87
ketma-ket turadilar. Guruhlar start chizig‘iga kelib, oralarida
3—4
qadamdan qoldirib, bir safdan tizilishib turadilar.
Birinchi bo‘lib turganlarga bittadan gimnastik tayoqcha
beriladi. Har bir guruh oldiga, 10—15 metr nariga ustuncha,
to‘ldirma to‘p yoki boshqa biron narsa qo‘yiladi.
Hushtak chalindi deguncha, birinchilar tayoqchani olib
yuguradilar, to‘siqni aylanib o‘tib, yana o‘z
guruhiga
qaytadilar, tayoqning bir uchini navbatdagi o‘yinchiga berib,
u bilan birga tayoqchani barcha guruhning oyog‘i ostidan
o‘tkazadilar. Tayoqchani bolalar oyog‘i ostidan olib o‘ta-
yotganlarida guruhning har bir a’zosi
uning ustidan sak-
raydi. Tayoqchadan sakrash tugagach, safda ikkinchi bo‘lib
turgan bola tayoqchani olib yuguradi,
u ham ustunni aylanib
kelib, tayoqchani navbatdagi bolaga uzatadi. Ular ham
tayoqchani safdagilarning oyoqlari ostidan o‘tkazadilar. O‘yin
oxirgi o‘yinchiga kelganda tugaydi. Oxirgi o‘yinchi tayoqni
ikki qo‘li bilan baland ko‘taradi. G‘olib
guruh aniqlana-
yotganda guruh a’zolari qo‘lidan tayoqcha tushmagani,
sakrashda xatoga yo‘l qo‘yilmagani hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: