O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

 
 
1-rasm. Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi
5
.  
Bank investitsiya portfeli samarali boshqaruvining ma’nosi, investitsiya 
qo’yish sharoitini yaxshilashdan iboratdir. Buning uchun qimmatli qog’ozlar 
majmuiga alohida olingan qimmatli qog’oz nuqtai nazaridan erishib 
bo’lmaydigan va faqatgina ularni kombinatsiyasida mumkin bo’lgan investitsiya 
xususiyatlarini singdirish kerak. 
Banklarning investitsiya siyosatini asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
1) 
Tijorat bankining uzoq muddatli istiqbolda samarali faoliyatini 
ta’minlaydigan jamg’arma o’sishining yuqori sur’atlariga erishish; 
2) 
Bank daromadi o’sishining yuqori sur’atlarini ta’minlash.
5
i.f.n Jasurbek Atiniyazov. “Banklar investitsion faolligini oshirish” Bozor, pul va kredit jurnali. 10/2013(197 
son) 11-12 betlar
Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi 
Moliyalashtirish 
manbalari bo’yicha 
investitsiyalar 
tuzilmasi 
Investitsiyalar
ni qayta ishlab 
chiqarish 
tu-
zilmasi 
Investitsiyalar
ni 
texnogik 
tuzilmasi 
Investitsiyalar
ni 
mulk 
shakllari 
bo’yicha 
tuzilmasi 
Investitsiyalar
ni 
tarmoqlar 
tuzilma 
Investitsiyalarni 
mintaqaviy 
huquqiy tuzilmasi 
Investitsiya-
larni moliya-
viy tuzilmasi 
Asosiy jamg’arma 
investitsiyalarinin

iqtisodiy 
tuzilmasi 
Jamg’arma 
qo’yilmalarini 
hududiy 
tuzilmasi 


12
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish katta moliyaviy resurslarni, shu 
jumladan qarzga olinganlarini ham safarbar qilinishini talab qilgani sababli, 
tijorat banki investitsiya portfelini shakllantirish paytida unga doimiy to’lovga 
qobillikni ta’minlaydigan yuqori darajali joriy daromadli loyihalarni kiritish 
lozim. Bundan tashqari, joriy daromadlarning bir qismi investitsiya faoliyati 
optimal tuzilmasini saqlab turish maqsadida jamg’armalashtirilishi mumkin; 
3) Bank investitsiya risklarini minimallashtirilishini ta’minlash. Daromad 
o’sishining yuqori sur’atlarini ta’minlaydigan alohida olingan investitsiya 
dastaklari, yuqori darajali risklarga ega bo’lishi mumkin. 
Biroq investitsiya portfeli doirasida bu daraja investitsiya faoliyatining 
alohida yo’nalishlari miqyosida minimallashtirilishi lozim. Bank investitsiya 
portfeli bo’yicha risklarning umumiy darajasini minimallashtirish jarayonida 
asosiy e’tibor jamg’armani yo’qotish riskini minimallashtirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, investitsiya portfeli bo’yicha risk nazoratga olingan bo’lishi 
kerak; 
4) tijorat banklarining investitsiya faoliyati likvidligini yetarli darajasini 
ta’minlash. Investitsiya portfelini samarali boshqarilishiga erishish, jamg’armani 
nisbatan foydali investitsiya dastaklariga tez fursatda qayta investitsiyalash 
imkoniyatlarini ta’minlash uchun investitsiya portfelining ma’lum qismi yuqori 
likvidli xarakterga ega bo’lishi lozim. Investitsiya portfelining likvidlik darajasi 
davlatning investitsion iqlimi, investitsiya bozori kon’yunkturasining 
jo’shqinligi hamda banklar investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyati bilan 
belgilanadi. 
Investitsiyalarning asosiy massasi, ya’ni, ulushi tijorat banklari tomonidan 
ishlab chiqiladigan tegishli mezon ko’rsatkichlari asosiga kiritilishi mumkin. 
Investitsiya portfelini shakllantirish vaqtida qimmatli qog’ozlar bozorining har 
qaysi qatnashchisi:

uning uchun maqbul bo’lgan jamg’arma o’sishini minimal sur’atining 
me’yoriy ko’rsatkichlarini; 


13

joriy daromadlilikning minimal darajasini (yoki joriy daromadlilik 
me’yorini); 

investitsiya riskining maksimal darajasini; 

yuqori likvidli investitsiya dastaklarining jamg’arma sig’imiga ko’ra 
minimal ulushini belgilashi mumkin. 
Mazkur mezon bir qator ko’rsatkichlaridan nafaqat umumiy portfel 
borasida, balki portfel uchun investitsiyaning aniq moliyaviy dastaklarini tanlash 
vaqtida ham qo’llanishi mumkin.
Bundan tashqari, jahondagi ko’pchilik davlatlarning tartibga soluvchi 
organlari banklarga o’z investitsiya siyosatini yozma ravishdagi hujjatda 
ifodalashni tavsiya etib, unda quyidagi jihatlar ajratiladi: 
1) bank qabul qilishni mo’ljallagan qimmatli qog’ozni o’z vaqtida 
so’ndirmaslik riski; 
2) so’ndirilishiga qadar qimmatli qog’ozlar aylanishining rejadagi 
muddatlari, shuningdek, barcha sotib olingan qimmatli qog’ozlarning likvidlik 
darajasi; 
3) bank o’zining investitsiya portfeli yordamida erishmoqchi bo’lgan 
maqsadi; 
4) bank yordamida riskni pasaytirishni mo’ljallayotgan investitsiya 
portfelining diversifikatsiyasi. 
Mazkur strategiya tarkibiga kiradigan moliyaviy aktivlarning bir qismi 
bank uchun jamg’arma qiymatini o’stiradi, boshqasi esa – daromad keltiradi. 
Bunda bitta qismdan ko’rilgan zarar, ikkinchidan olingan daromad bilan 
qoplanishi mumkin. 
Shunday qilib, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi 
investitsiya faoliyatini iqtisodiy mohiyati va ahamiyati shundaki, turli sohalarda 
faoliyat yurituvchi mijozlarni tijorat banklarga jalb qilish yo’li bilan qimmatli 
qog’ozlar bozorini takomillashtirish, foyda olish maqsadida xo’jalik yurituvchi 
su’ektlarni bo’sh moliyaviy resurslarini investitsiyalarga samarali joylashtirish 
va investitsiya faoliyati natijasida tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarini mulkiy va 


14
intellektual boyliklarini daromad shakli va boshqa foyda samaradorligiga 
yo’naltirishdan iboratdir.
Rivojlangan qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarning investitsiya 
faoliyatini maqsadini belgilaydigan asosiy omillar daromad olish hamda 
aktivlarning ma’lum guruhini bundan ko’ra yuqori likvidliligini ta’minlash 
ehtiyoji bilan shartlangan.
Bankni investitsiya strategiyasi maqsadlarni uyg’unlashuvi asosida 
yaratiladi, ya’ni: 

qimmatli qog’ozlar emissiyasi asosida an’anaviy investitsiya faoliyati 
uchun qo’shimcha pul mablag’larini jalb qilish; 

mablag’larni 
qimmatli qog’ozlarga investitsiyalashdan bankka 
to’lanadigan foizlar va dividendlar hamda qimmatli qog’ozlarni kurs bo’yicha 
qiymati o’sishi hisobiga foyda olish; 

bank ta’sir ko’rsatish doirasini raqobatni kengaytirish hamda 
korxonalar va tashkilotlar jamg’armasida qatnashish hisobiga mijozlarni jalb 
qilish; 

bankni likvid mablag’lariga qo’yilmalar daromadliligini ta’minlagan 
holda likvidlilikni kerakli zaxirasini ushlab turish; 

qonunchilik bilan ruxsat etilgan qo’shimcha xizmatlarni amalga 
oshirishdan foyda olish. 
Qimmatli qog’ozlarni milliy bozori oborotlari o’sgani sari banklar uning 
eng faol institutsional qatnashchilariga aylanib, emissiya faoliyati hajmlarini, 
amalga oshiriladigan operatsiyalar nomenklaturasini hamda ko’rsatiladigan 
operatsiyalar assortimentini kengaytirib boradilar. Bank qimmatli qog’ozlar 
bozori va dastaklari bilan banklarni operatsiyalarining asosiy huquqiy bazasi 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Prezidentimizning farmonlarida 
belgilab berilgan, jumladan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», 
«Banklar va bank faoliyati to’g’risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarni huquqlarini himoyalash to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar 
bozorini amal qilish mexanizmi to’g’risida», shuningdek tijorat banklari 


15
faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
me’yoriy hujjatlaridan iborat. 
Tijorat banklarining yuqorida shakllantirilgan investitsiya faoliyatini 
amalga oshirish strategiyasi bank investitsiya faoliyatining maqsadlari, ustuvor 
yo’nalishlari va uslublari bilan farqlanuvchi quyidagi bosqichlarning ajratib 
ko’rsatilishini ko’zda tutadi: 

boshlang’ich bosqich – bu 1995 yildan boshlab 1999 yilgacha bo’lgan 
davr bo’lib, ayrim tijorat banklarining (masalan, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy 
banki, Asakabank) yagona yo’nalishga ega bo’lgan yirik investitsiya loyihalarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki mazkur davrga xosdir; 

barqaror rivojlanish bosqichi. Bu bosqich 2000 yildan boshlanib hozirgi 
kungacha davom etmoqda, mazkur davr chegaralarida investitsiya o’sishi davom 
etmoqda, tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaymoqda, ammo eng 
muhimi, bank investitsiyalarining mamlakat umumiy investitsiya faoliyatiga 
ta’siri kuchaymoqda; 

uchinchi bosqich , aftidan, 2005 yildan keyin boshlanib, bunda 
kompleks multiplikativ turdagi investitsiya loyihalari afzal ko’rilishi bilan 
ajralib turadi. Buning evaziga iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgartishlar amalga 
oshirilishi va mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini barqaror ravishda 
o’stirishga erishish mumkin bo’ladi. 
Tijorat bankining investitsiya siyosati investitsiya portfeli strukturasida 
o’z ifodasini topmoqda. Banklar investitsiya protfellarining bir qancha turlari 
mavjudligini ta’kidlab o’tish mumkin, ular strategik vazifalar va investitsiya 
rejalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. 
Tijorat bankining investitsiya faoliyatiga asos qilib olinadigan investitsiya 
maqsadlari, odatda, quyidagi tarzda shakllantiriladi: 

bank foydasini ko’paytirish, kelgusida yanada keng ko’lamli 
investitsion vazifalarni hal etish uchun mablag’larni bir joyga jamlash; 

yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda soliq imtiyozlarni olish. 
Strategik maqsadlarni o’z ichiga olgan bank investitsiya rejasi investitsiya 


16
dasturida – bank maqsadlariga erishishga qaratilgan tadbirlar muayyan tizimida 
o’z aksini topishi lozim. Eng avvalo tez o’suvchi investitsiya portfelini ta’kidlab 
o’tish mumkin. Investitsiya portfeli bu turi bozor iqtisodiyotining qaror topish 
va rivojlanish davriga xosdir. Mazkur davrda tijorat banklari cheklangan 
sarmoyaga ega bo’lgan holda, o’z kapitalining tez o’sishiga katta ahamiyat 
beradilar, shuning uchun ham ular o’zlarining investitsiyam faoliyatida ko’proq 
jadal o’sayotgan tarmoqlarining aksiyalarini xarid qilishni ko’zda tutadilar yoki 
o’z mablag’larini xarajatlari tez qoplanadigan tarmoqlar (savdo)ni 
rivojlantirishga sarflaydilar. Biroq, banklar mablag’larining bunday sarflanishi 
katta xatar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, bu kabi portfel sust 
diversifikatsiyalangan. 
Investitsion faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar. Rivojlangan mamlakatlarda 
tijorat banklarining investitsion faoliyati daromad keltirish nuqtai nazaridan 
bank daromadi tartibida kredit foizidan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. 
Tijorat banklari investitsion faoliyatining daromadlilik darajasiga bir qator 
iqtisodiy va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi.
Bu omillar orasida asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. 
Bular: 

davlatning barqaror rivojlanuvchi iqtisodiyoti; 

tovar ishlab chiqarish va xizmat sohasidagi turli mulkchilik 
shakllarining mavjudligi, shu jumladan bank faoliyatida xususiy va aksioner 
mulk shakllarining ustuvorligi; 

kredit-moliya tizimining bir me’yorda va aniq faoliyat yurituvchi 
strukturasininng mavjudligi; 

qimmatbaho qog’ozlar bozorining zamonaviy va rivojlangan 
muassasalarining mavjudligi; 

qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va qimmatli qog’ozlar 
bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qiluvchi qonuniy aktlar va 
tartiblarining mavjudligi; 


17

tijorat banklarining xalqaro investitsion faoliyatini yuritish amaliyotida 
bo’lgan yuqori sifatli qimmatli qog’ozlar muomalasining amal qilishi; 

investitsion faoliyat soxasi va qimmatli qog’ozlar bozori uchun 
mo’ljallangan yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarning mavjudligi, 
ularni tayyorlash va boshqarish. 
Masalan, AQSh iqtisodiyoti barqaror bo’lganligi uchun AQSh federal 
hukumatining qimmatli qog’ozlari risklardan holi hisoblanadi. 
Davlat hokimiyatining nafaqat zayomlar olishi, balki o’z majburiyatlarini 
to’lash qobiliyatiga ega bo’lishi davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil 
qilish va butun moliya-kredit mexanizmining faoliyat yuritishi uchun muhimdir. 
Bozor riskining mohiyati qimmatli qog’ozlar bozorda kutilmagan 
o’zgarishlar yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lib, bu o’zgarishlar natijasida ba’zi 
bir qimmatli qog’ozlarning investitsiya ob’ekti sifatida qadri tushushi mumkin 
va ularning sotuvini faqatgina katta 
chegirma
(skidka) bilan amalga oshirish 
mumkin bo’ladi. 
Tijorat bankining o’z likvidliligini xavf ostiga qo’yib daromad olish 
maqsadida salmoqli mablag’larini investitsion faoliyatiga qo’yishi bank ishida 
katta yoki kichik miqdorda investitsion riskning yuzaga kelishiga imkoniyat 
yaratadi. Bunday holda tijorat banklarining investitsion faoliyati qimmatbaho
qog’ozlar bilan aktiv operatsiyalar olib borish riski bilan bog’liqdir. Bu esa o’z 
navbatida bank rahbariyatidan bu sohada aniq taktika, strategiya va ish rejasini 
ishlab chiqishini, ya’ni, investitsiya siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. 
Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish. Shunday qilib, banklar 
tizimida investitsiya siyosati, tijorat banklari faoliyatining bir yo’nalishi bo’lib, 
u ma’lum risk darajasiga asoslangan bankning qimmatbaho qog’ozlar bilan aktiv 
operatsiyalarini o’z ichiga oladi va bank faoliyatining daromadliligi va 
likvidliligini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 
Jahon amaliyotida tijorat banklari investitsiya sohasida yuqori tajribaga 
ega. Shuning uchun ham jahon amaliyotida erishilgan yutuqlarga asoslangan 
holda investitsiya faoliyatining asosiy maqsadlari, vazifalari, mollari, 


18
strategiyasi va taktikasini hisobga olgan holda tijorat banklarining investitsiya 
siyosatini amalga oshirish bo’yicha "investitsiyaning oltin qoidasi" ishlab 
chiqilgan. Unga ko’ra "Qimmatli qog’ozlardan keladigan daromad har doim 
investor shu daromadni olish uchun to’qnash keladigan risk darajasiga 
proportsionaldir". 
Investitsiya faoliyatining tamoyillari va qimmatli qog’ozlarga 
mablag’larni qo’yishning asosiy omillari-daromadlilik, likvidlik va risk 
orasidagi bog’liqlikdan kelib chiqqan holda har bir tijorat banki yuqoridagi 
omillar ta’sirini anglagan yoki anglamagan holda yoki bu investitsiya siyosatini 
yaxshi yoki yomon amalga oshiradi. Bu o’z navbatida bankning investitsiya 
siyosatida bank tomonidan ma’lum darajadagi investitsiya riskiga yuborishini 
bildiradi va tijorat bankining investitsiya siyosatida tegishli choralar ishlab 
chiqish zarurligini anglatadi. 
Investitsiya bilan bog’lik risklarni kamaytirish usullaridan biri bu 
banklarning investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdir. Investitsiya 
portfelini diversifikatsiya qilish bankning investitsiya portfelida turli xil 
ko’pdan-ko’p qimmatli qog’ozlarning mavjudligiga erishishni bildiradi. 
Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini amalga oshirishda qimmatli 
qog’ozlarning har xil xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular: 

ularning to’lash muddati va sifati (ta’minlangani), emitentning 
salohiyati, qimmatli qog’ozlarning sifati bo’yicha diversifikatsiya qilinishi: 

qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishi bo’yicha difersifikatsiya 
qilinishi, 

qimmatli qog’ozlarning to`lanish muddati bo’yicha majburiyatlarning 
turi va h.k 
Yuqoridagi belgilar bo’yicha ta’minlanganligiga ko’ra diversifikatsiya 
qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi. 
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikatsiya 
qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qog’ozlarning turlari, 


19
muddlati bo’yicha diversifikatsiya qilish, qimmatli qog’ozlarning emitentlari 
bo’yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar. 
Qimmatli qog’oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi - riskni 
minimallashtirish (u emitentning o’z majburiyatlarini bajara olmay qolishlik 
ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aksiya sifatining 
ta’minlanganlik darajasi bo’yicha diversifikatsiya usuli ham mavjud bo’lib, 
nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o’rganib chiqishni talab qiladi: 
Bular emitent qanday faoliyat bilan shug’ullanishini, aksiya daromadi, dividend 
miqdori, kompaniya aksiyasining joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim 
boshqarayotganligi va boshqalar bo’lib, ko’rsatilgan savollarga javobni emissiya 
prospekti va birja axborotnomalaridan olish mumkin. 
Qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifikatsiya 
maqsadi - tegishli rayonlardagi iqtisodiy qiyinchiliklar ro’y berganda yuzaga 
keladigan risklarni kamaytirishdan iborat. 
Qimmatli qog’ozlarning to’lash muddati bo’yicha diversifikatsiyadan 
maqsadi foiz stavkalarining tebranishi bilan bog’liq risklarning oldini olishdan 
iboratdir. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari odatda 
qimmatli qog’ozlarning tugatilish muddati bo’yicha pog’onali strukturadan 
foydalanishadi. Bundan pog’onali struktura natijasida muddati tugagan qimmatli 
qog’ozlar bo’lmaydi va ularni uzoq muddatli yuqori daromadli qimmatli 
qog’ozlarga investitsiya qilish imkoni tug’iladi. 
Qimmatli qog’ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotida nazariyadan 
farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz natijalarining ishonchlilik
darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalarini tarkibini tahlil qiladilar. 
Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investitsiya siyosatini ishlab 
chiqarish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus investitsiya 
bo’limlarini tashkil qilishadi. Bo’limdagi xodimlar soni bir qator omillarga 
bog’liq bo’lishi mumkin. Bular: qimmatli qog’ozlar portfeli kattaligi, bo’lim 
tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotib olish bo’yicha bajariladigan 
funktsiyalarga, bankning mijozlariga ko’rsatadigan xizmatlarga, qimmatli 


20
qog’ozlar turi va sifatiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bo’lim ishchilarining 
malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham 
shunchalik yuqori bo’ladi. 


21

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin