U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Orqa miya suyuqligida oqsilni miqdoriy aniqlash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Orqa miya suyuqligida oqsilni miqdoriy aniqlash
Reaktivlar:
1) 1,6% sulfosalitsil kislotasining eritmasi;
2) 14% suvsiz natriy, sulfat eritmasi;
3) ishchi eritma (1 va2 reaktivlarning teng hajmda olingan yangi 
tayyordanuvchi aralashmasi);
4) 1% standart albumin eritmasi;
5) natriy xloridining izotonik eritmasi.


92
Aniqlash tartibi. Sentrifuga probirkasiga 5 ml yangi 
tayyorlangan ishchi eritmasi va 0,5 ml orqa miya suyuqligi quyiladi. 
Probirkani sinchkovlik bilan aralashtiriladi. 10 daqiqadan so‘ng 
fotoelektrokalorimetrda 410–480 nm (ko‘k–binafsha svetofiltr) 
to‘lqin uzunligida ishchi qirralari orasidagi masofa 10 mm (1 
sm) bo‘lgan kyuvetalarda kontrol (0,5 ml orqa miya suyuqligi 
va 5 ml natriy xloridning izotonik eritmasi) qarshisida o‘lchash 
amalga oshiriladi. Hisob kalibrovka grafigi bo‘yicha olib boriladi. 
Buning uchun standart eritmadan suyultirmalar tayyorlab, xuddi 
tajribadagi sinamadek qayta ishlab chiqiladi va ularning natijasiga 
ko‘ra kalibrovka grafigi tuziladi. 
Ilova 1. Agar loyqa cho‘ka boshlasa, uni foto elektrokalorimetrda 
(FEK) o‘lchashdan oldin probirkani yaxshilab chayqatiladi.
2. Tekshirishdan oldin Pandi reaksiyasini qo‘yish maqsadga 
muvofiq. Agar reaksiya 3 yoki 4 ball deb baholansa, unda orqa miya 
suyuqligini natriy xloridning izotonik eritmasi bilan suyultiriladi va 
suyultirish nisbati hisobga olinadi.
3. To‘g‘ri chiziqli bir-biriga moslik kalibrovka grafigini tuzishda 
1,0 g/l (100 mg%) ga qadar saqlanadi. Oqsil konsentratsiyasi ortiq 
bo‘lganda sinama suyultiriladi va suyultirish nisbatini hisoblashda 
e’tiborga olinadi.
Olingan natijalarni SI birligida ifodalash uchun u 10 ga 
ko‘paytiriladi.
Normada oqsil miqdori lyumbal orqa miya suyuqligida 220– 230 
mg/l (22–33. mg%), sisternal suyuqlikda – 100–200 mg/l (10–22 
mg%), ventrikulyar suyuqlikda – 120–200 mg/l 12–20 mg%)ga teng.
Yangi tug‘ilgan bolalarda orqa miya suyuqligi 600–900 mg/l 
(60–90 mg%) oqsil tutadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin