5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Futbol mavzusiga doir savollar



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Futbol mavzusiga doir savollar
1. „Futbol“ so‘zi qayerdan kelib chiqqani haqida so‘zlab bering.
2. Futbol kishida qanday sifatlarni rivojlantiradi?
3. O‘yinchilar mashg‘ulotdan ilgari qanday tayyorgarlik ko‘radilar?
4. Qaysi hollarda to‘p bir jamoadan ikkinchisiga olib beriladi?
5. To‘pni olib qo‘yishning qanday usullari mavjud?
6. To‘p qayerdan, qanday tashlanadi?
7. Darvozabonning o‘yini (uning turishi, harakati, to‘pni tutishi,
urib yuborishi va o‘yinga kiritishi) haqida nimalarni bilasiz?
8. Qanday hollarda erkin to‘p tepiladi?
9. Nima uchun 11 metrli jarima to‘pi belgilanadi?
10. Qanday hollarda o‘yinchi ogohlantirish oladi yoki maydondan
chetlatiladi?
KURASH
Davlat ta’lim standartlari talabiga binoan milliy sport
turlaridan o‘zbek kurashi maktab dasturiga kiritilgan. Kurash
bizga uzoq davrlardan ma’lum. Arxeologik ilmiy kuzatuvlar,
qidiruvlar natijasida aniqlangan ko‘plab ashyoviy dalillar
uning yoshi kamida 3 ming yildan ziyod ekanligini isbotlaydi.
Kurash temuriylar zamonida ham, undan keyingi
davrlarda ham xalqimizning sevimli mashg‘uloti bo‘lib kel-
gan. Olamga dong taratgan o‘zbek polvonlari kurash tarixi
sahifalarida o‘chmas iz qoldirganlar. Shoir Pahlavon Mah-
mud va Ahmad polvonlar o‘z davrining yengilmas kurash-
chilari sirasidan edilar.
Istiqlol sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz
harakatlari bois o‘zbek kurashi jahonda yangi sport turi
sifatida shiddat bilan ommalashdi, dunyo hamjamiyati
e’tiborini qozondi va ko‘plab mamlakatlarga tarqaldi.
Kurash jahon xalqlari ko‘ngil to‘ridan joy oldi va ularning
leksikalarida „Òa’zim“, „Kurash“, „Yonbosh“, „Halol“,
„Chala“ kabi o‘zbek so‘zlari jaranglay boshladi.
Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, xalqimizning
madaniy merosi, ma’naviy boyligi, g‘ururi, iftixori va do‘stlik
ramzi sifatida dunyoga mashhur bo‘layotgan milliy kurashi-
miz tarixini bilish, o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.


75

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin