O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

 
1.2. Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish 
mezonlari 
Investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligi 
ko’rsatkichlariga baho berishda asosiy o’rin egallaydi. Moliyaviy tahlil 
investitsion loyihani amalga oshirishdan keladigan samara, uning har bir 
ishtirokchisi maqsadlaridan kelib chiqqan holda, loyihani amalga oshirishda 
erishilishi lozim bo’lgan natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. 
Bozor islohotlarigacha bo’lgan davrda, ya’ni markazlashtirilgan rejalashtirish 
tizimi amal qilgan paytda kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda 
tarmoq me’yor koeffitsienti yordamida taqqoslama iqtisodiy samaradorlikni 
hisoblash yo’li bilan absolyut va nisbiy ko’rinishlardagi ularning qoplanishini 
hisoblash usullari yotardi. 
Investitsiyalash variantlarini tanlashda ham ushbu uslublarning o’ziga xos 
o’rni bor edi, lekin ular qattiq dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangandi. 
Shuning uchun ushbu uslublarda zarur bo’lgan ko’rsatmalar yo’q edi, ya’ni 
bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan investitsion loyihalarni amalga 
oshirishdagi noaniqliklar va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal 
qiymatlarini baholash va shu kabilardir. Shuningdek kapital quyilmalarining 
samaradorligini aniqlashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing 
jihatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas 
edi, pul oqimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshqalarga bo’lgan 
e’tibor uning uchun xos emasdi. 
Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma’muriy boshqarish davriga mos 
keladi, chunki unda davlat mulki hukmron hisoblanar va bu borada undan 
boshqa manfaatdorlar yo’q edi. Bundan tashqari, har bir loyiha davlat tomonidan 
belgilangan dasturlar orqali moliyalashtirilar, loyihalarning samaradorligi, 
kreditning qaytarilishi kabi omillar unchalik ahamiyat kasb etmasdi. Shuningdek 
xususiy tadbirkorlikning mavjud bo’lmaganligi, insonlarni mustaqil bir ish 
qilishlariga va faoliyat olib borishlariga yo’l bermas edi. 


22
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsion loyiha, 
eng avvalo, ma’lum bir maqsadni ko’zlagan holda ko’pchilikning manfaatlarini 
e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Hozirgi iqtisodiy vaziyat, 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsion loyihalarni 
amalga oshirishda bir necha manfaatlarning o’zaro to’qnash kelishi jahon 
iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish barcha sohalardagi kabi 
investitsion loyihalar tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga erishishni taqozo etdi 
va uni muhim vazifa sifatida qo’ydi. 
Ushbu vazifani echishda mualliflar V.V.Berens va P.M.Xavraneklarning 
investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda «YuNIDO» uslubiyoti 
keng tadqiq etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli 
o’rin tutadi. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul 
qilish, shuningdek investitsiya oldi tadqiqotlari uchun mo’ljallangan kapital 
quyilmalari samaradorligini baholashning jahon tajribasida batafsil yoritib 
berilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jihatlariga, shuningdek texnik-
iqtisodiy asoslashdagi savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash, qurilish 
maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsion 
loyihalarni investorlarning o’z mablag’lari evaziga, shuningdek tashqi manbalar 
evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsion loyihalarning iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash jarayonlariga tegishlidir. 
Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bo’lganda, loyihani 
tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq holda o’tkazilishi 
kerak. 
Agar moliyaviy tahlilda mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab 
chiqishning boshlang’ich bosqichlarida ushbu jarayonga qo’yilgan bo’lsagina, 
tegishli mutaxassis orqali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan 
boshlab kuzatib borish mumkin bo’ladi. 
Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan kelgusida 
investitsiyalarning umumiy boshlang’ich qiymatini oshiruvchi sof foydani hosil 


23
qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzoq 
muddatga qo’yilishi sifatida aniqlashi mumkin. 
Ushbu quyilmaning asosiy jihati – bu moliviy resurslarni investitsiyalar 
tomonidan ishlab chiqarish aktivlariga qo’yilgan asosiy va sof aylanma 
kapitalga aylantirishdan iboratdir. 
Kelgusida sof foydaga qiziqish loyihaga mablag’ soluvchi har bir 
ishtirokchi tomon uchun umumiy bo’lsada, kutilayotgan foyda yoki daromad har 
xil baholanishi va farq qilishi mumkin. 
YuNIDO uslubi bo’yicha moliyaviy tahlilning muhim jihatlari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari; 

qo’yilmalarni baholash va loyiha qaytimi; 

loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish; 

risk, noaniqliklar va boshqalar. 
Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi «investitsiyalash» so’zining 
mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqlanadi.
Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni kelgusida foyda olish yoki 
uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddatga iqtisodiy 
resurslarni qo’yishdir. 
Ushbu qo’yilmaning asosiy jihati investorning o’z mablag’larini 
investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu 
resurslarni ishlatish bilan yangi likvidlikni hosil qilishga o’zlashtirishda 
namoyon bo’ladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olish bilan «investitsiyalash» tushunchasi o’ziga 
xos aniqlik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani so’nggi baholash esa loyiha 
bo’yicha talab qilinadigan qo’yilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek 
kelgusi sof foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) ko’zda tutadi. 
Ushbu maqsad uchun qo’llaniladigan usullar quyidagilardir: 
- loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari haqqoniyligining tahlili; 


24
- investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy 
o’zgarishlarni aniqlash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va daromadlarning 
tarkibi va ahamiyatligini tahlil etish; 
- investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi 
orqali aks ettirilgan har yillik hosil qilingan va jamg’arilgan sof moliyaviy 
foydani aniqlik va baholash; 
- vaqt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqlik sharoitida (aniq 
loyiha bilan bog’liq bo’lgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini 
hisobga olish. 
Shunday qilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki, 
u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan 
bog’liq omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy oqibatlarni tahlil 
qiladi va aniqlaydi. 
Moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagichadir: 
Birinchidan, sanoat investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili – bu 
salohiyatli investorlar va loyiha yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy 
oqibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi texnik xarajatlarni yoki loyiha 
takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida 
amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas. 
Moliyaviy 
tahlil 
texnologiya 
va 
ishlab 
chiqarish 
quvvati, 
loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi, 
marketing 
strategiyalarning 
mohiyati 
jihatidan 
aniqlanuvchi 
loyiha 
strategiyalarini ishlab chiqish va turli xil muqobillarini ko’zda tutishi lozim. 
Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni o’tkazish jarayonida qaror qabul qiluvchi 
shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni qo’llashni ham 
hisobga olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqlashga majbur qiladi 
va u investorlar talab qiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq 
keluvchi 
usullarni 
tanlaydi. 
Masalan, 
investorlar 
past 
rentabellikda 
tezlashtirilgan amortizatsiyani afzal ko’rishi mumkin yoki, hatto, kichik 
daromadlar sharoitida bosh raqobatchiga nisbatan bozordagi o’z ulushini 


25
kengaytirishni xohlashi mumkin, bunda uning strategiyasi mavjud firmaning 
yuqori rentabelliligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. 
Bu erda nafaqat ishtirok etuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham 
qiziqishini hisobga olish kerak. Jamiyatning qiziqishi shundaki, bunda ular 
investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va 
mamlakatning rivojlanishiga intiladilar. 
Qiziqishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiskal tadbirlar 
qo’llaniladi. Bu tadbirlar ham rag’batlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, 
loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqlanishi 
lozim. 
Investitsion loyihalar tahlilida loyihalarni amalga oshirish ehtimoli jihatidan 
ularni bir xillashtirish, tekshirish, batafsil ko’rib chiqish, ma’qullash va 
kompleks ekspertizadan o’tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. Kompleks 
ekspertiza investitsion loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga, 
loyihani cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida va makonda 
ta’minlash, shuningdek tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi. 
Investitsion loyihalar ekspertizasi bosqichida uni tatbiq etilishining asoslari 
yaratiladi. Ekspertizaning vazifasi – jami ijobiy va salbiy oqibatlarni hisobga 
olgan holda loyihaga baho berishdan hamda tanlovdan iborat bo’ladi. Ekspertiza 
investitsion loyihaning bir necha muhim jihatlarini tahlil qilishni qamrab oladi. 
Investitsion loyiha ekspertizasining texnik tomoni g’oyat muhim, chunki 
loyiha muvozanatlangan muhandislik va texnik tamoyillarga asoslanishi kerak. 
Ekspertizaning bu bosqichida investitsion loyihaning tatbiq etish jarayonlari, 
loyiha uchun etkazib beriladigan materiallar, uskunalar va texnika tizimlarining 
ishonchliligi, loyihani joylashtirish o’rnining asoslanganligi, loyiha uchun zarur 
bo’lgan resurslarning mavjudligi va sifati, shu jumladan, ishchi kuchi va rahbar 
kaddrlar malakasi, loyiha uchun foydalaniladigan infratuzilmaning mavjudligi, 
shartnomalar tuzish tartiblari, ishlab chiqarish quvvatlari, xizmatlarni sotib olish 
usullari, loyihani amalga oshirish jadvali muddatlari, natijalari tahlil qilinadi. 


26
Texnik ekspertizani o’tkazishda investitsion loyihalarda foydalaniladigan 
texnologiyaga alohida e’tibor qaratish kerak, bu esa o’z navbatida zamonaviy 
texnologiyalar haqidagi axborotlarni yig’ish usullarini izlab topishni talab etadi. 
Texnik ekspertiza investitsion loyihani joriy etishning ish rejasini tekshiradi 
va xarajatlarni tartibga solish tizimini beliglaydi.
Yirik investitsion loyihalar ekspertizasi risklarni mukammal tahlil qilishni 
ham o’z ichiga olishi zarur. Loyihada risklar darajasini kamaytirishga xizmat 
qiladigan turli xil o’zgarishlar kiritish mumkinligi ko’rib chiqiladi va sug’urta 
qilish yo’li bilan ularni kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Loyiha 
ekspertizasining tijorat jihati zarur resurslar va xizmatlar ni sotib olish va ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga qamrab 
oladi.
6
Tijorat ekspertizasi resurslarni olish mumkinligi, sifati va ularning 
kelajakdagi narxlarini baholash, mahsulotga talab, marketing bo’yicha tadbirlar 
va mahsulotnig taxminiy narxi, loyihaning tijorat jihatining hayotiyligini 
aniqlash uchun daromadlar va xarajatlar yo’nalishlari bo’yicha tahlil o’tkazishni 
talab etadi. 
Investitsion 
loyihaning 
tabiatiga 
qarab, 
uning 
samaradorligini 
ta’minlaydigan marketing tadbirlariga xaridorlar va sotuvchilar asosli qarorlar 
qabul qilish uchun talab, taklif, narx bo’yicha bozor holati to’g’risida axborot 
olish, sotib olishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarning mavjudligi, 
mahsulotni tashish, saqlash va sotish tadbirlarini kiritish mumkin. 
Investitsion loyiha ekspertizasining moliyaviy jihatlari loyihaning moliya 
rejasini tahlil qilishdan iborat bo’lib, unda investitsion loyihaning rentabelligi, 
moliyaviy risklarni baholash, zaruriy tashkiliy o’zgarishlar kabi omillar hisobga 
olinadi. Moliyaviy ekspertizada yillik moliyaviy natijalar, loyihaga mas’ul 
bo’lgan tashkilotning prognoz bahosi, ta’mirlash xarajatlari, amortizatsiya 
ajratmalari, kreditlar bo’yicha foizlarlarga aniqliklar kiritiladi. Shu bilan birga 
6
Брук Н. Банковское дело и финансирования инвестицией. Институт Экономического развития 
Всемирного банка, 1 том, 1,2 часть, 1995 г 


27
moliyaviy ekspertizada naqd pul harakati prognozlarini belgilash maqsadlari 
ham nazarda tutiladi. Naqd pul harakati esa kapital qo’yilmalar, aylanma kapital, 
moliyalashtirish manbalarini ko’rsatadi. 
Moliyaviy ekspertizaning asosiy vazifalari moliyaviy prognozlarning 
qanchalik asoslanganligi, xarajatlarni kamaytirish yoki ishlab chiqarish faoliyati 
ko’rsatkichlarini yaxshilash mumkinligi, zarur aylanma kapital miqdori, qarzlar 
bo’yicha to’lovlar qoplanishining ta’minlanganligi, boshqa majburiyatlarning 
bajarilishini aniqlashdan iborat. 
Iqtisodiy ekspertiza investitsion loyihani tatbiq etishda milliy resurslardan 
foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu resurslardan foydalanishda, raqobat 
muhitining mavjudligini hisobga olgan holda, foydalanishning to’g’ri yoki 
noto’g’riligiga javob beradi. Shu bilan birga investitsion loyiha rejasini 
yaxshilash, uning samaradorligini ko’tarish imkoniyatlarini aniqlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 
110-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab 
chiqish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi Nizom” 
talablari quyidagi investitsiya loyihalarida tadbiq etiladi: 
1) markazlashtirilgan manbalar resurslari (Davlat byudjeti va byudjetdan 
tashqari jamg’armalar mablag’lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning hukumat 
qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg’armalari mablag’lari, O’zbekiston 
Respublikasi kafolati ostida yoki uning nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, 
O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari) 
hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga; 
2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar 
va 
boshqa 
majburiy 
to’lovlar 
bo’yicha 
imtiyozlar 
berishnazarda 
tutilayotganinvestitsiya loyihalariga; 
3) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan 
investitsiya loyihalariga; 


28
4) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar 
tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan, 
qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga; 
5) moliyalashtirish manbalari va loyiha qiymatidan qat’iy nazar, engil 
sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishni 
nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga; 
6) moliyalashtirish 
manbalaridan 
qat’iy nazar, strategik foydali 
qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln. 
AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga. 
Kapital qo’yishda foyda investitsiya qarorlarining bosh mezoni bo’lsada, u 
sanoat investitsiyalarining birdan-bir yo’li hisoblanmaydi, chunki moliyaviy 
resurslarni turli xil qimmatli qog’ozlarga ham joylashtirish mumkin. 
Biroq sanoat loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlaridagi maqsadlar 
yo’lidagi investitsiyalash, nafaqat resurslarning uzoq muddatga qo’yilishi foyda 
olishga yo’naltirilganligi sifatida, balki likvidlilikning ishlab chiqarish 
aktivlarida o’zgartirilishi sifatida aniqlanadi. 
Sanoat investitsiyalari bo’yicha qabul kilinadigan har qanday qarorlar 
investitsion loyihalarning umumiy amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan 
quyidagi mezonlarga asoslanadi: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy muhitga taalluqli loyihalarning asosiy maqsadi bilan 
rivojlantirish maqsadlari o’rtasida hozirgi va keyingi davr mobaynida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshilik mavjudmi? 
2. Loyihaning maqsadiga erishish uchun taklif qilingan loyiha va 
marketing strategiyalari qanchalik muhimligi, nima uchun taklif qilingan 
strategiya tanlandi, muqobil strategiyalar ham e’tiborga olinganmi? 
3. Loyihaning tarkibi, ya’ni loyiha andozasi marketing kontseptsiyasi, 
shuningdek korxona tanlagan joylashish joyi qanchalik loyiha strategiyasiga va 
talab qilingan resurslarning mavjudligiga mos keladi? 
4. Loyiha iqtisodiy resurslarni ishlata oladimi, loyiha uchun talab 
qilinadigan asosiy resurslarni ishlatishning eng yaxshi variantlari bormi? 


29
5. Loyihalashtirilayotgan barcha investitsion ishlab chiqarish va marketing 
xarajatlari ishonchlilik darajasidami va muvofiq keladigan chegaraga egami? 
6. Loyiha hayotiyligining har qanday davrida to’lanadigan moliyaviy 
majburiyatlarni bajarish uchun milliy va xorijiy valyuta bilan etarlicha 
ta’minlanganmi - barcha investitsiya xarajatlari kapitalning mavjudligi bilan 
aniqlanuvchi moliyaviy chegaralarda yotadimi? 
7. Jamg’arilgan har yillik va diskontlashtirilgan foyda gorizont 
rejalashtirishga loyiha tarkibi va ma’lumotlarni baholashdagi xatolarga, 
inflyatsiyaga, narxlarning nisbiy o’zgarishiga, shuningdek ishga aloqador 
muhitning o’zgarishiga (raqobatchilar, iste’molchilar, bozor, mol etkzib 
beruvchilar va jamoat siyosatiga) qanchalik sezgir, real pul kirim-chiqimlari va 
tegishli sof foyda tarkibi investorlar va moliyachilarning ko’zlagan maqsadlari 
minimal talablariga mos keladimi? 
8. Risklar mavjud sharoitda ularni nazorat kilish yoki boshqarish uchun 
qanday strategiya amal qiladi? 
9. Risklarning moliyaviy natijalari qanday, ya’ni ular o’zi bilan birga 
investitsion, marketing, ishlab chiqarish va moliyaviy xarajatlarga qo’shimcha 
xarajatlar olib keladimi yoki yo’qmi, yo bo’lmasa, kutilayotgan ishlab chiqarish, 
sotish hajmini, sotish narxlarini pasaytiradimi? 
Investitsion faoliyat sub’ektlari investitsiyalash haqida qarorlar qabul 
qilayotganda loyihalarning riskliligini, manbalarning joriy qiymatini, muqobil 
imkoniyatlarga ko’ra loyihaning jozibadorligini e’tiborga olishi lozim. U bunday 
qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida 
keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan, 
asosiy e’tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola 
bilishga qaratilishi zarur. 
Investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish uchun o’rganilayotgan 
ma’lumotlar majmuasi quyidagilardan tashkil topgan bo’lish lozim: 

Loyiha maqsadlari, uning mo’ljali, iqtisodiy muhit; 


30

Marketing ma’lumotlari (sotish, raqobat muhiti, sotish dasturi va narx 
siyosati); 

Moddiy xarajatlar; 

Mehnat, ob-havo, ijtimoiy va boshka omillarni hisobga olgan holda 
korxonaning joylashuv joyi; 

Qurilish ishlari to’g’risida ma’lumot; 

Ishlab chiqarishni tashkil kilish va boshqarish; 

Kadrlar masalasi; 

Loyihani tashkil qilish jadvali; 

Loyihani amalga oshirish davri bo’yicha moliyalashtirish hajmi; 

loyihani samaradorligini baholash. 
Moliyaviy tahlil xarajatlar va daromadlar, aktivlar va passivlar bo’yicha 
tegishli tijorat ma’lumotlarni (shuningdek tegishli moliyaviy resurslar, xizmatlar 
va tovarlar oqimi haqidagi ma’lumotlarni) tizimli tasavvur etish va qayta 
ishlashga asoslanadi. Xo’jalik faoliyati tahlili tizimi har doim korxonaning 
moliyaviy holatini, ya’ni balans hisobotlaridagi aktiv va passivlari, xarajatlar, 
majburiyatlar (hisobot davridagi) va sof daromad bo’yicha hisobotda 
ko’rsatilgan daromadlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, bu hisob tizimi ishlab 
chiqarish va marketing xarajatlarini aniqlash uchun ham muhimdir, ya’ni sof 
daromad bo’yicha hisobot tuzishda, shuningdek samarali moliyaviy 
rejalashtirish, mahsulotga bo’lgan narx kalkulyatsiyasi va xarajatlarni nazorat 
kilish uchun zarur.
7
Loyiha bo’yicha iste’mol etiladigan resurslar va ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar fizik shaklga ega va bunda narxlar ularning qiymatlarini 
ko’rsatishda ishlatiladi. 
Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asoslashdagi maqsadlar uchun narxlar 
barcha gorizont rejalashtirishdagi ishlab chiqariladigan mahsulot va iste’mol 
etiladigan resurslarning real iqtisodiy qiymatini ko’rsatib berishi lozim. 
7
Жўраев А.С. ва бошқалар. Инвестиция лойиҳалари таҳлили. –Т.: Шарқ, 2003 й., -
256 б 


31
Narxlar (baholar) turli xil yo’llar bilan aniqlanishi mumkin, bu 
quyidagilarga bog’liq holda yuz beradi: 
- bozor (aniq) yoki xufyona (noaniq) baholar bilan; 
-absolyut yoki nisbiy baholar bilan.; 
- joriy va doimiy baholar bilan; 
Bu narsalar nimani anglatadi va ular moliyaviy tahlilda qanday ishlatiladi? 
Bozor baholari yoki aniq narxlar – talab va taklif yoki davlat tomonidan 
aniqlanilishidan qat’iy nazar bozorda yuzaga chiqqan narxlar, boshqacha so’z 
bilan aytganda, bu shunday narxlarki, bunda korxona ishlatiladigan rusurslarni 
sotib oladi va mahsulotni sotadi. 
Moliyaviy tahlilda bozor narxlari ishlatiladi. Lekin xarajat va daromadlarni 
iqtisodiy tahlil etish bosqichida bozor narxlari ishlab chiqarilgan mahsulot va 
ishlatiladigan rusurslarning real iqtisodiy qiymatini aks ettira oladimi? Agar 
shunday bo’lmasa, ya’ni bozor narxlari buzib ko’rsatilgan bo’lsa, bunday holda 
iqtisodiy tahlil etish uchun xufyona (noaniq) narxlar ishlatiladi. 
Absolyut narxlar – bir mahsulot qiymatini absolyut pul miqdorida qo’rsatib 
beradi, bu vaqtda nisbiy narxrlar uning qiymati orqali boshqa mahsulotning 
qiymatini ko’rsatib beradi. Absolyut narx darajasi ishlab chiqaruvchanlikning 
o’zgarishi yoki inflatsiya natijasida loyihaning amal qilish muddati davomida 
o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish nisbiy narxning o’zgarishiga olib kelmasligi 
ham mumkin Boshqacha so’z bilan aytganda, nisbiy narxlar ayrim hollarda 
absolyut narxlar qzgarganda ham o’zgarishsiz qolishi mumkin. Moliyaviy tahlil 
uchun esa absolyut narxlar ham, nisbiy narxlar ham juda muhim. Joriy va 
doimiy narxlar inflyatsiya natijasida vaqt mobaynida o’zgaradi, bu esa 
iqtisodiyotdagi narx darajasining umumiy o’sish deb ham tushuniladi. Agar 
inflyatsiya resurslari qiymatiga bir qancha ahamiyatli ta’sir etsa va narxlar 
mahsulotlarga ta’sir etsa va narxlar mahsulotga ta’sir ko’rsatsa, bunday ta’sirni 
texnik-iqtisodiy asoslashda ko’zda tutilgan moliyaviy tahlilda ko’rib chiqish 
lozim bo’ladi. Agar absolyut narxlar keltirilayotgan resurslarga va mahsulotga 
nisbatan barqarorligicha qolsa, bunda doimiy naxlarda investitsiyalardan 


32
keladigan daromad va foydani etarlicha aniq hisoblash mumkin bo’ladi. Agarda 
nisbiy narxlar o’zgarib tursa va mahsulot narxlariga nisbatan ishlab chiqarishga 
kiritilayotgan resurslar bahosi oshsa yoki aksincha bo’lsa, u holda ularning sof 
real pul oqimiga va foydaga tegishli ta’sirlari moliyaviy tahlilga kiritilishi 
mumkin. 
Inflyatsiya loyihani amalga oshirish fazasida, ayniqsa, yillik yirik 
miqdordagi inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida qo’shimcha aktsiyadorlik 
yoki qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish talab etilishi mumkin bo’lgan 
sabablarda, xatto nisbiy baholar o’zgarmas bo’lib qolganda ham moliyaviy 
rejalashtirishda hisobga olinishi lozim bo’ladi. 
Aylanma kapitalni loyihalashtirishda mahalliy va import materiallarga, 
kommunal xizmatlarga, mehnat resurslariga va h.k.larga nisbatan turli xil risk 
darajalarini qo’llash mumkin. Sotish bashorati, istiqboli, sotish hajmining 
etarlicha loyihalashtirilmaganligiga kelsak, bunga narxlarning o’zgarishini 
oldindan ko’ra olmaslik sabab bo’ladi. 
Qaror qabul qiluvchi shaxs uchun loyihani gorizont rejalashtirishni o’zining 
loyiha bilan bog’liq xo’jalik faoliyati sohasini boshqarish va nazorat qilish 
bo’yicha qarorlar qabul qilish yoki o’zining investitsiya yoki moliyaviy 
faoliyatini yo’lga qo’yishga nisbatan vaqt oralig’i sifatida aniqlash mumkin. 
Qaror qabul qiluvchi shaxs tomonidan aniqlanadigan gorizont rejalashtirish 
loyiha xayotiyligini hamhisobga olishi lozim. Iqtisodiy hayot, ya’ni loyiha sof 
foydani yaratadigan davr, asosan korxonaning asosiy texnik va texnologik xayot 
tsikliga, ushbu sanoat tarmog’i va mahsulotning xayot tsikliga, shuningdek 
korxonaning 
o’z faoliyatida ishga aloqador muhitning o’zgarishiga 
moslashuvchanligiga bog’liqdir. 
Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni 
baholashga to’g’ri keladi, bular quyidagilardir: 
- Talabning davomiyligi; 
- xom ashyoni saqlash va etkazib berishning davomiyligi; 
- texnik yuksalish darajalari; 


33
- bino va uskunalardan foydalanishningdavomiyligi; 
- muqobil investitsiyalash imkoniyatlari; 
- boshqaruvdagi chegaralanishlar;
8
Shu narsa ravshanki, loyihaning iqtisodiy hayoti xech qachon uning texnik 
va yuridik hayotidan ko’p bo’lmaydi, u bundan kam bo’lishi lozim yoki unga 
teng bo’lishi kerak. 
Loyihani rejalashtirishda faqat iqtisodiy hayoti ahamiyatli hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida gorizont rejalashtirish bilan 
loyiha hayotiyligi o’rtasidagi aloqadorlik, albatta, hisobga olinishi lozim. 
Xulosa tarzida shuni qayd etish joizki, investitsion qarorlar qabul qilishda 
investitsiya loyihalarini baholash, tahlil qilish, tanlash va amalga oshirishning 
ilmiy asoslangan uslubiyotidan foydalanish muhim sanaladi.Shuningdek 
investitsiyalar xususida qarorlar qilinishida ularning moliyaviy mablag’lar bilan 
ta’minlash jarayonlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda ularning 
qiymatini minimallashtirish va joylashtiriladigan kapitalning foydaliligini 
oshirishga qodir manbalardan foydalanish yo’llarini baholash kerak bo’ladi. 
Investitsion qarorlarning qabul qilishi investitsiya kapitalining tuzilishi, uning 
muayyan vaqt davomida taqsimlanishi hamda pulning joriy qiymatini 
hisoblashga imkon beruvchi diskontlash koeffitsientlarini qo’llashni talab etadi. 
8
Маматов Б., Носиров Э., Хўжамқулов Д., Шарифхўжаева К. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик 
лойиҳаларини молиялаштириш. Т.: “Иқтисод-молия”, 2007 й, 152 б


34

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin