U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Tashxislash
TORCH infeksiyasi qonda toksoplazmoz, qizilcha, sitome-
galovirus va gerpes qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan IgM, IgG 
sinfi antitanalari borligi tekshirish orqali tashxislanadi. Bunda 
patogenlarga nisbatan hosil bo‘lgan antitanalar kontsentratsiyasi 
aniqlanadi.
Agar antitanalar mavjud bo‘lsa, bu bemor kasal ekanligini 
anglatmaydi. Bu ko‘rsatkich uning bir paytlar ushbu infeksiya 
bilan kasallanganligi va hozirda unga qarshi immuniteti borligini 
anglatishi mumkin.
Ammo, agar ma’lum bir infeksiyaga qarshi antitanalar soni juda 
ko‘p bo‘lsa yoki vaqt o‘tishi bilan ko‘payib borsa, bu infektsion 
jarayonning faolligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, klinik jihatdan 
kasallik o‘zini namoyon qilmasligi yoki xira, aniq bo‘lmagan 
shaklida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Kasallikning tashqi ko‘rinishining jiddiyligi uning homilaga 
xavfli ta’siri bilan bog‘liq emas. Kasallikning aniq namoyon 
bo‘lishida homila sog‘lom bo‘lib qolishi va klinik ko‘rinish 
kuzatilmagan taqdirda – homila jiddiy shikastlanishi yoki 
shikastlanmasligi mumkin.
Qonda IgM antitanalari infeksiyalanishdan 2–4 hafta o‘tgach 
paydo bo‘ladi va 3–9 oydan keyin yo‘qoladi. 3–4 haftaga kelib 


77
IgG antitanalari paydo bo‘ladi, ularning konsentratsiyasi asta-
sekin ko‘tarilib, infeksiyadan 2–5 oy o‘tgach, cho‘qqiga chiqadi. 
IgG antitanalari qonda uzoq vaqt saqlanib turadi, ba’zan esa butun 
hayot davomida.
Agar homiladorlikni rejalashtirgan ayolda, shuningdek, 12 
haftalikkacha qadar bo‘lgan homilador ayollarda IgM antitanalariga 
salbiy va IgG antitanalariga ijobiy natija aniqlansa, bu infeksiyaga 
qarshi immunitet mavjudligidan dalolat berishi mumkin.
Agar, aksincha, IgM antitanalariga tahlil ijobiy natija, IgG 
antitanalariga esa ijobiy/manfiy natija aniqlanadigan bo‘lsa, hozirda 
o‘tkir jarayon borayotganini taxmin qilish mumkin. Bunday holda
IgG sinfidagi antitanalarning avidlik testi o‘tkaziladi, bu kasallikning 
davomiyligini aniqlashga yordam beradi, bu homiladorlikning 12 
haftasiga qadar ehtimoliy infeksiyada muhimdir:
• 
Past avidlik (33% dan kam) birlamchi infeksiyalanish 3 oy 
oldin sodir bo‘lganligi ehtimolini anglatadi.
• 
O‘rtacha avidlik ko‘rsatkichi (33–66%) infeksiyalanish 
yaqinda sodir bo‘lganini istisno etmaydi, ammo yetuk IgG 
antitanalari to‘liq shakllanmay qolgan infeksiyalanishga dalolat 
berishi ham mumkin.
• 
Yuqori avidlik (66% dan yuqori) tadqiqotdan birlamchi 
infeksiya sodir bo‘lganligiga 3 oydan oshganligi, bemorda esa 
ishonchli immunitet mavjudligini bildiradi.
Homiladorlikning 12-haftasidadn keyingi muddatlarda homilador 
ayolda IgM antitanalariga salbiy va IgG antitanalariga ijobiy ko‘rsatkich 
aniqlansa, bu holda ham IgG avidligi uchun qon tahlili zarur bo‘ladi. 
Chunki tahlil IgG sinf antitanalari qaysi vaqt rivojlanganligini ko‘rsatib 
bera olmaydi, o‘tkir infeksiya esa homiladorlikning erta bosqichlariga 
to‘g‘ri kelgan bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin