O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-rasm. Listingdan o’tgan kompaniyalar qimmatli qog’ozlari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

6-rasm. Listingdan o’tgan kompaniyalar qimmatli qog’ozlari 
aylanmasining 2015 yil may holatiga sohalar kesimidagi strukturasi, 
foizda
16
 
Mamlakatimiz 
qimmatli 
qog’ozlar bozorida listingdan o’tgan 
kompaniyalarning 1-chorak yakunlariga e’tibor beradigan bo’lsak, bunda jami 
aylanmaning 90 foizidan ortig’i banklar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu shundan 
dalolat beradiki, listingdan o’tgan va bozorda oldi-sotdi ob’ekti bo’lgan 
qimmatli qog’ozlarning eng katta asosiy qismi aynan banklardir. Bu 
avvalombor, banklarga bo’lgan yuksak ishonchning nishonasidir. Qolaversa, 
16
www.uzse.uz 


55
banklarning moliyaviy barqarorligi va faoliyat ko’lami kengligidan dalolat 
beradi. 
Keyingi o’rinda qurilish kompaniyalarning qimmatli qog’ozlari turibdi va 
u 10 foizga yaqin. 
Sanoat va agrosanoat kompaniyalarining faoliyati juda sust. 
Fond bozorida amalga oshirilgan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq 
shartnomalarning tarkibida REPO operatsiyalari juda katta ulushga ega emas. 
Jami operatsiyalar tarkibida 4-6 foizni tashkil etadi. Oxirgi yillarda ushbu 
ko’rsatkich biroz pasaygan. 2015 yilning 1-choragida esa 1,5 foizni tashkil 
etmoqda. 
Joriy yilning birinchi choragida 7 ta REPO shartnomasi tuzilgan bo’lib, 
uning summasi 0,6 mlrd so’mni tashkil etadi (2015 yil mart oyida 4 ta 
shartnoma, summasi 0,1 mlrd so’m). 
Hozirda fond bozorining jami aylanmasida REPO operatsiyalarining 
umumiy miqdori 85 mlrd so’mni tashkil etadi.


56
7-rasm. REPO bitimlari bo’yicha oxirgi 52 haftadagi birja 
aylanmasining sohalar strukturasi, foizda
17
 
REPO bitimlari bo’yicha oxirgi natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, bunda 
ham banklar etakchi sohalardan biri sanaladi. Jamiga nisbatan banklarning 
ulushi 31,80 foizni tashkil etgani holda sug’urta kompaniyalaridan keyingi 
(41,30%) o’rinni egallab turibdi. 
Sanoat sohasining ulushi 12,30 foizni tashkil etgan bo’lsa, qurilish sohasi 
1 foizni tashkil etmoqda. 
Boshqa sohalarning jami ulushi 13,50 foizni tashkil etadi. Oxirgi 
paytlarda REPO bitimlari bo’yicha banklarning ulushi biroz pasaygan, lekin eng 
faol ishtirokchi sifatida bozorda o’z o’rniga ega. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin