U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Nazorat savollari
1. Orqa miya suyuqligining ahamiyatini aytib bering.
2. Miya suyuqligining fizik xossalari va tarkibini ayting.
3. Orqa miya suyuqligini turli kasalliklardagi o‘zgarishlari qanday?


93
4. Orqa miya suyuqligi tekshirish uchun qanday olinadi?
5. Orqa miya suyuqligi fizik xossalarini tekshirish usullarini 
aytib bering.
6. Orqa miya suyuqligikimyoviy xossalarini tekshirish usullarini 
aytib bering.
7. Fibrin pardasi nima va u qanday aniqlanadi?
8. Orqa miya suyuqligida oqsil miqdorini aniqlash.
9. Normada oqsil miqdori lyumbal orqa miya suyuqligida 
qancha miqdorda bo‘ladi?
10. Yangi tug‘ilgan bolalarda oqsil miqdori qancha?


94
SEROZ BO‘SHLIQLARIDA SUYUQLIKLARNING PAYDO 
BO‘LISH SABABLARI VA ULARNING TASNIFI.SEROZ 
SUYUQLIKLARINI KLINIK TEKSHIRISH
Tananing turli bo‘shliqlarida va sinama punksiya yoki kesish 
yo‘li bilan olinadigan suyuqliklarning hammasi uch guruhga 
bo‘linadi:
1) yallig‘lanishdan kelib chiqadigan suyuqliklar - ekssudatlar;
2) umumiy va mahalliy qon aylanishining buzilishidan mexanik 
paydo bo‘ladigan suyuqliklar transsudatlar;
3) xaltasimon o‘smalar, kistalar (retension, parazitar va 
boshqalar)dan olinadigan suyuqliklar.
Ekssudatlar ham o‘z navbatida seroz, eozinofilli, seroz yiringli 
va yiringli, gemorragik, xolesterinli, xilez va psevdoxilez turlarga 
bo‘linadi.
Sanab o‘tilgan suyuqliklarning hammasi – ekssudatlar, 
transsudatlar yoki kistalar va o‘smalarning suyuqliklari kimyoviy, 
sitologik, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida 
o‘rganiladi. Tekshirish uchun materialni puxta aseptika sharoitlarida 
olinadi va uni steril idishga yig‘iladi. Olingan suyuqlikning 
kimiyoviy va morfologik tarkibi o‘zgarmasdan uni olingan zahoti 
tekshirish zarur.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin