Sakkizinchidan, ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli no-
qislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham, soz gapirishni shior etsin” 1.
Bundan besh asr muqaddam aytilgan ushbu o ‘gitlar inson m a’naviy
tarbiyasi kun tartibida turgan, bizning
zamonamizda ham dolzarb ma-
sala bo ‘lib turibdi. Xullas, Husayn Voiz Koshifiyning har bir asari ol-
am-olam m a’noga ega bir xazinadir. 0 ‘z
umrini odamlar qalbini ilmu
m a’rifat nurlari bilan munavvar qilishga bag‘ishlagan adib va mashhur
voiz 1505 yilda Hirotda vafot etgan.
Tayanch tushunchalar
Voiz - nutq so‘zlovchi, notiq.
Ilmi
nujum - yulduzlar haqidagi ilm, falakiyot ilmi.
Koshifiy - kashf qiluvchi.
Suhbat odobi - suhbatlashish madaniyati.
Savol va topshiriqlar
1. Husayn Voiz Koshifiy qayerlarda tahsil olgan,
Hirotga kelishiga
kim sabab bo ‘lgan?
2. Koshifiy, asosan, qaysi fanlami chuqur o ‘rgangan,
uning xalq
o‘rtasida m ashhur bo‘lgan asarlarining nomlarini ayting.
3. Navoiy va Koshifiy o ‘rtasidagi o ‘zaro do‘stlik va ilmiy hamkorlik
munosabatlari haqida qanday fikrdasiz?
4. H usayn Voiz Koshifiy va’zlarining shuhrat qozonishiga, asosan,
qanday om illar sabab bo ‘lgan?
5. “Axloqi M uhsiniy” asarining g ‘oyaviy mazmuni nimalardan ibo-
rat?
6. Husayn Voiz Koshifiy notiqlik san’atiga doir qanday asarlar yoz-
gan?
7. “Futuvvatnom ai sultoniy...” asarida
martabaga yetmaganlarning
suhbat odobida sakkizta qoidaga amal qilish ta ’kidlangan. Bu qoidalar
nimalardan iborat?
8. Koshifiyning qaysi asarlari fors-tojik tilidan o ‘zbek tiliga tarjima
qilingan. Tarjima kimlar tomonidan amalga oshirilgan?
Dostları ilə paylaş: