5-Mavzu: Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari. Sezgilar va sezgi turlari haqida tushuncha



Yüklə 380,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix25.06.2023
ölçüsü380,6 Kb.
#135060
1   2   3   4   5   6   7   8
793920 (1)

eksteroretseptorlar,
proprioretseptorlar
interoretseptorlar. 


Eksteroretseptorlar organizmning sirtida boʼladi — koʼrish, eshitish, hid 
bilish, taʼm (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va organik sezgi 
organlari shu jumladandir. 
Bu aʼzolar tashqi sezgi aʼzolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi 
narsa va hodisalarning xossalari ana shu aʼzolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu 
aʼzolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (koʼrish, eshitish sezgilari va hokazo) 
eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi. 
Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda boʼladi. Organizmimizning 
ayrim aʼzolarning turli harakatlarini va vaziyatini ana shu aʼzolar yordami bilan 
sezamiz. Bu aʼzolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi.Muskul harakat sezgilari 
(knestetik sezgilar) va muvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jumlasidandir. * 
Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar teri, meʼda, ichak, jigar, 
oʼpkada boʼladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish or¬ganlari va shunga 
oʼxshash ichki organlardagi jarayonlar (qoʼzgʼalishlar) vujudga keltiradigan 
sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv 
sezgilar deb ataladi. Organiq sezgilar degan sezgilar interoretseptiv sezgilar 
hisoblanadi 
Ko‘rish sezgilari . 
Rang va yorugʼlikni sezish koʼrish sezgilariga kiradi. Biz sezadigan ranglar 
xromatik va axromatik ranglarga boʼlinadi. Yorugʼlik nurlari uchburchak shisha 
prizma orqali oʼtib, singanda hosil boʼladigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi. 
Xromatik ranglar kamalak ranglari boʼlib, bunga qizil, zargʼaldoq, sariq, yashil, 
havo rang, koʼk va binafsha ranglar kiradi. Bu ranglarning turlari nihoyatda xilma-
xil boʼlib, juda koʼpdir.Oq rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kul-
ranglar axromatik ranglar deb ataladi. 
Ko‘rish sezgilarining organi — ko‘zdir. Bu organ ko‘z soqqasi bilan undan 
chiqadigan koʼruv nervidan iborat. Koʼz soqqasida uchta parda, yaʼni: tashqi, 
tomirli va toʼr parda bor. Tashqi pardaning tiniqmas (oq) qismi sklera (qotgan yoki 
qattiq parda) deb ataladi. Tashqi pardaning oldingi birmuncha qavariq qismi tiniq 
(mugo‘z) parda deb ataladi. 
Tashqi pardaning orqasida tomirli parda bor. Tomirli pardaning oldingi 
qismi rangdor parda deb ataladi rangdor pardaning rangiga qarab, kishilarning koʼk 
koʼz, qoʼy koʼz, qora koʼz deb ataymiz va hokazo. Rangdor pardaning oʼrtasida 
yumaloq teshik bor, qorachiq deb ataladigan ana shu teshikdan koʼzning ichiga 
yorugʼlik nurlari oʼtadi. Yorugʼlikning oz-koʼpligiga qarab, qorachiq kengayishi va 
torayishi mumkin. Koʼzning uchinchi pardasi toʼr parda boʼlib, u koʼz soqqasining 
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida 
ikki tomoni qavariq, tiniq, jism koʼz gavhari turadi, yorugʼlik nurlari koʼz 


gavharida turib sinadi va natijada toʼr pardaga narsaning aksi (surati) tushadi. 
Halqa shaklidagi koʼpriksimon muskulning o‘zayishi va qisqarishi tufayli gavhar 
goh yassilanadi, goh qavaradi: narsa koʼzdan o‘zoqlashtirilganda gavhar deyarli 
yassi boʼlib qoladi, narsa koʼzga yaqinlashtirilganda esa gavhar deyarli shar 
shakliga kiradi. Koʼz gavharida shunday xossa borligidan, yaqindagi narsalarning 
aksi ham, o‘zoqdagi narsalarning aksi ham gavhardan oʼtib, xuddi toʼr pardaga 
tushadi. Toʼr parda rangni va yorugʼlikni sezish uchun asosiy ahamiyatga yega. 
Koʼruv nervining tarmoqlari toʼr pardada joylashgandir. Bu tarmoqlarning chekka 
uchlarida maxsus nerv hujayralari — shaklan tayoqcha va kolbachaga oʼxshagani 
uchun tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan hujayralar boʼladi (13-rasm). 
Odam koʼzining toʼr pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin 
kolbacha bor. 
Koʼrish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab — yorugʼlikdir, yaʼni elek-
tromagnit toʼlqinlaridir. Bu toʼlqinlar turlicha o‘zunlikda boʼlib, vaqt birligi hisobi 
bilan (bir soniya ichida) tebranish tezligi (chastotasi) ham har xil yorugʼlik 
toʼlqinlarining o‘zunligini millimikron (millimetrning million-dan bir boʼlagi) 
hisobi bilan oʼlchanadi. Odam koʼzi sezadigan ranglar taxminan 380 
millimikrondan 780 millimikrongacha o‘zunlikdagi toʼlqinlarning taʼsiri bilan 
hosil boʼladi. Yorugʼlik toʼlqinlarining tebranish tezligi darajasi (chastotasi) bu 
toʼlqinlarning soniyasiga necha million marta tebranishiga qarab oʼlchanadi. Eng 
o‘zun toʼlqinlar (o‘zunligi 780 millimikron boʼlib, soniyasiga 450 billion marta 
tebranadigan toʼlqinlar) qizil rang sezgisini hosil qiladi. Eng kalta toʼlqinlar 
(o‘zunligi 380 millimikron boʼlib, soniyasiga 750 billion marta tebranadigan 
toʼlqinlar) binaf-sha rang sezgisini hosil qiladi. 
Ranglarning aralashib ketishi, koʼz toʼr pardasining biron joyiga turli 
o‘zunlikdagi yorugʼlik nurlari bir yoʼla taʼsir yetganda sodir boʼladi. Shuning 
natijasida biz faqat bir rangni sezamiz, lekin bu rang aralashib ketgan ranglarning 
hech biriga oʼxshamaydigan, alohida rang boʼladi. Ikkita xromatik rangning 
aralashib ketishidan nim rang hosil boʼladi. Masalan, qizil rang bilan sariq 
rangning aralashishidan zargʼaldoq rang hosil boʼladi, qizil rang bilan koʼk 
rangning aralashishidan binafsha rang hosil boʼladi va hokazo. Spektrdagi hamma 
ranglarning aralashishidan neytral oq rang hosil boʼladi. Spektrdagi baʼzi 
ranglarning ikkitasini qoʼshib, xuddi boyagidek oq rang yoki och kulrang hosil 
qilish ham mumkin. Masalan, spektrdagi har bir rang oʼziga mos boshqa rang bilan 
qoʼshilib, axromatik oq rang yoki kulrang hosil qiladi. Bunday ranglar qoʼshimcha 
ranglar deb ataladi. Qizil rang bilan och havo rang, koʼk rang bilan sariq rang bir-
biriga qoʼshilib, qoʼshimcha ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishidagi 
ana shu qonuniyatlarning hammasini rangdor doiralar deb ataluvchi doiralarni 
maxsus asbobga kiygizib tekshirib koʼrish mumkin. Bu asbob «ranglarni 
aralashtiradigan charx» deb ataladi. Charx tez aylanganda oʼsha doiralardagi har 


xil ranglar aralashib, muayyan ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishi 
periferik jarayon emas, balki markaziy jarayon ekanligi hozirgi vaqtda aniqlandi.
«Rang ajratolmaslik xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila 
olmaslikdan iborat. Baʼzi bir kishilar ranglarni sira ayira olmaydigan boʼladi. 
Bunday kishilar hamma ranglarni axromatik kulrangdek koʼradilar (xuddi 
fotografiyadagi singari). Statistika maʼlumotlariga qaraganda, ranglarni ajrata 
olmaslik hodisasi erkaklar orasida taxminan 4 foiz va ayollar orasida 0,5 foiz 
uchraydi. Qizil va yashil rangni ayira olmaslik hodisasi koʼproq uchraydi. Binafsha 
rangni ajrata olmaslik hodisasi esa kamroq uchraydi. Ranglarni ajrata olmaslik 
sababi shuki, koʼzning toʼr pardasidagi kolbachalar ishlamaydi yoki qisman 
ish¬laydi. 

Yüklə 380,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin