3-rasm. Tijorat banklari investitsion kreditlari
13
, (trln.so’m)
2014 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va
texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5
13
http://www.cbu.uz/uzc/node/45262
45
trln. so’m yoki 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar
ajratildi
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
kreditlashni to’laqonli ko’rib chiqish uchun kichik biznes faoliyatini kreditlash
amaliyoti bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini modernizatsiyalash, texnik va
texnologik jihatdan qayta qurollantirish ularga banklar tomonidan beriladigan
uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirishni taqozo etadi.
2.2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash banklarga o’z
aktivlarini diversifikatsiya qilish, bu bilan tavakkalchilikni pasaytirish va
potentsial daromadlarni oshirish, shuningdek, bank mijozlari omonatlarini
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitallariga samarali investitsiyalash uchun
safarbar
qilish
vositasida
makroiqtisodiy
jarayonlarni
rivojlantirishni
rag’batlantirish imkonini beradi.
Banklar investitsiyalari qo’yilgan har qanday
korxona faoliyati monitoringi bo’yicha boshqarish tajribasiga ega bo’lishi shart,
chunki investitsiyalarni amalga oshirishda prudentsial (oqilona) yondashuvni
talab qiladigan investitsiyalar bilan bog’liq muayyan tavakkalchiliklar mavjud.
Banklar shuni anglashlari kerakki, ular korxona aktsiyalariga egalik qilib va
unga kredit beradigan bo’lsalar qarzdor moliyaviy qiyinchilikka uchragan
hollarda ham o’z investitsiyalarini himoyalash maqsadida kreditlashni davom
ettirishga majbur bo’lishi mumkin. Bundan tashqari banklar moliyaviy
hamjamiyatda o’z obro’sini himoya qilish uchun korxonaning moliyaviy
barqarorligini qo’llab-quvvatlashga majbur bo’lishi mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda banklar shuni
inobatga olishlari lozimki, bank yo’qotishlari summasiga doir mavjud
tavakkalchilik qisqa muddatli bo’lishiga qaramasdan, bu uning asosiy kapitaliga
nisbatan juda yuqori bo’lishi mumkin. Bank qimmatli qog’ozlar emitenti
46
bo’lgan qorxonaning bankrotlikka uchrashi tufayli zarar ko’rishi mumkin, biroq
bunday yo’qotishlarning eng keng tarqalgan sababi qimmatli qog’ozlarning
bozor qiymatini noto’g’ri baholash va ularni uzoq vaqt saqlashdir. Bunday ahvol
bank obro’sining tushishi hamda uning ahvolining yomonlashuviga olib kelishi
mumkin. Banklar Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya
asosida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro’yxatida qimmatli qog’ozlar
bilan amalga oshiriladigan faoliyat maxsus qayd etilishi lozim.
Litsenziyada ko’rsatilgan operatsiyalar ro’yxatiga qimmatli qog’ozlar
bilan olib boriladigan faoliyatning kiritilishi banklar tomonidan quyidagi
hujjatlarning topshirilishi asosida amalga oshiriladi:
- ariza;
- Bankning investitsiya siyosati to’g’risidagi nizom;
- Bankning emissiya siyosati to’g’risidagi nizom.
Qimmatli qog’ozlar bilan faoliyatni amalga oshirish uchun beriladigan
ariza quyidagi axborotni o’z ichiga olishi lozim:
a) rejalashtirilayotgan faoliyat, siyosat va bank ushbu faoliyatni amalga
oshirishda foydalanishni ko’zlayotgan tadbirlarning batafsil bayoni;
b) bank kapitaliga nisbatan foizlarda ifodalangan ko’zda tutilayotgan
foyda miqdori yoki ushbu faoliyatdan kutilayotgan foydaga;
v) bunday faoliyat ustidan olib boriladigan ichki nazorat turlari va ularga
nisbatan qo’yiladigan talablar;
g) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslar
uchun bitimlar bo’yicha qarorlar qabul qilishga doir vakolatlar va cheklovlar;
d) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarga
nisbatan qo’yiladigan malaka talablari;
e) bank ichki hisobini yuritish va hisobotlariga doir qo’llanma;
j) qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar monitoringi bo’yicha axborot
tizimiga nisbatan qo’yiladigan talablar.
47
Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Investitsiya siyosati to’g’risidagi
nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim:
a) investitsiya strategiyasi va maqsadlari (masalan, foyda olish, bankning
qimmatli qog’ozlar emitentini boshqarishdagi ishtiroki, likvidlikni saqlash,
garov talablariga mos kelish va h. k.);
b) bank mablag’larni investitsiyalashni rejalashtirayotgan qimmatli
qog’ozlar turlari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari;
v) bank qaysi usullar bilan quyidagilarni rejalashtirmoqda:
- emitentlar va ularning faoliyat sohalari bo’yicha aktsiyalarni jamlashni
chegaralash;
- qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar xavfsizligi va ularning sifatini
baholash;
- qimmatli qog’ozlar emitenti bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli va
boshqarish tajribasini baholash;
- investitsiyalar diversifikatsiyasini amalga oshirish va h.k.
Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Emissiya siyosati (qimmatli
qog’ozlar chiqarish) to’g’risidagi nizomda quyidagi masalalar aks ettirilishi
lozim:
a) emissiya faoliyati strategiyasi va maqsadlari (masalan, ustav kapitalini
shakllantirish, likvidlikni saqlash, qarz mablag’larini jalb qilish va h.k.);
b) bank chiqarishni rejalashtirayotgan qimmatli qog’ozlar turlari va
ko’rinishlari, emissiya muddatlari;
v) qimmatli qog’ozlar likvidligi va muomalada bo’lishini saqlab turish;
g) qarz majburiyatlarining o’z vaqtida qoplanishini ta’minlash va h.k.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar Markaziy bankning Tijorat banklariga
litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentiga ikki
nusxada topshiriladi. Markaziy bankning Qimmatli qog’ozlar departamenti
Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish
departamentining talabiga ko’ra ikki hafta muddat ichida qimmatli qog’ozlar
bilan amalga oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasiga kiritish
48
imkoniyati to’g’risida yozma tarzda xulosa beradi. Qimmatli qog’ozlar
departamentining xulosasi asosida Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular
faoliyatini tartibga solish departamenti qimmatli qog’ozlar bilan amalga
oshiriladigan faoliyatni Markaziy bank litsenziyasida ko’rsatilgan operatsiyalar
ro’yxatiga kiritadi (kiritmaydi).
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli
qog’ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli
ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart:
a) bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu
yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog’ozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori
birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli
qog’ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ
kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun qimmatli qog’ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari
miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi
kerak.
Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet
el kapitali ishtirokidagi banklar va sho’’ba banklarini tashkil etish hollari bundan
mustasno), shuningdek tijorat bankining o’z ustav kapitalining o’n yoki undan
ortiq foiz ulushiga ega bo’lgan yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etishi
taqiqlanadi.
Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (sho’’ba korxonalar orqali) boshqa
yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi,
biroq quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) banklarning sug’urta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki;
b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida, shuningdek
moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi bo’lgan yoki banklarga axborot va
maslahat xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki;
49
v) banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyat
yuritadigan yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki
bundan mustasno) ustav kapitalidagi ishtiroki;
g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarining 50 foizgacha
miqdorini o’rnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki;
d) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi
"Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-4053-sonli Farmoniga muvofiq
auktsion va tanlov savdolarida tijorat banklariga mulk sifatida sotib olingan yoki
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010-sonli
Farmoyishi bilan tasdiqlangan "Auktsion va tanlov savdolarida iqtisodiy nochor
korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibi"ga muvofiq xo’jalik sudlari hal
qiluv qarorlariga asosan likvidatsion qiymati bo’yicha kreditor bank balansiga
olingan bankrot ishlab chiqarish korxonalari mulklari negizida tashkil etilgan
korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan
boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki.
Tijorat banklari muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan
ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki bilvosita mazkur yuridik
shaxs faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda,
Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart. Tijorat banklariga, emitent -
aktsiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat aktsiyalari bo’yicha "repo"
bitimlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi. Agar tijorat bankining investitsiya
qilingan yoki investitsiya qilinishi rejalashtirilayotgan mablag’lari miqdori yoki
emitent faoliyati tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aktsiyadorlari
manfaatlariga zarar etkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda
tijorat bankining tajribasi etarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank har qanday
yuridik shaxsning ustav kapitali yoki qimmatli qog’ozlariga tijorat banki
tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo’shimcha cheklovlar
belgilash huquqiga ega.
50
Garov huquqini amalga oshirish natijasida olingan qimmatli qog’ozlar
bank tomonidan 2 oy muddat ichida sotilishi shart.
Tijorat banklari investitsiya siyosatida qimmatli qog’ozlar emitenti
bo’lgan yoki bank ustav kapitalida ishtirokchi bo’lgan yuridik shaxslarning
moliyaviy ahvolini, boshqaruv tajribasini hamda qimmatli qog’ozlarning sifatini
baholash mezonlari va uslublari aks ettirilishi shart. Investitsiya siyosatida,
shuningdek bank aktivlarini qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish shartlari
belgilanishi lozim. Banklar qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yicha
nazoratni amalga oshirish uchun emitent to’g’risida etarli ma’lumotga ega
bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli to’g’risidagi ichki hisobotlar
qimmatli qog’ozlar turlari va tiplari bo’yicha bo’linishi, sifat reytingi, nominal
va bozor qiymatini, xarid qilish va sotish sanasini, foiz stavkalarini,
chegirmalarni, olingan dividendlarni (foizlarni), oldi-sotdi bitimlari bo’yicha
olingan foyda to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim. Bankning turli
bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning mutanosib taqsimlanishi, shuningdek
suiiste’molchilikning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga
oshirishi zarur. Mazkur ichki nazorat quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
a) qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish
bo’yicha hujjatlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi xodimlar buxgalteriya
operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag’larini qabul qilmasligi,
buxgalteriya o’tkazmalarini taqqoslash yoki tasdiqlash imkoniyatiga ega
bo’lmasligi;
b) buxgalteriya operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirishga mas’ul
bo’lgan shaxslar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish
bo’yicha hujjatlarni qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim
natijalarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lmasligi;
v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda buxgalteriya
yozuvlari va birlamchi hujjatlar bilan taqqoslanishi;
g) agar, bank brokerlik faoliyatini bajarsa, u holda bank har bir mijoz
uchun hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan amalga
51
oshiriladigan barcha operatsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari,
operatsiyalar sanasi, xarid qilingan/sotilgan qimmatli qog’ozlar narxi va miqdori
ko’rsatilgan holda yozuvlar olib borishi lozim.
Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur
monitoring va operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi
adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli
boshqaruv axborot tizimiga ega bo’lishi lozim. Qimmatli qog’ozlar portfeli
bo’yicha ichki hisobotlar qimmatli qog’ozlar turlari va ko’rinishlari bo’yicha
bo’linishni, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish/sotish
sanasini, foiz stavkalarini, imtiyozlarni, olingan dividend foizlarni, oldi-sotdi
bitimlari bo’yicha foydani o’z ichiga olishi kerak. Bunday hisobot ham
investitsiya qilingan qimmatli qog’ozlar, ham oldi-sotdiga mo’ljallangan
qimmatli qog’ozlar bo’yicha muntazam ravishda tayyorlanishi lozim. Bankning
turli bo’linmalari o’rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar
qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo’yicha
vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish
uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshirishi zarur. Bunday ichki
nazorat, xususan, quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
a) oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar
buxgalteriya
operatsiyalarini
amalga
oshirmasligi,
pul
mablag’lari,
tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o’tkazmalarini taqqoslamasligi
lozim;
b) buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun
mas’ul bo’lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash
maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur;
v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi
hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo’lishi lozim;
g) hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring, to’lovlar bitimlar yoki buxgalterlik
o’tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan muntazam ravishda
taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazilishi kerak;
52
d) agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun
hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qog’ozlari bilan bajariladigan
barcha operatsiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlarning turlari, operatsiyalar
sanasi, sotilgan/ sotib olingan qimmatli qog’ozlar narxi va soni ko’rsatilagan
holda yozuvlarni olib borishi lozim.
Tijorat
banklarining
mamlakat
qimmatli
qog’ozlar
bozorining
shakllanishiga ortib borayotan e’tibori, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga
bo’lgan tobora o’sib boruvchi extiyojlari bilan o’zviy bokliqdir, chunki ularsiz
ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqur qayta qurish, eksport salohiyatini o’stirish va
aholining turmush darajasini oshirish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |