„zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta‟lim va tarbiyaning davlat standarti” T.:
2020