5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Nafas olish tezligi.
Nafas olish va nafas chiqarish tezligi
tinch turgan holatda nisbiy ravishda 12—16 martaga teng,
deb hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan keyin nafas olish
tezlashib: o‘rtacha yuklamada 1 daqiqada 18—20 martaga,
katta yuklamalarda 20—30 martaga yetadi. Nafas olish tez-
ligini hisoblash uchun 30 sekundda nechtaligi sanalib,
keyin uni 2 ga ko‘paytiriladi.
Nafas olishni to‘xtatib turish.
Bu sinovning bajarilishi
quyidagicha hisoblanadi: agar birinchi nafas olganda u
40—90 sekund, nafas chiqarganda 40—60 sekund to‘xtatib
turilsa, demak, bu yaxshi ko‘rsatkich deb hisoblanadi.
Xullas, barcha aytib o‘tilgan sinovlar kundalik 
nazorat
daftariga
yozib borilishi kerak. Ushbu daftarchada mashg‘u-
lotdagi yuklamalarning hajmi, jadalligi, mashg‘ulotlarning
natijalari, musobaqa ko‘rsatkichlari va ayrim paytlardagi
sog‘liqning ahvoli aks ettirilishi kerak. Har bir o‘quvchi
kundalik nazorat daftarini yuritishdan oldin, albatta, jis-
moniy tarbiya o‘qituvchisi, murabbiy yoki shifokorlarning
maslahatini olib, kundalik daftarini qanday ma’lumotlar
asosida to‘ldirish, qaysi ko‘rsatkichlarni yozish, hisoblash,
qaysilarini yozmaslikni bilib olishi lozim. Masalan, sport
bilan shug‘ullanmaydiganlar kundalik daftarini haftada ikki
marta to‘ldirsalar, sport bilan shug‘ullanadiganlar uni har
kuni to‘ldirib borishlari lozim. Masalan, kayfiyatni, ish
faoliyati, uyqu va ishtahani besh balli tizim asosida: 5
ball—„a’lo“, 4 ball—„yaxshi“, 3 ball—„qoniqarli“, 2 ball—
„qoniqarsiz“, deb yozib borsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tana og‘irligi oyda 1—2 marta ertalab nonushtadan ilgari
tekshiriladi. Bo‘y uzunligini eshikning kesakisini santimetr-
larga bo‘lib, lenta yoki chizg‘ich bilan o‘lchasa bo‘ladi.


150
Ko‘krak aylanasi yilda 2—3 marta o‘lchanadi. Buning
uchun qo‘llarni tirsakdan bukib, yon tomonlarga ko‘tarib,
santimetrli lenta bilan ko‘krakni aylantirib o‘rash lozim.
Bunda lenta orqa tomondan o‘tayotganda kuraklarning uch-
lariga tegar-tegmas, oldidan o‘tayotganda esa ko‘krak tug-
malari ustidan o‘tishi kerak.
NAMUNA:

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin