O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-jadval  Fond birjasida 2015 yil 1-chorak bo’yicha eng katta hajmda savdoni



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix14.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

3-jadval 
Fond birjasida 2015 yil 1-chorak bo’yicha eng katta hajmda savdoni 
amalga oshirgan Top-10 ishtirokchilari
18

Ishtirokchi nomi 
Soha
hajm, 
mlrd.so’m 
Ipoteka-bank 
Bank 
32,9 
Aloqabank
Bank 
7,7 
InFinBank 
Bank 
6,2 
Kapitalbank 
Bank 
2,6 
O''zsanoatqurilishbank
Bank 
1,0 
Hamkorbank
Bank 
0,9 
Turonbank 
Bank 
0,8 
SAESP 
Alohida organ 
0,6 
Kapital Sug`urta
Sug’urta 
0,5 
Karbonat
Uzkurilishmateriallar 
0,5 
Qimmatli qog’ozlar bozorining eng asosiy va eng aktiv ishtirokchilari 
shubhasiz, tijorat banklari hisoblanadi. birinchi chorak yakunlari bo’yicha 
dastlabki 7 ta tashkilotlarning hammasi banklar, ularning amalga oshirgan 
operatsiyalari hajmi ham katta salmoqni egallaydi. 
Banklar fond bozori ishida faol qatnashishlariga ular qimmatli qog’ozlar 
bozorida faoliyat yuritishlari uchun bir qancha qulay shart-sharoit mavjudligi 
sabab bo’lmoqda. Masalan, banklar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar hamda 
17
www.uzse.uz 
18
www.uzse.uz 


57
normativ hujjatlarda qimmatli qog’ozlar bozorida har qanday funksiyalarni 
bajarish uchun biron-bir cheklashlar yo’q. Demak banklar emitent, investor, 
investitsiya muassasasi sifatida ham ish olib borishlari mumkin. Banklarning 
barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuksak darajadagi 
daromadliligi banklarga katta hajmdagi resurslarni qimmatli qog’ozlar bilan 
operatsiyalarga yo’naltirish imkonini beradi. An’anaviy bank operatsiyalari 
bo’yicha daromadlilik darajasi pasayishi banklarni boshqa muqobil daromad 
manbalari ustida yanada faolroq ishlashga majbur qilmoqda. Mijozlarning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida keng ko’lamli axborotga ega bo’lgan 
banklar yirik emitentlar sifatidagina emas, ayni paytda yirik investorlar sifatida 
ham faoliyat yuritmoqda. Banklar o’z salohiyatidan faol tarzda foydalanib, 
qimmatli qog’ozlar bozorida bevosita ishtirokchi va shu bilan birga umuman 
qimmatli qog’ozlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni 
yuzaga keltiradigan fond bozori infratuzilmasining muhim yordamchi 
muassasasi sifatida ham tobora kattaroq ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. 
Banklarda o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish asosida o’zlarining ustav va 
aylanma jamg’armalariga qo’shimcha resurslarni jalb etish ehtiyoji borligi 
qimmatli qog’ozlar bozorida banklarni faollashtirishning eng muhim omillaridan 
biridir.
O’zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyat yuritib kelayotgan davr 
mobaynida mamlakat tijorat banklari uning faol ishtirokchilari bo’libgina 
qolmasdan, bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir vazifalarning bir qismini 
ham o’z zimmalariga oldilar. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki haqli ravishda etakchi o’rinlardan birini egallab 
turibdi. Respublikadagi eng katta universal bank hisoblanuvchi O’zmilliybank 
fond bozorida avvalo investor sifatida ishlamoqda. Bunda u korxonalarning 
ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan milliy investitsiya 
dasturiga tayanib ish ko’rayapti. 
O’zR Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008 yil 18 


58
noyabrdagi PF-4053 sonli Farmonini bajarish, shuningdek O’zbekiston 
Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish 
maqsadida Bank tomonidan ikki boshqaruvchi kompaniya – “NBU INVEST 
GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning 
ustavida belgilangan asosiy vazifalar xorijiy investitsiyalarni, investitsiya 
fondlarini tashkil qilish, konsalting, anderrayting, depozitar xizmatlar ko’rsatish 
hamda iqtisodiy nochor korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan shu’ba 
korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir. 
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bank operatsiyalari bo’yicha asosiy moliya 
vositalari quyidagilardan iborat:
• davlat qimmatli qog’ozlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining obligatsiyalari; 
• depozit sertifikatlari va depozit (jamg’arma) sertifikatlari; 
• korporativ obligatsiyalar; 
• aktsiyalar. 
Bank qimmatli qog’ozlardan dividendlar, foizlar, kurs (bozor) qiymati 
o’sishi ko’rinishida, shuningdek yangi mijozlarni hisobiga faoliyat sohasi 
kengayishidan daromad olish istiqbollari mavjud bo’lgan hollarda, aktivlar 
likvidligi talablarini hisobga olgan holda, qimmatli qog’ozlarga mablag’larni 
investitsiyalaydi. Bankning o’z mablag’lari mamlakat iqtisodiyoti va/yoki Bank 
uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan emitentlarning qimmatli qog’ozlariga 
ham yo’naltirilishi mumkin.


59

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin