86
Yugurishlar orasida qiziqarlisi bu estafetali yugurish
bo‘lib, bunda aylana ichida bosqichma-bosqich 50 dan 100—
150 metrgacha yuguriladi. Estafeta yugurishida tayoqchani
uzatish muhimdir. Mabodo tayoqcha bo‘lmasa,
tennis
koptogidan, keglilardan foydalanish mumkin. Har bir guruh
qoidaga binoan 3—5 kishidan iborat bo‘lishi kerak. Agar
10—12 kishi to‘planib, o‘yin-estafeta o‘tkazsangiz, o‘ylay-
mizki, u yanada qiziqarli o‘tadi.
Yugurish o‘yin-estafetasini yanada qiziqarli qilish maq-
sadida o‘yinga to‘siqlarni aylanib o‘tishni, 2—3 ta chamba-
rak topib, uning ichidan o‘tishni kiritish mumkin. Shunda
estafeta mukammallashib, mazmun jihatdan yanada boyiydi.
„Qo‘l tegdi hisob“ o‘yini.
Bu o‘yinda
bir onaboshi
tayinlanadi, uning vazifasi maydon ichida sakrab yurgan
bolalardan xohlaganiga qo‘lini tekkizishdir. Barcha o‘yinchi-
lar maydon ichida erkin, bir oyoqda sakrab-sakrab yuradilar.
Sakrayotganlar vaqt-vaqti bilan oyoq almashtirishlari mum-
kin. Mabodo ular bilan birga sakrab yurgan onaboshining
qo‘li sakrab yurgan
bolalardan bittasiga tegsa, bas, u
onaboshi bo‘ladi.
O‘yin o‘ynaladigan maydon uchun voleybol yoki bas-
ketbol maydonchasining yarmi bo‘lsa yetarli.
Dostları ilə paylaş: