O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

 III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI 
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI 
Xususan mamlakatimiz prezidentining 2010 yil 16 noyabrdagi “ 2011-
2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh va 
barqarorlashtirishni oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatgichlariga 
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ – 1438 sonli Qaroriga 
muvofiq moliya bank barqarorligini baholash tizimini barqarorlashtirish, tijorat 
banklar investitsion faolligini oshirish, mamlakatning kredit reytingi aniqlash 
uslubiyatlarini takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, 
banklarning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini oshirish borasida bir 
qator ishlarga erishildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, tijorat banklarning 
investitsion jarayonlarida faol qatnashishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda
va mamlakatning iqtisodiy salohiyotini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Ya’ni, 
“Barchamiz oddiy bir haqiqatni anglab olishimiz darkor - investitsiyalarsiz 
modernizatsiya ham, yangilanish ham bo’lmaydi. Bu o’rinda nafaqat korxonalar 
tomonidan investitsiya loyihalarini oshirish jadallashtirishni, balki bundan 
tijorat banklari qanchalik manfaatdor ekani va ular bu loyihalarni o’z kredit 
resuruslari bilan nechog’lik faol ishtirok etayotganligini ham ko’zda tutamiz. 
Buning uchun tijorat banklar yetarli kapitalga ega, moliyaviy barqaror bo’lishi 
lozim., bir so’z bilan aytganda ular yirik investitsiya institutlariga aylanishi 
darkor ”
19
. Tijorat banklarning yirik investitsiya institutlariga aylanishi o’z 
navbatida, iqtisodiy barqarorlikkaa erishish muhim o’rin tutadi. Tijorat banklari 
tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning 
daromadligi va likvidligini taminlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyoti tijorat banklar investitsion siyosati bank faoliyatining asosiy 
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidligini taminlashda asosiy 
rol o’ynaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog’ozlar: 
19
Krimov.I.A Asosi maqsadimiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. 
Toshkent “O’zbekiston” 2010-B. 57


60
oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, dipozit serfikatlari h.k mablag’larni 
qo’yish orqali amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozori zamonaviy bozor 
iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida, bo’sh moliyaviy resurslarni foydali 
joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan 
va jozibali investitsiya loyihalarga ega bo’lgan emitentlarning manfaatlarini 
uyg’unlashtirishga yordam beradi. 
Bank tizimi va qimmatli qog’ozlar bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi 
sohalaridan hisoblanib, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, 
qarorlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari ushbu sohalarni rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga 
oshirilgan asosiy chora tadbirlardan biri, bir qator qonunlar qabul qilinishi bilan 
qimmatli qog’ozlar bozorining davlat boshqaruvidagi vakolatli nazorat idorasi sifatida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Respublika Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk 
Qo’mitasi huzurida qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va 
nazorat qilish Markazining tashkil etilishi hisoblanadi. Markaz O’zbekiston 
Respublikasi Prezident Farmoni va Respublika Vazirlar Maxkamasining 
qaroriga asosan tasdiqlangan Nizomiga binoan Respublikada qimmatli qog’ozlar
bozorini shakllantirishi, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida 
davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirib kelmoqda. 
Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda 
quyidagilardan iboratdir: 

Vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari jamg’armalar va yig’malarni 
mujassamlashtirish; 

hisob-kitob to’lov mexanizmi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, xalq 
xo’jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to’lov 
muomalasini yo’lga qo’yish; 


61

Alohida xo’jalik birikmalari, yuridik va jismoniy shaxslarni 
kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik aylanmasiga kredit-moliya xizmati 
ko’rsatish; 

Veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o’tkazish; 

Moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash; 

Mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish

( trast operatsiyalari) . 
Tijorat banklari tobora o’zlariga xos bo’lmagan operatsiyalarini 
amalga oshira borib banklar uchun noan’anaviy hisoblangan moliya 
tadbirkorligini joriy etmoqda, jumladan, qimmatli qog’ozlar operatsiyasi, 
lizing va faktoring hamda kredit-moliya xizmatining boshqa turlari bilan 
shug’ullanmoqda, taqdim etiladigan xizmatlar doirasini tinmay kengaytirib, 
sifatini yaxshilamoqda, Yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun 
raqobatlashmoqda.
O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining 
faoliyat mexanizmlari va ularni tartibga solishni yanada takomillashtirish 
maqsadida quyidagi tahliliy natijalarga kelindi; 

qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining davlat va o’z-o’zini 
muvofiqlashtirish 
institutlari 
tomonidan 
tartibga 
solish 
tizimining 
takomillashtirish darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir; 

banklar qimmatli qog’ozlar bozorida passiv va aktiv operatsiyalarni 
sust olib bormoqdalar; 

banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya, emissiya va 
dividend siyosatlari talab darajasida emas; 

banklar qimmatli qog’ozlar bozorida professional ishtiroksi sifatida 
sust faoliyat yuritmoqda; 

banklarda korporativ boshqaruv va menejment masalalari passiv hal 
etilmoqda; 


62

banklarning kredit va qimmatli qog’ozlar bozoridagi siyosatlari 
balansi past samara bermoqda. 
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O’zbekistonda tijorat 
banklari faoliyatini qimmatli qog’ozlar bozorida faollashtirishda asosiy 
e’tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq. 

tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatining 
huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish; 

o’z-o’zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarning roli va vazifasini 
takomillashtirish ; 

tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash. 
Ushbu yo’nalishlarni amaliyotga chuqurroq tadbiq etilishi qimmatli 
qog’ozlar bozorida tijorat banklari investitsion faoliyatini yanada 
jadallashtirishga olib kelishi mumkin.
Hozirda 
banklarning 
investitsion 
faoliyatini 
samarali 
amalga 
oshirishda quyidagi muammolar mavjud: 

Banklarning ustav fondidagi davlatning ulushi kattaligi emissiya qilingan 
aksiyalarning 79% past aksiyalar taklifi, muomalada faqatgina emissiya qilingan 
aksiyalarning 13% mavjud.

Aksiyalarni kichik lotlar bilan joylashtirilmaydi, bu esa aksiyalarni 
yoyilishiga yo’l qo’ymaydi va ikkilamchi bozorda banklarning investitsiya 
faoliyatini rivojlanishiga halaqit beradi. 

Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning investitsion 
faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi. 

Emitentlar faoliyatini shaffof emasligi banklarning faol investitsion 
faoliyat yuritish o’rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi.

Listingni rivojlanmasligi va banklarni bozor kotirovkasida manfaat 
yo’qligi bildiradi. 

Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission 
siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik 


63
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi. 
O’zbekistonda banklarning investitsion faoliyatini rivojlanish istiqbollari 
quyidagicha: 

banklarning investitsion riskini sug’urtalash tizimini ishlab chiqish va 
qo’llash, investitsiya va risklarni sug’urtalash fondini tashkil etish;

Market – meyker institutini rivojlanishiga soliq imtiyozlarini yaratish 
qimmatli qog’ozlar likvidliligini va bozor kotirovkasini ta’minlaydi, bu esa fond 
bozorida banklarning investitsion faolligini oshiradi. 

Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini reyting baholashini 
ishlab chiqish va qo’llash. 

Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar va sug’urta kompaniyalarning 
investitsion faoliyatini faollashtirish. 

Milliy qimmatli qog’ozlar bozorini xalqaro fond birjalar bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlash, bu esa banklarning investitsion faoliyatiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
Respublika qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining investitsion 
faoliyatini rivojlantirish va istiqbollarini belgilashda davlat tomonidan bir qator 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera 
oladigan bank tizimini shakllantirish, banklarni moliya bozorlarida, jumladan 
qimmatli qog’ozlar bozoridagi rolini faollashtirish, ularning faoliyatini Jahon 
banklari amaliyotiga yaqinlashtirish va pirovard natijada, banklarning ichki va 
xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligini yuqori darajasiga erishish 
davlat tomonidan bank tizimininig isloh qilishning strategik maqsadi 
hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun, banklarni xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada 
aksiyadorlashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish 
yo’li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash lozim. 
O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat 
banklarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish yo’lidagi asosiy vazifalardan 
biri – bu bozorning axborot shaffofligi darajasini oshirishdan iboratdir, ya’ni 


64
tegishli axborotga qiziqishi paydo bo’lgan shaxslar uni olishda teng huquqqa ega 
bo’lishlaridir. Ushbu masalani yechishda qimmatli qog’ozlar bozoriga oid 
axborot shaffoflik tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Investorlar 
tomonidan qo’yilgan asosiy shartlardan biri bo’lib emitentlar va ularning 
qimmatli qog’ozlar haqidagi axborot sifat darajasining oshishidir. Har bir 
investor qimmatli qog’ozlarga mablag’ ajratishdan oldin emitent va qimmatli 
qog’ozlar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib riskga baho beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi qoshidagi qimmatli qog’ozlar 
bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi faoliyati aynan 
shunga qaratilgan. 
Tijorat banklari investitsiya faoliyatining indikatorlari quyidalar 
hisoblanadi
20


investitsion resuruslar real qiymati indeksi; 

bank investitsiyalar hajmi; 

banklar umumiy aktivlarining investitsion qo’yilmalarning ulushi; 

ob’yektlar bo’yicha bank investitsiyalar tarkibiy ko’rsatgichlari; 

banklar ivvestitsion faoliyatining samaradorlik ko’rsatgichlari, 
jumladan investitsiya hajmi hisobiga aktivlar va foydaning qo’shimcha 
ulushi; 

foydaning moliyaviy aktivlarga kapital qo’yilmalar bilan ishlab 
chiqarish 
tarmoqlariga 
investitsiyalashni 
taqqoslash 
daromadlik 
ko’rsatkichlar. 

investorlarning milliy qimmatli qog’ozlar bozoriga bo’lgan qiziqishi 
o’sishini ta’minlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni shakillantirish 
(rivojlantirish) lozim: 

investorlar emitent-zayom oluvchining taxminiy loyihasidan bo’lgan 
risk va investitsiya rejalarini to’liq yoritib beruvchi asosiy hujjat bo’lmish 
qimmatli qog’ozlar emissiyasining standartlashtirilishi; 
20
A.V. Belikova. Metodicheskiy jurnal «investitsionniy banking» №3(3)/2006


65

investorlarga emitent-zayom oluvchi tomonidan jamg’armalarni 
boshqarish samaradorligi va investitsiya daromadliligini istiqbollarining 
ishonchliligini nazorat qilish borasida emitentlarning joriy hisobotini 
standartlashtirish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-
1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh 
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga 
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra 2011 yilda 
respublika bank tizimi barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotning yuqori o’sish 
sur’atlarini rag’batlantirishga qaratilgan quyidagi qator muhim chora-tadbirlar: 
Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning 
investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida: 

iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik 
va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investitsion loyihalarini, 
jumladan hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni kreditlash 
hajmlarini yil mobaynida 30 foizga ko’paytirish; 

investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish 
mexanizmlarini yanada takomillashtirish; 

O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi qoshida tijorat banklari bilan 
hamkorlikda investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlari tayyorlashni 
moliyalashtirish jamg’armasini tashkil qilish; 

tijorat banklarining ustav kapitaliga yo’naltirilgan maqsadli mablag’lar 
hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo’yicha 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish; 
"Inqirozga qarshi choralar dasturi"da 2012 yil uchun belgilangan chora-
tadbirlarni to’liq amalga oshirish, xususan: 

to’lanmay qolgan qarzlari tufayli banklarning balansiga o’tkazilgan 
bankrot korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini 
tiklash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va zamonaviy 


66
boshqaruv usullarini tadbiq etish hamda ularni yangi investorlarga sotish bilan 
bog’liq ishlarni davom ettirish;

barqaror eksport salohiyatiga ega korxonalarni imtiyozli kreditlar 
ajratish yo’li bilan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga doir ishlar amalga oshiriladi. 
Respublikamizda 
investitsiyalar 
hajmining 
o’sishi 
va 
ularni
moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o’zgarishlar sifat jihatdan istiqbolini 
belgilash hamda rivojlanishini belgilab beradi. Banklar tomonidan bankrot 
korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va qayta tiklash, ularni texnik va 
texnologik jihatdan monidernizatsiyalash hamda qayta jihozlashni taminlash, 
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil 
etish ishlar etish bo’yicha 2013 yilning 1-sentabr holatiga ko’ra tijorat banklar 
tomonidan korxonada modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlash uchun banklar tomonidan 442,6 mlr.so’m miqdorida investitsiyalar 
kiritildi. Iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish mexanizmi yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, boshqaruvning zamonaviy 
usullarini joriy etish, yangi ish o’rinlarini yaratish bozorida, bankrotlik tufayli 
xizmatchilarga o’z vaqtida berilmagan oylik ish haqlarini, ta’til pullarini 
qoplashdek muhim iqtisodiy vazifani ham bajaradi. 
Yuqoridagi ko’rsatgichlarga asosan xulosa qilish mumkinki, tijorat 
banklarning sanoat korxonalarning moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlash 
jarayonida faol ishtirok etayotganligi, iqtisodiy nochor korxonalar banklar 
balansiga olgan holda ular faoliyatini tiklayotganligi nafaqat investitsion 
faollikning oshishiga, balki yuqori sifatli va raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqarish hamda yangi ish o’rinlari yaratilishi muhim o’rin tutmoqda.


67
Xulosa 
Tijorat banklarida investitsiya jarayoni asosan quyidagi 3 yo’nalishda 
amalga oshiriladi: Investitsiya maqsadida mablag’lar mobilizatsiyasini amalga 
oshirish (jamlash); Investitsion hususiyatga ega bo’lgan kreditlar taqdim etish
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish (ham bank hisobidan, ham 
mijoz topshirig’iga ko’ra); 
Banklar tomonidan loyihaviy moliyalashtirish bu investitsiya loyihalarini
kreditlashtirishning bir turi bo’lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan 
bog’liq risklarni qisman yoki to’liq o’z zimmasiga oladi. Agar banklarning 
oddiy kredit operatsiyalarida eng avvalo qarzdorning kreditga qobiliyatliligini 
o’rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, shuningdek garov sifatida 
foydalanadigan mol mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy 
moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda tijorat banklaridan iqtisodiyot 
tarmoqlari va biznes sohalari bo’yicha keng investitsiya imkoniyatlari 
tadqiqotlarini o’tkazish, ularning natijasiga asosan tarmoqlar va biznes sohalari 
bo’yicha investitsiyalarni yo’naltirish talab etilmoqda. Hukumatimiz tomonidan 
yaratilib berilayotgan imtiyozlar banklarning investitsion faoliyatini yanada 
rivojlantirishga imkon yaratmoqda. Sababi, banklarning likvid qimmatli 
qog’ozlarga qilgan investitsiyalari bank ichki boshqaruvida bir qator muhim 
funktsiyalarni bajarishga va uning faoliyatini yaxshilashga katta rol 
o’ynamoqda. Bu qimmatli qog’ozlar, kreditlardan farqli ravishda, qo’shimcha 
daromad manbaini tashkil qilmoqda. Bu esa bank va aktsionerlar uchun juda 
muhimdir. Shuningdek bu operatsiya yuqorida aytib o’tilganidek, bank 
likvidligini ushlab turishini ta’minlaydi va o’z vaqtida bankning moliyaviy 
mablag’larga bo’lgan talabini qondiradi. Bu operatsiyaning yana bir hususiyati 
shundaki, soliqdan ozod qilingan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash orqali 
bankning soliq majburiyatlarini kamaytirishga hizmat qiladi.


68
Tijorat banki qimmatli qog’ozlarni sotib olishda, albatta, ayrim faktorlarni 
inobatga olishi zarur. Bu omillarga kutilayotgan daromad me’yori, bankning 
soliq majburiyatlari, foiz riski, kredit riski, likvidlilik riski, inflyatsiya riski va 
boshqalar mansubdir.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini 
takomillashtirishdagi muammolardan biri - portfelni boshqarishdan ko’zlangan 
maqsadni aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo portfelni shakllantirish statistik 
ma’lumotlardan, portfelni boshqarishdan dinamik masalalarga o’tish jarayonida 
ba`zi modellarini modifikatsiyalash zarurligi bilan bog’liq. 
Bank amaliyoti ko’rsatishicha, shartnomaning amal qilish muddati 
bo’yicha mijoz o’z investitsiya manfaatlarini o’zgartira olmaydi. Ushbu vazifani 
amalga oshirish investitsiya portfeli prognozini aniqlash imkonini beradi. 
Maqsadlarga ko’ra, banklarning investitsiya faoliyati aktivlar o’rtasida 
portfel investitsiyalarini samarali taqsimlanishidan iboratdir. Ushbu portfel 
shakllanishida xavfsizlik, daromadlilik kabi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. 
Investitsiya nazorati portfelining ikki turini, ya’ni daromad va o’sish 
portfelini alohida ajratish lozim. Ushbu portfellar asosida daromad shakllanadi. 
Har bir portfel kam risklilik, yuqori likvidlilik va daromadlilik tamoyillariga 
asosan shakllanadi. 
Investitsiya portfeli jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo’lgan 
qimmatli qog’ozlar majmui hisoblanadi. Ushbu portfelni boshqarishdan maqsad 
portfelning investitsiya xususiyatini saqlab qolishdir. Portfelli investitsiyani 
boshqarishda investor o’zi uchun shart - sharoit yaratishi, banklar esa, qimmatli 
qog’ozlarni optimal tuzulmasini aniqlashi zarur. 
Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, banklarning 
investitsion faoliyatining samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni 
keltirish mumkin: 
1. Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada 
rag’batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va 


69
texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli investitsiya 
loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini 
mustahkamlash;
2. Tijorat banklarida investitsion portfelni diversifikatsiyasini yanada 
takomillashtirish lozim. 
3. Banklarimiz uzoq muddatli resurlarini ko’paytirish vositasida uzoq 
muddatli samarador loyihalarga investitsiyalarni yo’naltirish lozim. Uzoq 
muddatli resurslarni ko’paytirish uchun avvalambor, banklarni kapitallashuv 
darajasini oshirish, keyin banklar tomonidan uzoq muddatli depozit 
sertifikatlarini chiqarish, aholi va yuridik shaxslarning muddatsiz depozitlari 
o’rniga uzoq muddatli depozitlarini ko’proq jalb qilish lozim. Bunga har xil 
imtiyozlarni joriy qilish, jozibador omonat turlarini tashkil qilish orqali erishish 
mumkin. 
4. 
Xorijiy 
banklarda 
investitsion 
risklarni 
boshqarishda 
keng 
qo’llaniladigan usullardan foydalanishni mahalliy banklar amaliyotida joriy 
etish maqsadga muvofiq. 
6. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni kengaytirish 
lozim, xususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida. Jami aktivlarda 
qimmatli qog’ozlarning ulushi 1 foizga ham etmaydi. Vaholanki, rivojlangan 
mamlakatlarda uning ulushi kreditlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi va ulushi 
20-30 foizni tashkil etadi. 


70

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin