musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday vositalardan foydalanib, qorongʼilik
adaptatsiyasini odatdagidek 40—50
daqiqada emas, balki 5 6 daqiqada tezlatish
mumkin.
Sinesteziya
Baʼzi kishilarning sezgilarida sinesteziya degan hodisa koʼriladi. Sinesteziya
ikki sezgining yaxlit bir sezgi boʼlib qoʼshilishi demakdir. Sinesteziyada
sezgilardan birontasi muayyan paytda bevosita taʼsir etuvchi qoʼzgʼovchiga ega
boʼlmaydi, balki qaytariladi. Sinesteziyaning koʼproq uchraydigan shakli «rangdor
yeshitish» deb ataladigan hodisadir. Bunda tovush sezgisi (shovqin, ton, musiqali
akkord) koʼrish
obrazini, yaʼni yorugʼlik yoki rang tasavvurini uygʼotadi.
Sinesteziya kishilarning taxminan 12 foizida uchraydi, «rangdor eshitish*
kishilarning 4 foizida koʼriladi. Sinesteziya hodisalarini koʼrsatadigan ayrim
soʼzlarni adabiy tildan topish mumkin. Masalan, «istarasi issiq, «basharasi sovuq»,
«yumshoq koʼngil», «tosh yurak», «shirin soʼz», deb gapiradilar .
Dostları ilə paylaş: