BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Mashg‘ulotda ayrim paytlari, favqulodda, ehtiyotsizlik
orqasidan jarohatlanishlar uchrab turadi. Shu bois, shifokor
kelgunga qadar har qaysingiz o‘zingiz yoki o‘rtog‘ingizga
zarur bo‘lgan birinchi yordam ko‘rsatishni bilishingiz kerak.
Lat yeyish.
Yiqilganda yoki urilib ketganda biron joy lat
yeyishi va shish paydo bo‘lishi, yoki tekkan joy qizarib
ketishi mumkin. Shunday paytda lat yegan joyga 20—30
daqiqa sovuq kompress qo‘yish, keyin mahkam bog‘lab
qo‘yish lozim.
Ishqalanishlar.
Oyoq, qo‘llarning terisi ishqalanish na-
tijasida yoki oyoq kiyimi qisishidan qizarib ketadi. Shun-
da ishqalangan yoki tirnalgan joylar maddalab ketmasligi
uchun uni yaxshi tozalab, doka, dori-darmon qo‘yib, bint
bilan bog‘lab qo‘ymoq kerak.
Urilib yorilishlar.
Ayrim paytlarda yiqilib, urilib ketish
natijasida jarohatlangan joy yoriladi, zarbdan kuchli og‘riq
paydo bo‘ladi. Shunday vaqtda o‘sha joyni zudlik bilan toza
suvda yoki vodorod peroksidi bilan yuvib, yod yoki ko‘k
dori surib qo‘yish zarur.
Yaralar.
Yaradan qon oqishini tez to‘xtatish uchun uni
toza bint bilan bog‘lab qo‘yish lozim. Agar qon oqishi
to‘xtamasa, unda jarohatlangan joyni dezinfeksiya qilib, uni
steril doka yoki bint bilan qattiq bog‘lab qo‘yish kerak.
Agar qon arteriya tomiridan ketsa, unda qonni to‘xtatish
uchun katta barmoqni qon ketayotgan yerdan biroz yuqo-
riroqdan bosib turiladi yoki jgut, kamar, ro‘mol, rezina
bilan 1,5—2 soat qisib bog‘lab qo‘yiladi.
Burundan qon ketganda yarim o‘tirish holatida boshni
orqa tomonga biroz tashlanadi yoki burunning ustiga muz
yoki sovuq suvga ho‘llangan ro‘molcha, yoki namlangan
paxta qo‘yiladi. Shuningdek, burun bo‘shliqlariga 5—10
daqiqa paxta tiqib qo‘yiladi. Agar qon yana to‘xtamasa,
tibbiy yordamdan foydalaniladi.
Mushaklar og‘rig‘i.
Birinchi marta sport mashg‘ulotlari,
kuchli jismoniy harakatlardan keyin ayrimlarda mushaklar
154
og‘rig‘i paydo bo‘ladi. Bu holat mashg‘ulotlar oralig‘ida—
ko‘proq tanaffus o‘tib ketganda ham yuz berishi mumkin.
Bu hol sportchilarda tez-tez uchrab turadi. Shu bois,
mushaklar og‘rishi paydo bo‘lganda, tezda mashg‘ulotning
hajmi va jadalligini pasaytirish lozim. Mashqlardan keyin
issiq dush, kechki paytlarda iliq vanna qabul qilish kerak,
ertalab yengil massaj olish yoki o‘zini o‘zi silash ham
kifoya.
Mushaklarning cho‘zilishi.
Mashq-harakat paytida pay va
mushaklarning cho‘zilishi, gohida uzilishlar ro‘y beradi.
Unda avvaliga qattiq og‘riq berishi, biroz shishishi, keyin
ko‘karib qolishi kuzatiladi. Shunda og‘rigan joyga sovuq
kompress qo‘yib, elastik bint doka bilan bog‘lab qo‘yiladi.
Shundan so‘nggina shifokorga murojaat qilinadi.
Chiqishlar.
Qo‘l, oyoqlarning o‘z o‘rnidan chiqishi sport
mashg‘ulotlarida uchrab turadigan hodisa bo‘lib, unda
bo‘g‘imda shish paydo bo‘ladi, u yurish-turishga xalal berib,
qattiq og‘riydi. Shunday paytda shikastlangan suyak-bo‘-
g‘imni qimirlab ketmaydigan qilib, biron taxta, fanera,
yog‘och qo‘yib bog‘lab qo‘yiladi. Shundan keyingina muta-
xassisga jo‘natiladi. O‘z-o‘zingizcha chiqqan joyni tuzata-
man deb urinmang, natija ko‘ngilsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Suyak sinishi.
Bunda birinchi yordam — jarohatlangan
joyni, singan suyakni qimirlatmaslik, bundan tashqari,
singan bo‘g‘inni ikki tomondan shina yoki taxta qo‘yib
qattiq bog‘lab qo‘yishdan iborat. Shuningdek, qo‘lni gavdaga
bint bilan bog‘lab qo‘yish ham mumkin. Mabodo, umurtqa
pog‘onasi jarohatlangudek bo‘lsa, bemorni ko‘ndalangiga
shitga yoki taxtaga yotqizib qo‘yib, „tez tibbiy yordam“
mashinasini chaqirish kerak bo‘ladi.
Oftob urishi.
Bu issiq kunlarda uzoq davom etgan
mashg‘ulot yoki issiq kiyimda shug‘ullanish oqibatida ichki
a’zolarning issiqlab qolishidir. Shunday paytlari a’zoyi badan
bo‘shashib, yuz oqarib, bosh aylanadi, ko‘zlarda qandaydir
qorong‘ilik paydo bo‘lib, oyoqlarni ko‘tarib bosish og‘ir-
lashadi, ko‘ngil aynish va nafas olishning tezlashishi sodir
bo‘ladi. Shunday hodisa ro‘y bergudek bo‘lsa, oftob urgan
155
kishini tezda salqin joyga olib o‘tish, ustki kiyimlarini
yechish va boshini ko‘tarib, namlangan ro‘molcha yoki
dokani uning yurak atrofiga qo‘yish lozim. Shuningdek,
nashatir spirtini hidlatish kerak. Agar jarohatlangan kishi
hushiga kelsa, suv ichirish kerak.
Sovuq qotish.
Haddan tashqari sovuq bo‘lganda kishi
sovuq qotishi mumkin. Shuning uchun bunday kishilarga
zudlik bilan yordam berib, ularni issiq xonaga olib kirish
kerak. Uni yotqizib ustiga ko‘rpa tashlash, iloji bo‘lsa, iliq-
dan issiqroq vannaga tushirish lozim. Shundan so‘ng issiq
choy, kofe ichiriladi. Agar bular ham kishiga yordam ber-
masa, unda tez yordam chaqirish zarur bo‘ladi.
Yomon illatlar.
Chekish va spirtli ichimliklar ichishning
yomon illat ekanligi hammaga ma’lum. Bu illat, ayniqsa,
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarga butunlay zid-
dir. Agar bu illatdan kechilmasa, yuksak sport natijalariga
intilish, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilish haqida gap bo‘lishi
mumkin emas. Buni yaxshi his etgan sportchilar sigaret
chekmaydilar, spirtli ichimliklarning yaqiniga yo‘lamay-
dilar. Chunki nikotin o‘pka va yurakni ishdan chiqarishdan
tashqari, xotirani bo‘shashtirib, irodani susaytirishi hamda
ishchanlik qobiliyatini pasaytirib yuborishi yaxshi ma’lum.
Masalan, miltiqdan otish sporti ustalariga 1 donadan sigaret
berib, so‘ng nishonga aniq otish mashqi topshirilganda,
ular 15 — 20 ochkodan nari o‘tolmaganlar.
Shuning uchun chekadigan odamlarda parishonxotirlik,
tajanglik, asabiylashish, tengqurlaridan orqada qolish, ish-
tahaning pasayib ketishi, jismoniy yaxshi rivojlanmaslik
hollari kuzatiladi.
Shuningdek, chekuvchilarning ko‘pchiligi vaqt o‘tishi
bilan bosh og‘rig‘i, o‘pka g‘ijillashi, tez-tez yo‘tal tutishi,
koordinatsiyaning buzilishi, surunkali bronxit, o‘pka raki
kasalligiga duchor bo‘ladilar.
Alkogoldan asab tizimi ishdan chiqib, tezlik reaksiyasi
pasayib, nihoyat, ko‘rish-eshitish sezgilari yomonlashuvi
isbotlangan haqiqatdir.
Yana bir misol. Uchuvchi-sinovchilarga uchishdan ilga-
ri 100 gr aroq ichishga ruxsat berilgan. Samolyotlar yuqo-
156
riga to‘liq ko‘tarilgandan so‘ng, ularga qayta qo‘nish
buyurilgan. Shunda ularning ko‘pchiligi o‘zlari qo‘nadigan
maydonga juda katta qiyinchilik bilan qo‘nishgan.
Demak, yoshlar bu illatning yaqiniga ham yo‘lamas-
liklari kerak. Siz kuchli iroda egasi ekanligingizni boshqalar
ko‘rsin va ibrat olsin.
Kiyim-bosh va poyabzal.
Jismoniy mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanishda tegishli kiyim-bosh va poyabzal kiyilsa, u
kishini sovib va isib ketishdan, turli tashqi ta’sirlardan,
jarohatlanishdan saqlaydi.
Kiyim, avvalo, bo‘y-bastga mos, nafas olish, qon ay-
lanish va harakatlarni yengil va epchil bajarishga xalal ber-
masligi lozim.
Yoz faslida yoki qishda gimnastika, yengil atletika, sport
o‘yinlari bilan shug‘ullanganda, yaxshisi yengil trusik,
mayka, futbolka yoki paxtadan tayyorlangan yupqa sport
kiyimi kiygan ma’qul. Chunki ular havoni yaxshi o‘tkazadi
va tanani terlashdan saqlaydi, namni tez o‘ziga shimib
olib, tezda quriydi.
Dostları ilə paylaş: |