Sitseron 30 yoshlaridan boshlab davlat ishlarida faol ishtirok eta
boshlaydi. Kvestorlik1 vazifasi Sitseron uchun mansab pillapoyasining
dastlabkisi edi. Kvestorlikdan keyin Sitseron ko‘proq advokatlik bilan
shug‘ullanadi. 70-yillarda Sitseron edillik2 lavozimiga erishadi. 0 ‘sha
paytlarda mashhur Verres ishi bo‘yicha Sitseron ayblovchi sifatida
ishtirok etib, yutib chiqqan. Sud mahkamasining ikkinchi sessiyasi uc
hun Sitseron tomonidan tayyorlangan beshta nutq teksti shu kungacha
saqlanib qolgan bo‘lib, notiqlik san’atining oliy namunasi sifatida katta
qimmatga ega. Shundan keyin 67-yilda Sitseron bir ovozdan pretor-
likka3 saylanadi.
Shu tariqa Sitseron tengsiz notiq va donishmand faylasuf, siyosiy
arbob sifatida birma-bir shuhrat pillapoyalaridan k o ‘tarilib boradi.
N ihoyat 63-yili konsullikka4 saylanadi. Bu Rim R espublikasi-
ning oliy m artabali lavozimi edi. Sitseron ju da mashhur, yuksak
iqtidorli va shijoatli s h a x s la r- Katon, Brut, Antoniy, Krass, Pom pey
va Sezarlar bilan bir paytda siyosat m aydonida bo ‘ladi, m uvaffaqi-
yatli faoliyat k o ‘rsatadi. Sitseronning konsullik davri kuchli siyo
siy kurashlarda o ‘tadi. Hatto siyosiy raqiblari tomonidan ayblanib
bir necha m uddatga Rimdan badarg‘a qilinadi. U bir yarim yildan
so ‘nggina d o ‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelishga
muvaffaq b o ‘ladi.
0 ‘z davrining fozil va m a’rifatparvar kishilaridan biri bo‘lgan Sit
seron zamondoshlarining ongini oshirish, ulami ilm-fan, falsafa va
madaniyat samaralaridan bahramand qilish masalasiga katta e ’tibor be
radi va bu ishni o ‘zining muhim burchi deb tushunadi.
Sitseron nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qildi. Mashaqqatli
mehnati natijasida uch kitobdan iborat “Notiqlik haqida” nomli asari
yaratiladi. Ushbu kitobni m uallif o‘z ukasi zobit hamda shoir Kvint
Tulliy Sitseronga bag‘ishlagan. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan
bo‘lib, Litsiniy, Krass, Mark Antoniy, Yuliy Sezar, Strabon, Katull,
Ssevola va uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy Ruflaming ijtimoiy va si-
Dostları ilə paylaş: