qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ra
von bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo-
haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil
bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori-
yani o ‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik che-
kinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli
ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va
metaforalami qo ‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib
o ‘tadi.
Aristotel notiqlik san’atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta
vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
1. Nutq matnini kashf qilish. Ya’ni og ‘zaki ijro qilinadigan nutq
matnini har tomondan chuqur o ‘rganib chiqish.
2. Nutq matnini mantiqan va mazmunan to ‘g‘ri rejalashtirish.
3. Matnni to‘liq eslab qolish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
5. Nutq matnidagi so‘zlami to‘g ‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Mark Tulliy Sitseron ham
ushbu beshta qoidaga alohida e ’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel
qarashlarini yanada rivojlantiradi: “Notiqning barcha kuch va qobiliyat-
lari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi; birinchidan, u o‘z nutqi
uchun mazmun topishi zarur; ikkinchidan, topilgan m a’lumotlami tartib
bilan joylashtirishi; uchinchidan, bulaming hammasini so‘z bilan o‘rashi
va bezashi, kerak; to‘rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish;
beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, -
deydi Sitseron o ‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida1.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ush
bu beshta qoida hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo ‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: