5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Qad-qomatning buzilish sabablari



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Qad-qomatning buzilish sabablari.
Qomat buzilishining
birinchi va asosiy sababi — bu tana mushaklarining pishiq-
puxta emasligi, bo‘shligidir. Odamning tik turgan holatini
200 dan ortiq mushaklar saqlab turadi. Agarda ularning
asosiylari sust rivojlangan bo‘lsa, qomatning to‘g‘ri turishi
qiyin kechadi. Ikkinchi sababi, bu noto‘g‘ri o‘tirishdan kelib
chiqadi. Qani, ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring-chi, stol
atrofida siz qanday holatda o‘tirasiz? Sumkangiz yoki portfe-
lingizni ko‘proq qaysi qo‘lingizda yoki yelkangizning qaysi
tomonida ko‘tarib yurasiz? Yotganingizda g‘ujanak bo‘lib
yotasizmi, baland yostiqdami yoki yumshoq to‘shakdami?
Yurganingizda boshingizni oldinga egib yo to‘g‘ri tutib yura-
sizmi? Shularning barchasini tahlil qilib ko‘rib, qad-qoma-
tingiz to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqaring. Maslahatimiz qad-
qomatingizga doim e’tiborli bo‘ling.
O‘zini o‘zi nazorat qilish.
Jismoniy mashqlar va sport
bilan muntazam shug‘ullanishning nafi katta ekanligi to‘g‘ri-
sida buyuk alloma Abu Ali ibn Sino «badantarbiya bilan
muntazam shug‘ullangan odam hech qanday dori-darmonga
muhtojlik sezmaydi» deb aytgan edi. Shunga muvofiq, jismo-
niy mashqlar organizmga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligini
diqqat bilan kuzating. Masalan, buni kayfiyatingizga qarab
belgilashingiz mumkin. Binobarin, sport mashg‘ulotlaridan
keyin o‘zingizni xushhol sezsangiz, ishtahangiz yaxshi bo‘l-
sa, bilingki, organizmingiz olayotgan yuklamalar me’yori-
da, endi uni yana asta-sekin oshirsangiz bo‘ladi.
Lanjlik, tez jahl chiqishi, harsillab qolish, yurak atrofida
sanchiqlar paydo bo‘lishi, bosh og‘rig‘i va uyqu buzilishi —
bularning barchasi yuklamaning ko‘payib ketganligi, char-
chash paydo bo‘lishining asosiy belgilaridir.
Yuklama og‘irlik qilgani va tana terisi, yuz qismlarining
qizarib ketishi yoki rang oqarishi, lablarning ko‘karishi,
ko‘p terlash, harakatlarning aniq emasligi, diqqatning
parishonligi, turli qo‘zg‘atuvchilarga beparvolik — bular


148
charchashning tashqi ko‘rinishidagi belgilari bo‘lib hisob-
lanadi. Bunday paytda yuklamani kamaytirish maqsadga
muvofiqdir.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin