88
O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linadilar va o‘rtadan
voleybol
to‘ri yoki bayroqchalar ilingan arqoncha tortiladi. O‘yin-
ning sharti voleybol o‘yiniga o‘xshash, ammo to‘pni ikki
qo‘llab ushlab bo‘lmaydi, to‘pni o‘zaro 1—2 uzatib, 3-
uzatishni raqib guruhi o‘yinchilariga oshiriladi.
Agar to‘pni raqib guruhidagilar qaytara olmay, to‘p
maydonga tushsa, to‘p uzatgan guruhga 1 ochko yoziladi.
O‘yin voleyboldagi singari to‘pni bir qo‘l
bilan otib be-
rishdan boshlanadi.
O‘yin bir guruh to 25 ochko to‘plaguncha davom etadi.
„To‘p sardorga“ o‘yini.
Bu o‘yin basketbol o‘yinini
eslatadi. O‘yinchilar ikkita guruhga bo‘linadilar. O‘yin to‘g‘ri
to‘rtburchak maydonda o‘tkaziladi. Maydon burchaklariga
uchburchak chiziqlar chiziladi. Ularga sardorlar joylasha-
dilar. U yerga obruch yoki tumbochka qo‘yilsa ham bo‘ladi.
O‘yin maydon markazidan boshlanadi. To‘p basketbol-
dagidek savatga tashlanmaydi, balki sardorga uzatiladi. To‘pni
egallagan guruh uni yerga tushirmay, sardor qo‘liga yetka-
zib bersa, guruh bir ochkoga ega bo‘ladi.
10 daqiqa ichida ko‘p ochko to‘plagan guruh a’zolari
g‘olib hisoblanadilar. O‘yinda
qoidadan tashqari holatda,
sherigini turtib yuborgan, raqib guruh o‘yinchisining qo‘-
lidan to‘pni
ataylab urib, tushirib yuborgan, to‘p bilan 2
qadamdan
ortiq yurgan, qo‘pollik qilganlar uchun jarima
to‘p beriladi. U to‘pni tashlaydigan o‘yinchi o‘z sardoridan
6 metr narida bo‘lishi kerak. O‘yin shu tarzda davom etaveradi.
Dostları ilə paylaş: