India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy


INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix13.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#129462
1   2   3   4   5   6   7   8
Maxammadiyeva Surayyo Normuradovna

INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
29 
qilishga, ta‟lim va tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlashga, eng muhimi mavjud 
kamchilik va nuqsonlarning oldini olish (profilaktika)ga yo‟naltirilgan bo‟lishi kerak. 
MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash 
shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot 
ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin 
MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng 
tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: 
1.Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik tajribalarning 
ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning 
shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTTlar 
tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari 
aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish, ularga 
maslahatlar berish, ota-onalarning MTT hayoti bilan tanishishlari. 
2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.Bular ota-onalarning 
guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob 
kechalari. 
3.Ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish 
qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona 
oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka 
Ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin. 
Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi 
mazmuniga quyidagilar kiradi: 
 ota-onalarga o„z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar 
ekanliklarini tushuntirib borish; 
 ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo„lgan bilim, malakalardan xabardor qilish 
(bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning 
mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); 
 bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to„g„ri tarbiyalashni nazorat qilib 
borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o„rganish va ommalashtirish 
Bola MTTda egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada 
egallagan eng yaxshi fazilatlarni bolalar bog„-chasida namoyon qilsa istalgan ijobiy 
natijalarga erishish mumkin.Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni 
ko„ribginaqolmay, balki uni qo„llab-quwatlash va shu asosida ota-onalar e‟tiborini bola 
tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni 
rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda MTT direktori javobgar shaxs 
hisoblanadi.Ota-onalar bilan ishlash bo„yicha yillik reja tuziladi.Bu reja pedagogik 
kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun 
ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarda ko„rgazmalar tashkil 
etish va konsertlar qo„yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o„tkazish vaqtlari va unga 
mas‟ul bo„lgan shaxslar belgilanadi.Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin