O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-jadval  Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

2-jadval 
Iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning taqsimlanishi, umumiy 
hajmga nisbatan foizda
11
 
Ko’rsatkichlar 
2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
JAMI 
100 
100 
100 
100 
100 
shu jumladan: 
sanoat 
29,8 
32,6 
30,4 
34,5 
34,4 
qishloq xo’jaligi 
5,7 
4,4 
3,5 
4,1 
4,3 
Qurilish 
0,5 
0,9 
1,4 
2,3 
2,6 
transport va aloqa 
16,7 
24,1 
29,7 
18,2 
17,4 
savdo 
va 
umumiy 
ovqatlanish 
4,3 
1,6 
4,8 

4,8 
Geologiya 
0,1 

2,4 
1,9 
1,5 
uy-joy qurilishi 
13 
11 
15,1 
20 
20,9 
kommunal xo’jaligi 
4,7 
3,1 
1,9 

2,3 
sog’liqni saqlash 
2,4 
2,4 
2,2 
3,7 
2,8 
ta’lim 
14 
11,2 
2,7 
2,8 
2,7 
madaniyat va san’at 
1,1 
0,6 
0,9 
0,7 
0,6 
Boshqalar 
7,7 
4,2 
4,9 
5,8 
5,8 
Iqtisodiyot 
tarmoqlarida 
investitsiyalarning 
taqsimlanishiga 
nazar 
tashlaydigan bo’lsak, investitsiyalarning asosiy qismi sanoat sohasiga 
yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lamiz. 2010 yilda iqtisodiyotga kiritilgan 
jami investitsiyalarning 29,8 % i sanoat sohasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2011 
yilda bu ko’rsatkich 32,6 ga etgan. 2014 yil yakunlari bo’yicha jami 
investitsiyalar tarkibida sanoatga yo’naltirilgan investitsiyalar 34,4 foizni atshkil 
11
Банк ахборотномаси газетаси. 2015 йил 2 апрель. № 14 сони


41
qilishini kuzatish mumkin. Salmog’i jihatidan keyingi o’rinda transport va aloqa 
tarmog’i turadi. 2010 yilda tarnsport va aloqaga jami investitsiyalarning 16,7 %i 
, 2011 yilda 24,1 %i, 2012 yilda 29,7 5%i, 2013 yilda 18,2 %i, 2014 yilda esa 
17,4 %i to’g’ri kelgan. E’toborli tomoni so’nggi yillarda mamlakatimizda uy – 
joy qurilishi sohasiga investitsiyalar hajmi keskin oshgan. Xususan 2010 yilda 
bu sohaga 13% investitsiyalar yo’naltirilgan bo’lsa, 2014 yil yakunlariga ko’ra 
ushbu tarmoqning ulushi 20,9% ga etgan. Buni mamlakatimizda aholining 
farovonligini oshirish, turmush darajasini yaxshilashga, ularni uy – joy bilan 
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy islohotlar bilan izohlash mumkin. 
Mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarda davlat kafolatining 
kamayib borishini xorijiy investorlarda Respublikamizda olib borilayotgan 
iqtisodiy siyosatga bo’lgan ishonch ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. 
Bu xorijiy investorlarni bizning iqtisodiyotimizga qiziqishini ortirmoqda. 
Chunki, ular uchun berilayotgan soliq imtiyozlari foyda olish imkoniyatini 
oshirmoqda va mavjud soliq mehanizmi ularni faoliyatini tartibga solmoqda. 
Qisqacha qilib aytganda, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida xorijiy investitsiyalarni soliq mehanizmi orqali tartibga solishni 
to’g’ri yo’lga qo’yilganligi sababli, yurtimizda xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish yildan yilga ortib bormoqda. Buni tahlilar ham ko’rsatib turibdi. 
Tijorat banklarining investitsion faoliyati kengayib bormoqda. Bu borada 
Prezidentimizning 
Tijorat 
banklarining 
investitsiya 
loyihalarini 
moliyalashtirishga 
yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini 
ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 
2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-son qarori alohida o’rin tutadi. Tijorat 
banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada rag’batlantirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash 
hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida 
tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda 
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo’yicha 


42
departamentlar (boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, 
moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug’ullanuvchi 
banklarning tarkibiy bo’linmalari sezilarli ravishda o’zgartirildi hamda ularning 
funktsiyalari kengaytirildi; 
Barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik 
qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o’rinbosarlari lavozimi joriy etildi
ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 oktyabrdagi R-3075-
sonli farmoyishiga muvofiq o’tkazilgan attestatsiya natijalari bo’yicha 
qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy 
moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko’nikmalarga ega 
bo’lgan rahbarlar tayinlandi; 
Banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy 
sog’lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash 
bo’yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit 
portfeli tarkibida bir yildan ko’proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 
foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda. 
“Tijorat 
banklarining 
investitsiya 
loyihalarini 
moliyalashtirishga 
yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish 
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2009 yil 28 iyuldagi PQ-
1166-son Prezident qarorining 2 qismiga muvofiq quyidagilar investitsiya 
faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb 
hisoblanishi belgilab berildi
12

Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha bankning kredit hamda 
investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash 
12
"Тижорат банкларининг инвестиция лойиҳаларини молиялаштиришга йўналтириладиган 
узоқ муддатли кредитлари улушини кўпайтиришни рағбатлантириш борасидаги қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида” 2009 йил 28 июль ПҚ-1166-сон 


43
mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq 
muddatli resurs bazasini mustahkamlash; 
Loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o’zini qoplashi va 
rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab 
olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash; 
Investitsiya loyihalarini moliyalashga o’z moliya mablag’larini sarflash va 
ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy 
monitoring qilish, qo’yilgan mablag’larning o’z vaqtida va to’liq qaytarilishini 
ta’minlash; 
Tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini 
puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o’z vaqtida hamda 
to’liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng 
foydalanish; investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo’linmalarini 
professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, 
investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish 
masalalari bo’yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini 
oshirish sifatini tubdan yaxshilash. 
Mazkur Qarorga muvofiq 2015 yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari 
kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga 
qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha foyda solig’i to’laydilar. 
Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar - yirik investitsiya loyihalari 
tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya 
loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash 
uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan 
o’tkazish bo’yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq 
qilish tavsiya etilishi belgilab berildi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining Markaziy 
bankdagi yuridik shaxslarning jalb etiladigan depozitlari bo’yicha majburiy 
zaxiralari normalarining tabaqalashtirilgan stavkalarini quyidagi jalb etish 
muddatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq etildi, ya’ni muddati 1 


44
yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan normalarning 
80% miqdorida, muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo’yicha – umumjoriy etilgan 
normalarning 70% miqdorida majburiy zahira stavkalari amal qiladigan bo’ldi. 
Mazkur qaror va boshqa ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida mamlakatimiz 
tijorat banklarining investitsion faolligi yanada kuchaydi. 
Respublika bank tizimida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 
yil 28 noyabrdagi «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, 
ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-
tadbirlari Dasturi to’g’risida»gi PF-4058-sonli Farmoni boshqa farmonva 
qarorlariga muvofiq, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 
hajmlarini yanada oshirish, shu jumladan, yangi ishlab chiqarish korxonalarini 
barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan 
yangilash 
bo’yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirish 
jarayonlarida banklarning ishtirokini yanada kengaytirishga alohida e’tibor 
berilmoqda.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin