151
Qiz bolalar
№
Mashq turlari
Sentabr oyidagi mashg‘ulot kunlari
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 va
h.k.
1 Arqonchada 1 daqiqada
sakrash (necha marta)
2 1 daqiqada chalqancha
yotgan
holatda gavdani
ko‘tarib-tushirish
(necha marta)
3 Past turnikda tortilish
(necha marta)
4 Mokisimon 4
Ѕ
10 m
yugurish (soniya)
5 Yurak urishi tezligi
yuklamadan oldin va
keyin (10 soniya)
6 Mashg‘ulotlardan
oldingi
va keyingi
kayfiyatingiz
(5—4—3 ballarda)
O‘g‘il bolalar
№
Mashq turlari
Sentabr oyidagi mashg‘ulot kunlari
1 2 3 4 5
6
7 8 9 10 va
h.k.
1 Turnikda tortilish
(necha marta)
2 Tennis to‘pini uloqti-
rish (necha metr)
3 Arqonchada 1
daqiqa-
gacha sakrash
(necha marta)
4 Mokisimon yugurish
4
Ѕ
10m (soniya)
152
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash
maqsadida bir
necha jismoniy mashqlar asos qilib olinadi. Masalan, qo‘l-
panja kuchini aniqlash uchun dinamometrdan foydalaniladi
(agar o‘zingizda bo‘lsa). Sakrovchanlikni aniqlash uchun
(santimetrli lenta ustidan) bir
joydan uzunlikka yoki tepaga
sakrash mumkin. Agar tezlikni bilib olmoqchi bo‘lsangiz,
30 metr masofaga yugurib, vaqtni aniqlashingiz mumkin.
Jismoniy tayyorgarlik darajasining har oyda oshganligi yoki
pasayganligini aniqlash uchun bir necha (do‘stlaringiz bilan
birgalikda bo‘lsa, yanada yaxshiroq) mashq turlari tavsiya
qilinadi. Masalan, har oyning boshida o‘zingiz yoki o‘rtoq-
laringiz bilan birga quyidagi mashq turlari bo‘yicha muso-
baqalar tashkil qiling.
Qizlar 1 daqiqa mobaynida arg‘amchida sakrash va shu
vaqt ichida past turnikda osilib turib tortilish mashqini
bajarishlari mumkin. O‘g‘il bolalar ham 1 daqiqa davomida
turnikda tortilish yoki polda qo‘llarini bukib-yozish, tennis
to‘pini uzoqqa uloqtirish, arqonchada sakrashlarni amalga
oshiradilar. Yana qo‘shimcha tarzda
mokisimon yugurish-
lari ham mumkin.
Agar siz ushbu ko‘rsatilgan mashqlar turidan 14—15
ball to‘plagan bo‘lsangiz, bilingki, sizning jismoniy tayyor-
garligingiz 5 ekan, agar siz 12—13 ball olgan bo‘lsangiz,
demak, bahoyingiz 4 ekan. Bordi-yu, 9—11 ball olgan
bo‘lsangiz, demak, bahoyingiz qoniqarlidir. Mabodo, siz
to‘plagan ballar qoniqarli bahoga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,
kayfiyatingizni tushirmang,
hali hammasi oldinda, jismo-
niy tayyorgarlikni yozda muntazam bajarib borsangiz, o‘y-
laymizki, bahoyingiz „a’lo“ga ko‘tariladi.
5 Yurak urishi tezligi
yuklamadan oldin va
keyin (10 soniya)
6 Mashg‘ulotdan
oldingi va keyingi
kayfiyatingiz
(5—4—3 ballarda)
Davomi