U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Radial immunodiffuziya usuli



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Radial immunodiffuziya usuli
Immunoglobulin (M, G, A) maxsus spesifik zardob tutgan 
agarga diffuziya qilinadi va unda kengligi immunoglobulinlarga 
mutanosib keluvchi presipitatsiya halqasini hosil etadi.
Reaktivlar: 
1) 0,2 mmol/l barbital bufer (5,52 g 5,5-g-Dietilbarbitur 
kislotasi (veronal)ni isitib turib 300 ml, distillangan suvda eritiladi, 
unga 35,04 g 5,5–dietilbarbitur kislotasining natriy tuzi (medinal) 
qo‘shiladi, eritiladi va distillangan suv bilan hajmi 1 ga yetkaziladi);
2) 10 B qora amid eritmasi (1 g 10B qora amidni 100 mlmuz 
sirka kislotasida eritiladi va 1 ml hajmga qadar distillangan suv 
quyiladi. Tayyorlangan bo‘yoqni 12 soatdan so‘ng qog‘ozli filtrdan 
o‘tkaziladi);
3) bo‘yoqni yuvib tashlash uchun suyuqlik (170 ml muz sirka 
kislotasiga 1 l hajmga qadar distillangan suv qo‘shiladi);
4) natriy xloridning izotonik eritmasi.
Ingredientlar:
1) monospesifik va standart zardoblar (tayyor to‘plam sifatida 
chiqariladi);
2) sinaluvchi zardoblar.
Oldindan 3% agar eritmasi tayyorlanadi. Muzlatgichda bir oy 
saqlanishi mumkin. Yaxshisi 3 % agar eritmasini kichik miqdorda 
tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu maqsadda og‘zi keng kolbaga 3 
g agarni solinadi va idishning cheti (devori) bo‘ylab asta-sekinlik 
bilan 50 ml barbital buferini quyiladi; kolbani 50 °C haroratli suv 
hammomiga joylashtiriladi, so‘ng qaynashgacha olib boriladi. Bu 
kolbani vaqti-vaqti bilan chayqatib turib, ichidagilarni to‘la erishiga 
erishiladi, so‘ng 2 ml mertiolat eritmasi qo‘shiladi va barbital buferi 
yordamida hajmi 100 ml belgiga qadar yetkaziladi. Eritma mutlaqo 
tiniq bo‘lmog‘i lozim.
Aniqlash tartibi.
Oldindan tayyorlab qo‘yilgan 3% agar 
eritmasini suv hammomi ustida (56°C da) suyultiriladi. Quruq 


80
va toza, suv hammomida bo‘lgan probirkalarga 4,5 ml dan 3% 
agar eritmasi quyiladi. Monospesifik zardoblar suyultiriladi. 
Buning uchun odam immunoglobuliniga qarshi zardob tutgan 
ampula ochiladi. Zardob to‘la erishi uchun har bir probirkaga 1 
ml dan distillangan suv qo‘shiladi. Ampulada ko‘rsatilgan A, G, 
M immunoglobulinlar zardobining titri hisoblanadi va antizardob 
barbital buferi bilan shunday suyultiriladiki, uning titri ampulada 
ko‘rsatilgandagiga nisbatan ikki marta ortiq bo‘lsin. Masalan, 
ampulada ko‘rsatilgan IgA–ning titri 1:20 ga teng; bunday holda 
1:10 nisbatda suyultirma tayyorlanadi, ya’ni 0,5 ml antizardobga 4,5 
ml barbital buferi qo‘shiladi; 0,5 ml aralashma olib tashlanadi. G va 
M antizardoblar bilan ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi. 
Probirkalarni suv hammomiga o‘rnatib, so‘ng zardobning har bir 
suyultirmasidan alohida, isitilgan pipetka bilan 4,5 ml dan olib uni 
tegishli 4,5 ml 3% agar eritmasini tutgan probirkaga qo‘shiladi; 
probirkani diqqat bilan aylantirib aralashtiriladi. Natijada o‘zida 
antizardoblar eritilgan 9 ml 1,5% agar eritmasi olinadi. Probirkalar 
suv hammomida 56 °C sharoitida 10 daqiqaga solindi.
Bir necha toza va quruq o‘lchamli 9x12 shisha plastinkalar 
(qayta yuvilib tozalangan fotoplastinkalardan foydalanish mumkin) 
ning chapdagi yuqori burchagidan boshlab A, G, M belgilar qo‘yib 
chiqiladi. Yong‘ich alangasida oldindan isitilgan plastinka yuzasiga 
shisha tayoqcha yordamida qizitilgan 3% agar eritmasi (zaxiradagi 
probirkadan) solinadi. Agar sovigach, uning ustiga qalinligi 1 mm 
P–simon shakldagi ramka (metalldan yoki pleksiglasdan qilingan) 
joylashtiriladi. Bu komplektni har tomonlama qisqich bilan ushlab 
olinadi. Shishalar orasida baladligi 1 mm bo‘lgan sath oraliq hosil 
bo‘ladi. Hajmi 10 ml, oldindan spirt lampasi ustida isitilgan pipetka 
bilan tegishli zardobli 1,5% eritmasidan 9 ml dan quyib chiqiladi. 
Bunda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan shishalar oralig‘ining biror 
nuqtasida pufaklar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, mumkin qadar 
zudlik bilan eritma quyiladi. Plastinkalarni 30–40 daqiqa xona 
haroratida qoldiriladi. Agar sovigach qisqichlarni va trafaret 


81
ustidagi shishani asta-sekinlik bilan yaxlitligini saqlagan holda 
buzmay olinadi. P-simon shakldagi plastinka-ramka ham olib 
tashlanadi. Qolgan plastinkalarga ham xuddi ushbu tarzda ishlov 
beriladi. So‘ng tekshirish uchun tayyor bo‘lgan shishalarni. navbati 
bilan kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan, belgilar 
qo‘yilgan (ular bo‘yicha agarda chuqurchalarni kesib-chiqiladi) 
shablon (nusxa)ga joylashtiriladi. Plastinkalarni shablondan surmay 
teshgich yordamida agarda chuqurchalar hosil qilinadi, ularning 
teshigini diametri 2 mm. bo‘ladi. Bu ishni nihoyatda extiyotkorlik 
bilan hosil bo‘ladigan chuqurchalar chekkasini shikastlamaslikka 
harakat qilib bajarish lozim. IgA va Glarny aniqlash uchun 
mo‘ljallangan plastinkalardagi chuqurchalar orasidagi masofa 
bir-biridan 20 mm. uzoqlikda, IgM uchun mo‘ljallangani esa 
yaqinroq bo‘lishi kerak, shu sababli ham IgM ni aniqash uchun 
boshqa plastinkadan foydalaniladi, bu antizardob bilan quyiladigan 
reaksiyada hosil bo‘luvchi halqa kichik o‘lchamga ega bo‘ladi. 
Chuqurchalardan agarni rezina ballonli Paster pipetkasi yordamida 
surib olinadi. Standart zardobli ampula ochiladi va unga avval 1 
ml. distillangan suv qo‘shiladi. Standart zardobni barbital bufer 
yordamida 1:2, 1:4, 1:8 nisbatda suyultiriladi. Plastinkalarning 
birinchi qatoridagi chuqurchalarga A, G, M immunoglobulinlarni. 
aniqlash uchun mo‘ljallangan standart zardobni eng ko‘p nisbatda 
suyultirilganidan boshlab qo‘shib chiqiladi. Muzlatgichdan 
olib eritilgan (muzsizlangan) sinaluvchi zardobni barbital bufer 
yordamida: lg G, lg A uchun – 1:3 (1:2), IgM uchun esa–1:1 (yoki 
mutlaqo suyultirmay) nisbatda suyultiriladi va zardobni tekshirish 
asbobining chuqurchalariga dazator yordamida o‘tkaziladi.
Zardob qo‘shib bo‘lingach plastinkalarni namli kameraga 
qat’iy gorizontal holatda joylashtiriladi va xona haroratida yoki 4 
°C sharoitida saqlanadi.
Natijalarni hisobga olishni lg G, IgA uchun 24 soatdan so‘ng 
IgM uchun, 48 soatdan so‘ng qora fonda yonboshdan tushuvchi 
yorug‘likda amalga oshiriladi.


82
Eslatma. Natijalarni hisoblashni preparatlarni kyuvetada 
qora amid 10B bo‘yog‘i bilan 10–15 daqiqa bo‘yash va so‘ngra 
ularni sirka kislotasining eritmasida 4–5 daqiqa, tiniq eritma hosil 
bo‘lguncha yuvib tashlab va quritilgandagina amalga oshirilishi 
mumkin. Bo‘yashdan oldin preperetlarni reaksiyaga kirishmagan 
oqsillardan ikki kun mobaynida reaktiv hamda filtrlovchi qog‘ozni 
uch marta almashtirib, natriy xloridning izotonik eritmasi bilan 
yuvib tozalash lozim.
Halqalarning diametri maxsus chizgich yoki shtangensirkul 
yordamida o‘lchanadi. So‘ng yarimlogarifmik qog‘ozda, har bir 
immunoglobulin uchun alohida grafik (chizma) tuziladi (har yangi 
standart zardobdan foydalanilganda buni yangidan tuzib chiqish 
kerak).
Ushbu maqsadda absissa o‘qida standart zardob halqasining 
diametri, ordinat o‘qida esa standart zardobning har bir 
suyultirmasidagi immunoglobulinning ma’lum miqdori aks 
ettiriladi. Hosil bo‘lgan nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi. 
Sinaluvchi zardobda immunoglobulin, miqdorini aniqlash uchun 
absissa o‘qida sinalayotgan zardobning presipitatsiya halqasining 
diametri aks ettiriladi. Perpendikulyarni kesib o‘tguncha tiklanadi
va uni ordinata o‘qidagi proyeksiyasini belgilanadi. Olingan 
o‘lcham 1 ml da milligrammda va 1 ml da Halqaro birlikda 
ifodalangan immunoglobulinning miqdoriga to‘g‘ri keladi. So‘nggi 
natijani grammda 1 l ga nisbatan hisobda ifodalab begilanadi.
Sog‘lom odam qon zardobida immunoglobulinlar konsen-
trasiyasi (g/l–da) quyidagini tashkil etadi: IgM – 0,5–2,8; 1g G- 6 
– 1–6; IgA - 1–5.
IgM toksoplazmoz, qizilcha, sitomegaliya, kasalligida aniqlanadi. 
Kamayishi esa kombinirlangan immunodefitsit (immunotaqchillik) 
holatlarda, ichakning oqsillarni yo‘qotilishi bilan kuzatiluvchi 
birlamchi va ikkilamchi buzilishlarida, immunodepressiv vositalar 
bilan davolashda va h.k. kuzatiladi. IgG ning ko‘payishi jigarning 
surunkali o‘rtacha va surunkali kechuvchi infeksion kasalliklarida 


83
kollagenozlarda aniqlanadi; kamayishi esa gipogammaglobuli ne-
miya, kombinirlangan immunodefitsit holatlarda, immunodepress lar 
bilan davolashda va h.k. kuzatiladi. IgA miqdori jigarning surunkali 
kasalliklarida, infeksiyalarda ortishi mumkin, IgA va IgG ning 
miqdori mielom kasallikda ortadi, kamayishi esa kombinirlangan 
immunodefisit kasalliklarda, teleangiektaziya, immunodepressiv 
vositalar bilan davolash vaqtida kuzatiladi.
XX asrning 80-yillarida birinchi marta orttirilgan immun 
tanqisligi sindromi (OITS) kasalligi aniqlanguncha, “venerik 
kasalliklar” deganda sifilis, gonoreya, yumshoq shankr, venerik 
limfogranulematoz va donovanoz kasalliklari tushunilar edi. Lekin 
JYBYUK epidemiologik ko‘payib ketib, dunyoda har yili faqat 
ro‘yxatga olinganlar soni bir necha yuz million va bugungi kunda 
OITS bilan zararlanganlar soni 42 million bo‘lgani holda, faqatgina 
2002-yilda OITSni yuqtirib olganlar soni 5 millionga yetdi, undan 3 
million bemor nobud bo‘lganligi nafaqat sog‘liqni saqlash tizimini, 
balki butun odamzodni bor imkoniyatlarini yig‘ib, bu dolzarb 
muammoning yechimini topishga majbur qilyapti.
Oxirgi yillar OITSga qarshi olib borilgan kurash yutuqlari 
(virus genomini aniqlash, uning klinika va patogenezini aniq 
bayon qilish, epidemiologiyasi, immun sistemadagi o‘zgarishlarni 
va OITS bilan birga ketuvchi kasalliklar xarakteristikasini berish) 
shuni ko‘rsatdiki, qaysidir kasallik bemor terisi yoki shilliq qavati 
butunligini buzib kechsa, u OITS virusini bemordan sog‘ odamga 
yuqish imkoniyatini bir necha o‘n marta ko‘tarar ekan. OITSning 
asosiy yuqish yo‘li jinsiy yo‘l bo‘lgani uchun ham, teri shikastlanishi 
ko‘proq jinsiy a’zolarda yoki atrofida bo‘lishi bilan kechadigan har 
xil kasalliklarni OITS tarqalishidagi aniq o‘rnini ajratib ko‘rsatish 
uchun va unga qarshi effektiv kurash tashkil qilish uchun bugun 
“jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar” termini kiritildi. Bu termin 
bilan 24 ta va undan ko‘proq kasalliklar ataladi.
Diagnostikasi va profilaktikasi. Tashxis imkoni boricha laborator 
tekshirishlarga asoslanib qo‘yilishi lozim. Buning sabablari:


84
– simptomsiz infeksiyalar juda ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, 
ularni faqat ma’lum laborator tekshirishlar asosida inkor etish 
mumkin;
– tashxisni tezda aniqlash zarur, chunki u bemorlarga va jinsiy 
sheriklarga yoki farzandlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
– ratsional davoni tanlash uchun, ayniqsa, mikroorganizmlarning 
doriga chidamliligini aniqlash imkoniyati bor tashkilotlarda;
– qo‘shimcha testlar o‘tkazish kerakligini yechish uchun 
(davolanganlik testi);
– infeksiyalar registratsiyasining aniqlik darajasini oshirish 
va epidemiologik ma’lumotlarni sog‘liqni saqlash organlarining 
ma’lum bo‘limlariga yetkazish;
– tashxisni, bemor oldida mikroskop va boshqa metodlar orqali, 
dastlabki konsultatsiya davrida qo‘yish mumkin.
Hozirgi vaqtda OIV tashxisida ikki bosqichli yondashuv 
qo‘llaniladi. Bilvosita va to‘g‘ridan to‘g‘ri testlar. Bilvosita testlar 
bemorning qonida OIVga qarshi o‘ziga xos antikorlarni aniqlashi 
mumkin, to‘g‘ridan to‘g‘ri testlar esa OIVning o‘zini aniqlashga 
va organizmga virus yukining darajasini aniqlashga yordam beradi. 
OIV diagnostikasi quyidagi laboratoriya testlarini o‘z ichiga oladi:
• Immunoferment tahlil
• Immunoblot (immun blotting).
Quyidagi testlar ham qo‘llanilishi mumkin:
• IXA ekspress testi (immunoxromatografiya).
• PZR (polimeraza zanjiri reaksiyasi).
Polimeraza zanjiri reaksiyasi (PZR)
PZRning boshqa diagnostika usullaridan asosiy farqi shundaki, 
test tizimi virusning DNKsini aniqlaydi. Uning yordami bilan hatto 
bitta virusli zarralar ham aniqlanishi mumkin. Usulni qo‘llash 
mumkin bo‘lgan infeksiya faktidan keyin 5-kuni 80% aniqlikka 
erishish mumkin.
PZR usulining yuqori sezuvchanligiga qaramasdan, OIVga 
nisbatan past diagnostik sezgirlikka ega, bu virus genomining 


85
o‘zgaruvchanligi bilan izohlanadi. Shuning uchun bu usul aniq 
tashxis qo‘yish uchun ishlatilmaydi.
OIVning yangi va muqobil diagnostika usullari
Yaqinda Pitsburg universiteti tadqiqotchilari yashirin viruslarni 
aniqlash uchun yangi yuqori sezgir test – TZA testini ishlab 
chiqdilar. Bu bemorning kamroq vaqtini va qonini talab qiladi. 
TZA ning ishlash prinsipi faqat virus replikatsiya qilinganida 
faollashtirilgan genni qidirishga asoslangan. 
Qon namunalarini OIV antitelalarga IFAda tekshiruv uchun 
yetkazish uchun talablar:
1. Qon namunalarini yetkazish maxsus transportda va maxsus 
shu maqsad uchun ajratilgan va tayyorlangan maxsus kiyimdagi 
(xalat, qalpoq yoki ro‘mol) muassasa medpersonali tomonidan 
amalga oshiriladi. Materialni haydovchi yoki tibbiyot xodimi 
bo‘lmagan odamdan yuborish taqiqlanadi.
2. Materialni jamoat transportida tashish qat’iyan man etiladi.
3. Qonli probirkalar sentrifuga probirkalarida shtativga 
o‘rnatiladi. Har bir probirkaga oynaga yoziladigan qalam bilan tartib 
raqami yoziladi. Probirkalar soni va ular raqami yo‘llanmadagi 
ro‘yxatga to‘g‘ri kelishi kerak. Shtativlar biksga, metallik konteyner 
yoki muzlatgichli sumkaga joylashtiriladi.
4. Yo‘llanma 2 nusxada O‘zbekiston Respublikasi SSV 
buyrug‘i bilan tayinlangan shaklda to‘ldiriladi. Yo‘llanmalar 
alohida paketga solinib, so‘ng qonli biksga joylashtiriladi.
5. Nazorat tekshiruv uchun birlamchi – seropozitiv IFA 
zardoblarni yetkazishda alohida 1 ilovaga asosan tekshiruv sanasi
diagnostikum turi, seriyasi, o‘tkazilgan tahlillar natijalari keltirilgan 
yo‘llanmalar 2 nusxada to‘ldiriladi. Yo‘llanmada albatta “birlamchi”, 
“qayta”, “dispanser” yoki DV (dispanser VICh), “nazorat” belgilari 
qo‘yilishi shart. Zardob joylashgan polietilen bir martalik probirkalarda 
probirka raqamidan tashqari tekshirilayotgan familiyasi yozilishi shart.
6. Tekshiruv uchun iloji boricha muzlatgichda saqlanadigan 
zardob yuborilishi kerak. Muzlatgichda zardob yuborilgunga qadar 


86
5 kundan ortiq saqlanmasligi kerak. Agar qondan zardob ajratilish 
imkoni bo‘lmasa, u holda qon olingan keyin 24 soat ichida yetkazilishi 
kerak. Qon ham yuborilishdan oldin muzlatgichda saqlanishi kerak.
7. Qon 3–5 ml miqdorda olinadi, yetkazib beriladigan zardob 
miqdori 1.0 ml dan kam bo‘lmasligi kerak. 
8. Tekshiruv uchun keltirilgan zardob tekshiruv tugatilguncha 
va oxirgi natija berilguncha saqlanishi kerak.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin