5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

61-rasm.
62-rasm.
64-rasm.
65-rasm.
63-rasm.


70
To‘pni uncha kuchli bo‘lmagan zarba bilan bir yoki
ikki oyoqda, yoki oyoq kaftining ichki, yoki tashqi yuzasi
bilan olib yuriladi. Agar raqib yaqin bo‘lib, to‘p uchun
kurashga kirishsa, to‘pni olib yurgan ma’qul. Bunda to‘p
asta-sekin, o‘zidan uzoqlashtirilmay olib yuriladi.
To‘pni olib qo‘yish va tepib yuborish.
To‘pni hamla qilib,
o‘zini tashlab, yelka bilan urib olib qo‘yish — bularning
barchasi asosiy usullar hisoblanadi.
To‘pni hamla bilan olib qo‘yish.
Bu usul raqibni o‘ng
yoki chap tomondan aylanib o‘tishga intilayotganda qo‘l-
laniladi. Bunda to‘p tomonga tez egilish orqali hamla qili-
nadi. Hamla qilish kengligi to‘pgacha bo‘lgan masofaga
bog‘liq. Keyin to‘plar oyoq bilan tashlanish orqali olib
qo‘yiladi (66- rasm).
To‘pni sirpanib olib qo‘yish.
Bu usul orqadan yoki yon-
dan bajariladi. Hujumchi raqibga yaqinlashib, sirpanib,
oyog‘ini to‘pga yo‘naltiradi. O‘yinchi to‘pning yo‘lini to‘sadi
va uni oyog‘i bilan turtadi.
To‘pni raqibini yelka bilan turtib olib qo‘yish.
Qoidaga
muvofiq o‘yinchini yelka bilan turtishga ruxsat beriladi.
Ammo turtish faqat to‘pni olib qo‘yish maqsadida bo‘lishi
kerak. To‘pni oyoq bilan turtib olib qo‘yish eng oson usul
hisoblanadi. Bu usul o‘yinchidan faqat tezlikni emas, balki
chaqqonlik va epchillikni ham talab qiladi. To‘pni olayot-
ganda o‘yinchi raqibga emas, balki to‘pga qarab turishi
zarur. To‘pni olib qo‘yish, ko‘pincha, raqib to‘p bilan
ketayotganida yoki qabul qilayotganida bajariladi.
To‘pni o‘yinga kiritish
joyida turib, yugurib kelib baja-
riladi. To‘pni o‘yinga kiritishning barcha turlari yon chiziq-
dan bajariladi. To‘pni o‘yinga kiritayotganda oyoqlar biroz
egiladi va to‘pni ushlagan bosh barmoqlar bir-biriga tegib
turadi. To‘pni o‘yinga kiritishda deyarli barcha a’zolar ishtirok
etadi. Yugurib kelib o‘yinga kiritishda o‘yinchi to‘pni o‘z
oldida ushlab turadi, bir-ikki qadam qolganda boshi ustiga
ko‘tarib biroz orqaga o‘tkazadi va tashlab beradi (67- rasm).
Darvozabon o‘yini.
Darvozabonning o‘yini o‘ziga xosligi
bilan farq qiladi. To‘pni tutish, uloqtirish, to‘sish, o‘yinga
kiritish darvozabonning asosiy xatti-harakatidir.


71
Asosiy holat. 
Bunda oyoqlar yelka kengligida, tizzalar
biroz bukilgan, gavdaning yuqori qismi oldinga egilgan,
qo‘llar tirsakdan bukilgan, ko‘zlar to‘pga qaragan bo‘ladi.
U almashuvchan va qisqa qadamlar bilan darvoza oldida
harakat qilib turadi.
To‘pni tutish.
Darvozabon yerdan kelayotgan to‘pni
oyoqlarini bukib, kaftlarini oldinga qilib ochib, qo‘llarini
to‘g‘rilab tutib oladi.
Agar to‘p pastdan uchib kelayotgan bo‘lsa, 
yarim o‘tiradi
va qoringa tekkandan so‘ng uni ushlab oladi. Bunda oyoqlar
to‘p o‘tib ketmaydigan qilib juftlanadi (68-rasm).
Agar to‘p ko‘krak barobar uchib kelayotgan bo‘lsa,
u
bel barobar bo‘lishi uchun yuqori sakraladi, to‘pni ushlash
bilan mahkam siqib olinadi. Yuqoridan uchib kelayotgan
to‘pni ushlab olish uchun darvozabon qo‘l panjalarini yoyib
balandga ko‘taradi va sakraydi. To‘p qo‘l panjalariga tekkach,
darvozabon uni ushlaydi va ko‘kragiga qisib oladi. To‘pni
joyda turib yoki sakrab tutib olish mumkin. Darvozabon
to‘pni tutib olgach, oyoqlarini yerga keng qilib tushadi
(69- rasm).

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin