5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Yurak urishining tezligi.
Yurak urishining me’yori — bu
jismoniy mashqlar bajarish vaqtidagi yuklamalarning kishiga
qanday ta’sir qilayotganligining asosiy ko‘rsatkichi hisob-
lanadi. Yurak urishi tezligini o‘lchash bir necha usul bilan:
a) uchta barmoq bilan bilakni;
b) katta ko‘rsatkich barmoq bilan bo‘yinni;
d) barmoq uchlari bilan chakkadagi tomirni, ya’ni
ko‘z yonini;
e) kaftni yurak atrofiga qo‘yib ushlash orqali amalga
oshiriladi. Odam tinch holatda bo‘lgan paytda ko‘proq bi-
rinchi usuldan foydalanadi. Mashg‘ulot paytlari bilakni
ushlab yurak urishini o‘lchash ancha murakkab. Shuning
uchun yurak urishi tezligini mashg‘ulotdan keyin o‘lchan-
sa, ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday
yuklamadan so‘ng yurak urishi tezligi oshib boradi. Masalan,
oddiy harakatdagi mashqlar bajarilganda yurak urishi tez-
ligi 100—120 martaga, o‘rtacha yuklamadan so‘ng 130—150
martaga, katta yuklamadan keyin esa 200 martagacha yetadi.
Mashg‘ulotdan keyin yurak urishi tezligi o‘zining ilgarigi
holatiga qaytishi uchun 5—10 daqiqa kerak. 10—13 yoshli
o‘quvchilarda uzoq davom etgan yugurishdan keyin yurak
urishi uzoq vaqtgacha o‘ziga kela olmasligi mumkin.
Qiz bolalarda yurak urishi tezligi o‘g‘il bolalarnikiga
nisbatan tezroq bo‘ladi.
Yurak urishi tezligini
qo‘lingizdagi soatingizga qarab
aniqlashingiz mumkin. Buning uchun yurak urishi tezligini
10 sekundda nechtaligi bilib olinib, uni 6 ga ko‘paytirilsa,
yurak 1 daqiqa ichida necha marta urayotgani aniqlanadi.
Masalan, siz yurak urishi — 10 sekund ichida 20 marta
ekanligini bilib oldingiz, endi uni 6 ga ko‘paytirsangiz 1
daqiqada necha marta yurak urayotganligini bilib olasiz
(10=20, 20½6=120 marta).
Yurak urishi tezligining me’yorini o‘tirib-turish hara-
katlari orqali aniqlash.
Buning uchun avval yurak urishi


149
tezligini o‘lchab, yozib olinadi, keyin 20 marta o‘tirib-
turiladi, har bir o‘tirib-turishga 1 sekunddan vaqt sarflangan
deb hisoblab, so‘ngra zudlik bilan yurak urishi tezligi o‘l-
chanadi va u qanchaga ko‘paygani aniqlanadi. 3 daqiqadan
keyin yurak urishi qayta o‘lchanadi, agar u tezda avvalgi
holatiga kelsa, yaxshi deb hisoblanadi, 4—5 daqiqadan
keyin qaytsa, qoniqarli, 6 daqiqadan keyingisi esa qoni-
qarsizdir.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin