Bola hayotining dastlabki 3-4 oyida sezgi organlarining hammasi oʼz
vazifasini oʼtaydigan boʼlib qoladi; keyinchalik shu organlar oʼsadi va farq qilishga
doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila boshlaydi. Masalan, bola
toʼrt yoshligida koʼpgina ranglarni bir-biridan ayiradi. Ikki-uch yashar bolalarda
eshitish sezgisi shu qadar oʼsadiki, ular ayrim kishilarning
ovozlarini va ayrim
narsalarning tovushlarini bemalol ayirish bilan birga, murakkab kuylarni ham ayira
oladi va eng oddiy kuylarni ayta boshlaydi. 7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda
ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65
foizgacha ortishi olimlar-ning maxsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab
oʼquvchilarini rasmga oʼrgatish ranglarni ayirish sezgirligining oʼsishiga
katta
taʼsir koʼrsatadi. Sezgilarning oʼsishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati
bor.
Dostları ilə paylaş: