INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 32
majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta‟lim-tarbiya ishlari va kelgusi
yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va
faollarning yangi tarkibi saylanadi. Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar
yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan xolda chaynvord
yechish, jumboqli masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari
o`tkazish kabi noan`naviy uslublardan foydalanish ota onalarning bevosita bola tarbiyachi
bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.Ota-onalar
yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni bola
tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va
manzilingiz.___________________________________________________
2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va
sharifi.__________________________________________________________
3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing),
mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar, rasmli
kitobchalar,
sport
anjomlari,
yassi
oyoqlikka
qarshi
massaj
qiluvchi
anjomlar.________________________________________________________
4.
Bir
kunda
necha
soat
bola
tarbiyasi
bilan
shug`ullanasiz?
________________________________________________________________
5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing).
6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing)
tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha
bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`ligi.
7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi?
Bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing)
8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz,jazolaysiz, kelisha olmaysiz?
_________________________________________________________________
9.
Farzandingiz
ko`proq
nimaga
qiziqadi?
___________________________________________________________
10.
Farzandingizning
kelajakda
kim
bo`lishini
xoxlaysiz?
_________________________________________________________
11.Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni
rag`batlantirasizmi? (tagiga chizing) ha yoki yo‟q.
12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo‟l qo‟yishi hollariga e`tibor
berasizmi? (Ha yoki yo`q) Sababini surishtirmay jazolaysizmi?(tagiga chizing)
13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz?
(Juda ham yaxshi, unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham
yomon.tagiga chizing)
14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi?
(Ha yoki yo`q) Kimlardan olasiz? (Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan,
tarbiyachidan, tagiga chizing)