Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti bo’lib - O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklarining uzoq va qisqa muddatli investitsion pul mablag’lari va qimmatli
qog’ozlar bilan bog’liq bank amaliyotlari va investitsion operatsiyalari
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti – respublikamiz tijorat banklarining
investitsion faoliyatida amalga oshirishda yuzaga keladigan moliyaviy –
iqtisodiy munosabatlar yig’indisi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy tuzilishi. Kirish va 3 ta bob xulosa va
takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Malakaviy ishning
birinchi bobida, tijorat banklarining investitsion faoliyati bilan bog’liq nazariy -
huquqiy asoslari yoritilgan.
7
I BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION FAOLIYATI VA
UNING AHAMIYATI
1.1 Banklarning investitsion faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari
Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o’ynaydi,
chunki investitsiyalar bo’sh moliyaviy resurslarga ega bo’lgan bozor sub’ektlari
uchun foyda olish maqsadida jamg’armani samarali joylashtirish, iqtisodiyot
tarmoqlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni kengaytirish, aholini
ishsiz qatlamlarini ushbu tarmoq korxonalarining ish bilan ta’minlash hamda
shu orqali aholi farovonligiga erishishga yordam beradi.
Investitsiya - bu xususiy, davlat korxonalari va tashkilotlari qimmatli
qog’ozlarlariga uzoq muddatli qo’yilgan mablag’lardir. Tijorat banklari krediti
investitsiyadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, bank krediti, bank mablag’larini nisbatan qisqa vaqt ichida
foydalanishga beradi va kredit summasini hamda u bo’yicha foiz stavkasini o’z
vaqtida qaytarishni talab qiladi. Investitsiyada esa qo’yilgan mablag’lar
(qo’yilmalar) hali o’z egasiga qaytarib kelishidan oldin uzoq davr mobaynida
bankka daromad olib kelishini bildiradi.
Ikkinchidan, bank kreditida kredit munosabatlarini yuzaga keltirish
bo’yicha tashabbus qarz oluvchi tomonidan o’rtaga tashlanadigan bo’lsa,
investitsiya esa qimmatli qog’ozlar bozorida aktivlarni sotib olishga intiluvchi
tijorat banki tashabbus ko’rsatadi.
Uchinchidan , bankning kredit shartnomasida bank kam miqdordagi
kreditorlar orasida asosiydir. Investitsion shartnomalar esa tijorat banki ko’plab
kreditorlardan biridir.
To’rtinchidan, bank kreditida bank va qarz oluvchi bevosita kredit
shartnoma orqali bog’langan bo’lib, ularning faoliyatiga hech kim aralashmaydi.
8
Investitsiya esa turli xil qimmatli qog’ozlar orqali korxona, tashkilotlarning
faoliyati bilan bankning faoliyati bog’lanib ketadi
3
.
Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy
maqsad ularning daromadliligi va likvidliligini (bankning faoliyati bo’yicha
majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyati) ta’minlashdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investitsiya siyosati
bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning
likvidliligini ta’minlaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil
qimmatbaho qog’ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat
qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga
mablag’larini qo’yish orqali amalga oshiradilar.
Alohida olingan davlatlarda banklar tizimining rivojlanishi va banklar
o’tkazadigan opearatsiyalarning turlari va ko’lamiga qarab ularning investitsion
faoliyati turli yo’nalishlarga qaratilgan bo’lishi va shu operatsiyalar turlari
bo’yicha olinadigan daromad solig’i ham turli xil bo’lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz
majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish odatda
kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlilikka ega va ular bo’yicha
to’lanmaslik riski nolga teng bo’lib, bozor stavkasining o’zgarish riski ham
kichik bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning
uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablag’larini
munitsipalitetlarning qimmatbaho qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular
bo’yicha to’lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.
O’z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo’lmagan
summani boshqa qimmatli qog’ozlar: bank aktseptlari, qimmatli qog’ozlar
bozoridagi tijorat qog’ozlari, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalari
sertifikatlariga qo’yishadi. Daromadlikni ta’minlash maqsadida, lekin
likvidligini xavf ostida qo’ygan holda banklar o’z mablag’larini ba’zi bir
3
Imomov Hamdulla”Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” T: 2011 yil 27 - b.
9
hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsilarning birinchi darajali
obligatsiyalariga investitsiya qiladilar.
Hozirgi sharoitda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati va
umuman mamlakat iqtisodiyoti investitsiyalarni amalga oshirish hajmi va
shakliga hal qiluvchi darajada bog’liq. Mamlakatda investitsiya faoliyati
qonunlar tizimi bilan birga shuningdek, mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. O’zbekiston Respublikasida investitsiya
munosabatlarini tartibga solish o’zagini 1998 yil 24 dekabrdagi 719-I – sonli
“Investitsiya faoliyati to’g’risida”, 1998 yil 30 apreldagi “Xorijiy investitsiyalar
to’g’risida”, 1998 yil 30 apreldagi “ Kafolatlar va xorijiy investorlar huquqlarini
himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonunlar tashkil etadi. Shuningdek
“Tijorat
banklarining
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishga
yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 2009 yil 28 iyulda qabul
qilinishi. “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilganidek:
“Investitsiyalar – iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga sarflanadigan moddiy
va nomoddiy ne’matlar va ularga egalik qilish huquqidir” (O’zbekiston
Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasi).
Investitsiyalar moliya bozorining kategoriyasidir, ya’ni, iqtisodiy
munosabatlar ishtirokchilari o’rtasida mablag’larni taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonidagina yashashi va amalga oshirilishi mumkin.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, tijorat banklarining investitsion
faoliyati deganimizda ularning ko’p qirrali faoliyati tushuniladi va bu faoliyat
moddiy va moliyaviy boyliklarni yaratadigan ob’ektlarga sarflanadigan
moliyaviy resurslar tushuniladi.
Investitsiyalash va iqtisodiy munosabatlar turli qatnashchilarining
jamg’armalari sabablari makromuhit va mikromuhit omillari bilan belgilanadi.
Makromuhit omillariga iqtisodiy (inflyatsiya, soliq darajalari, mamlakatda
amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati), siyosiy (mamlakatda siyosiy
10
barqarorlik, qonun bazasining mavjudligi, davlat boshqaruvining barqarorligi va
h.k.), ilmiy-texnikaviy (fan va texnika taraqqiyoti darajasi, sanoat qudrati,
mamlakatda amalga oshirilayotgan sanoat siyosati va h.k.) sabablar kiradi.
Mikromuhit omillari jumlasiga mamlakatda raqobat darajasi, investitsiyalash
vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar kiradi.
“...bugungi kunda bank tizimini isloh qilish borasida eng muhim
vazifalar banklarning o’z ustav kapitalini ko’paytirish, aholi, tadbirkorlik
su’ektlari va sarmoya kiritish mumkin bo’lgan investorlar, shu jumlajan, xorijiy
investitsiyalarning bo’sh pul mablag’larini jalb qilish uchun aksiyalar chiqarish
va ularni fond bozorlarida faol joylashtirish kabi kompleks choralarni amalga
oshirishdan iborat bo’lmog’i lozim...” deb ta’kidlab o’tganligi bejiz emas.
4
Aynan shu bozor iqtisodiyoti tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlarining
eng kuchlisiga aylanishi kerak. O’zbekiston milliy iqtisodiyotini o’ziga xosligini
aks ettiradigan bozor xo’jaligining samarali modeli yaratilishida faol qatnashib
tijorat banklari qimmatli qog’ozlar mahalliy bozorini shakllantirishga katta
e’tibor beradilar. O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida birinchi bo’lib tijorat
banklarining aksiyalari paydo bo’lgan.
Shu o’rinda aytish joizki, so’nggi yillarda banklarni e’tibori investitsiya
faoliyatining quyidagi nufuzli yo’nalishlariga qaratilgan: yirik aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarini boshqarish, investitsiya va xususiylashtirish fondlari
bilan ishlash. Bizning fikrimizcha investitsiyalarning funktsional tuzilmasi 1-
rasmga muvofiq barcha mablag’larni o’z ichiga olishi zarur. Bunda, ularni qayta
ishlab chiqarish tuzilmasini, texnologik, mulk shakllarini, tarmoqlarini
mintaqaviy va hududiy, moliyaviy, iqtisodiy, moliyalashtirish manbalari va
jamg’arma qo’yilmalari hududiy tuzilmasini o’z ichiga olishi zarur. Mana shu
holda investitsiyalarning funktsional tuzilmasi to’liq shallangan bo’ladi. Bu
tuzilmaning to’g’ri tashkil etilishi banklarning investitsiya portfelining to’g’ri
tashkil etish imkonini beradi.
4
Karimov.I.A.“Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik
jamiyati asoslarini qurish – farovon hayotimiz garovidir” - T.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. 43 b.
11
Bank samarali investitsiya faoliyatining asosiy maqsadi, eng samarali va
xatarsiz moliyaviy dastaklarni tanlab olish orqali investitsiya strategiyasining
amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib,
tanlab olingan strategiya hamda uning amaliy investitsiya faoliyatini amalga
oshirish
xususiyatlarini
hisobga
olib,
bank
investitsiya
portfelini
shakllantirishning aniq maqsadlari tizimi quriladi.
Dostları ilə paylaş: |