87
ORQA MIYA SUYUQLIGINING FIZIOLOGIK
AHAMIYATI, KASALLIKLARDA O‘ZGARISH
SABABLARI. ORQA MIYA SUYUQLIGINI KLINIK
TEKSHIRISH
Kattalarda likvor bosimining darajasi bemor yotgan holatda
120–180 mm suv ustuni orasida o‘zgarib turadi. O‘tirgan holatda
esa bu ko‘rsatkich ikki hissa oshib, 240–360
mm suv ustuniga
yetadi. Kattalarda likvor bosimi 200 mm. suv. ustunidan oshib
ketsa, bu miya suyuqligi bosimining oshganligidan darak beradi.
Emadigan bolalarda miya suyuqligining miqdori 40–60 millilitrga,
8–10 yoshlik bolalarda 100–140 millilitrga va katta kishilarda 12
–180 millilitrga teng bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda likvor bosimi 10–14 mm suv ustuniga,
emadigan bolalarda 40 mm suv ustuniga, katta yoshdagi bolalarda
100 mm. suv. ustuniga teng bo‘ladi.
Bosh miya suyuqligi bosimi o‘lchab olingandan keyin likvor
tahlil uchun probirkaga solib olinadi va laboratoriyaga jo‘natiladi.
Miya suyuqligining fizik xossalari va tarkibi:
Tiniqligi – tiniq,
pH – 7,4 – 7,6
Harorati – 37 – 37,5°
Solishtirma og‘irligi – 1006 - 1008
Xloridlar – 120 – 130 mmol/l
Glyukoza – 2,5 – 4,4 mmol/l
Oqsil – 0,033 g/l
Sitoz – 5 – 6
hujayra
Fosfor – 0,58 –0,97 mmol/l
Lyumbal punksiya. Bosh miya pardalarining yallig‘lanishi,
miya va orqa miya o‘smalari, kranioserebral jarohatlar hamda
shunga o‘xshash ko‘pgina kasalliklarda orqa miya suyuqligini
olishga va tekshirib ko‘rishga zarurat tug‘iladi. Bundam tashqari,
bu manipulyatsiya bosh miya suyuqligining bosimini o‘lchab
88
ko‘rish, orqa miya suyuqligiga dori-darmonlar, havo,
kislorod,
zarur kontrast moddalar yuborish, uning hujayralar tarkibini
tekshirib ko‘rish uchun ham ayni muddaodir.
Orqa miya punksiyasi 3–4-bel umurtqalari orasida qilinadi.
Shu satxdan punksiya qilish umuman xavfsizdir, chunki bu yerda
umurtqalar tashkil qiladigan naysimon kanal kengroq bo‘lib, u
yerda orqa miyaning faqat asab ildizchalarigina bo‘ladi xolos. Shu
tufayli orqa miyaning shikastlanish xavfi bo‘lmaydi.
Lyumbal punksiyani amalga oshirish uchun zarur asboblar:
2 ta 10 millilitrlik shpris, 2
ta qisqich, 2 ta probirka, miya
suyuqligi bosimini o‘lchaydigan suv manometri – 1 ta, punksiya
qilish uchun ishlatiladigan mandrenli igna – 1 ta, santimetrli
tasmacha (likvor bosimining balandligini o‘lchash uchun). Orqa
miya punksiyasini yotgan yoki o‘tirgan holatlarda qilish mumkin.
Ko‘pincha bu manipulyatsiya bemorni yon tomonga yotqizib,
bo‘yin va oyoqlarini bukkan holatida qilinadi. Shu holatda umurtqa
pog‘onasining bel qismi orqaga chiqib
turadi va umurtqa qirra
o‘simtalari yaxshi ko‘rinadi. Punksiya qilinadigan joy spirt va
yod eritmasi bilan yaxshilab tozalanadi. Shundan so‘ng 3–4 bel
umurtqalari qirra o‘simtalarining orasi paypaslab topiladi. To‘g‘ri
chamalab olish maqsadida yonbosh suyaklari qirralarini to‘g‘ri
chiziq bilan birlashtirish maqsadga muvofiq. Chunki bu chiziq
odatda, 3–4-bel umurtqalarining qirra o‘simtalari orasidan o‘tadi.
Terini ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan bosib turib novokainning
0,25 foizli eritmasi bilan mahalliy anesteziya qilinadi. In’eksion
ignani sekinlik bilan suqib itarib, epidural bo‘shliqqa 10 millilitrga
yaqin novokain yuboriladi. Bu manipulyatsiyani
bajarish uchun
uzun in’eksion ignadan foydalanish kerak emas, chunki u orqa miya
qattiq pardasini teshib o‘tib ketsa, novokain eritmasi orqa miyaga
tushishi va ko‘ngilsiz asoratlarga sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
Mahalliy og‘riqsizlantirish tamom bo‘lgandan keyin uzunligi 10–
12 sm va diametri 0,5–0,7 mm bo‘lgan mandrenli igna yordamida
orqa miya punksiyasi bajariladi. Ignani osoyishta va silkitmasdan
89
sekin itarib kirgazish kerak. Igna qirra o‘simtalari orasidan
o‘tadigan paytda ikkita to‘siqni sezamiz, bularning birinchisi,
umurtqalarning orqa yoychalarini birlashtiradigan sariq bog‘lam
bo‘lsa, ikkinchisi, miyaning qattiq pardasidir. Igna shu to‘siqlardan
o‘tganidan keyin ignadan mandren olinadi,
shunda undan likvor
tomchilab oqib chiqa boshlaydi. Miya suyuqligining bosimi baland
bo‘lsa, likvor katta bosim bilan otilib chiqishi ham mumkin. Kichik
yoshli bolalarda in’eksion igna bilan ham punksiya qilish mumkin.
Orqa miya suyuqligi olingandan so‘ng darhol tekshirilishi kerak,
ammo ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun muzlatilgan
namunalarni qo‘llash mumkin. Tadqiqotning asosiy bosqichlari:
– makroskopik tekshirish;
– mikroskopik tekshirish;
– biokimyoviy tadqiqotlar;
– bakteriologik va bakterioskopik tekshirish.
Dostları ilə paylaş: